Imitatsion modellashtirish tushunchasi
Download 0.58 Mb.
|
Imitatsion modellashtirish tushunchasi
Misollar:
M/M/1 – cheksiz sig‘imli xotira qurilmasiga ega bir kanalli OHKT, tushayotgan bir jinsli buyurtmalar oqimidagi ketma-ket buyurtmalar orasidagi vaqt intervali (oddiy oqim) va qurilmada buyurtmaga hizmat ko‘rsatish vaqti eksponensial taqsimot bilan berilgan. M/G/3/10 – xotira sig'imi 10 ga teng 3 kanalli OHKT, bunda tushayotgan bir jinsli buyurtmalar oqimidagi ketma-ket buyurtmalar orasidagi vaqt intervali eksponensial taqsimot (oddiy oqim) va qurilmada buyurtmaga xizmat ko'rsatish vaqti umumiy shakldagi taqsimot qonuni bilan berilgan. D/E2/7/0 – xotirasiz (xotira sig'imi 0 ga teng) 7 kanalli OHKT, bunda bir jinsli buyurtmalar oqimidagi ketma-ket buyurtmalar determinirlangan vaqt intervali (determinirlangan oqim) bilan tushadi va qurilmada buyurtmaga hizmat ko‘rsatish vaqti Erlangning 2-tartibli taqsimot qonuni bilan berilgan. Buyurtmalar oqimi bir jinsli bo'lgan OHKT xarakteristikalari. Funksiyalashtirish xarakteri stoxastik bo‘lgan tizimlar xarakteristikasi tasodifiy kattaliklar hisoblanadi va to‘laligicha mos bo‘lgan taqsimot qonunlari bilan tavsiflanadi. Amaliyotda modellashtirishda faqatgina o‘rta qiymat (matematik kutilma) ni aniqlash bilan chegaralanadi, bu xarakteristikaning birinchi ikkita momenti aniqlanadi. Buyurtmalar oqimi bir jinsli bo‘lgan OHKT ning asosiy xarakteristikalari sifatida quyidagi kattaliklardan foydalaniladi: 1. Tizim yuklamasi. Y=λ/μ=λb
3. Buyurtmaning tizimda o‘rtacha bo‘lish vaqti, kutish vaqti w va hizmat ko'rsatish vaqti b ni o'z ichiga oladi: u=w+b
l=λ·w
m=λ·u
Imitatsion modellar yaratishda o’quv-metodik qarashlari hamda uning me’yoriy tarkibi Hozirgi kunda jamiyat hayotida innovatsion sohaning jadal rivojlanishi, iqtisodiyotda intellektual mahsulot, axborot va ilmiy-texnik va innovatsion faoliyat ulushining o’sishi shunga olib keldiki, innovatsiyalar xuddi foydali qazilmalar, ishlab chiqarish quvvatlari va intellektual salohiyat kabi, mamlakatning boyligi hisoblana boshladi. Mamlakatimiz va uning har bir fuqarosi manfaatlari yo’lida innovatsion va ilmiy-texnik salohiyatdan samarali foydalanishning mamlakatda kompleksli innovatsion siyosatni shakllantirish vauni amalga oshirish uchun qonunchilik asoslari yaratmasdan turib hech ham imkoni yo’q edi. Bozor islohotlarining amalga oshirilishi, mamlakatning jahonhamjamiyatiga integratsiyalashuvi, jahon iqtisodiy tizimining bilimlar va axborot rolining o’sishi tomon o’zgarishi, yangi texnologiyalar va kapital bozori o’rtasidagi aloqalar kuchayishi bilan mamlakatimiz iqtisodiyotining innovatsion rivojlanish yo’liga o’tishi dolzarb ahamiyat kasb etadi. Dunyoning yetakchirivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarida rivojlanish umumiy qonuniyatlari va tendensiyalarini bilish, shuningdek, boy tabiiy resurslar, ishlab chiqarish va ilmiy-texnik salohiyatga ega bo’lgan O’zbekistonning o’ziga xos sharoitlarini hisobga olgan holdagina O’zbekistonning innovatsion rivojlanish yo’liga o’tish yo’llari va usullarini ishlab chiqish mumkin. Zamonaviy dunyoda intellektual mahsulotning tijoratlashuvi, fan va texnika rolining tubdan o’zgarishi sababli har bir davlat, shuningdek, alohida korxonalar darajasigacha bo’lgan quyi boshqaruv darajasidagi strukturalar bozor sharoitlarida ilmiytexnik va innovatsion faoliyatga resurslar ajratish, bu faoliyat natijalarini amalga oshirishga o’z munosabati xaqida tasavvurga ega bo’lishi, ya’ni mamlakat, mintaqa, tashkilot va alohida shaxsning belgilangan ijtimoiyiqtisodiy maqsadlariga samarali erishish imkonini beradigan o’z innovatsion siyosatini ishlab chiqishi lozim. XX asrning oxiri, yangi ming yillikka o’tish davri jamiyat davriy rivojlanishining bir bosqichidan boshqa, yanada ilg’or bosqichga o’tish bilan mos keldi. Asrlar yuz ko’rishgan davrda ro’y bergan industrial jamiyatdagi umumiy inqiroz sivilizatsiyaning barcha pog’onalarini: ehtiyojlar, qobiliyatlar, bilim va ko’nikmalar ma’lum bir darajasiga ega bo’lgan insonni; ishlab chiqarishning texnologik usulini, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni: mulkchilik, taqsimot, ayirboshlash, milliy, siyosiy, huquqiy munosabatlarni; ma’naviy qadriyatlar olami: fan, ta’lim, madaniyat, mafkura, jumladan, dinni qamrab oldi. Ana shudnday jamiyatda insonga AKT vositalari bilan birga o`rganish jarayonini tezlashtirish uchun Kompyuter imitatsion model (KIM) tushunchasi kirib kela boshladi. Ushbu atama nafaqat ta`lim sohasida balki boshqa sohalardaham qo`llanila boshladi. Shu o`rinda model tushunchasini izoh qilib o`tish kerak. Model (lat. modulus – o‘lchov, me’yor) – biror obyekt yoki obyektlar tizimining obrazi yoki namunasidir. Masalan, Yerning modeli – globus, osmon va undagi yulduzlar modeli. Keng ma’noda model deganda real ob’ektlarning ixtiyoriy tasviri yoki ifodasi tushuniladi.Ob’ektlar bir-bridan murakkablik darajasi bilan farq qilgani kabi, ularning modellari ham u yoki bu murakkablik darajasiga ega bo‘ladi.Bundan tashqari ular ifodalanish xarakteri bo‘yicha ham bir-biridan farqlanadi:og‘zaki tasvir, grafik tasvir, matematik formula va tenglamalar, fizik ob’ektlar(real ob’ektlarning kichiklashtirilgan yoki soddalashtirilgan analoglari).Modellar statik(o‘zgarmas tizimni aks ettiruvchi) yoki dinamik(tizim faoliyatini ma’lum vaqt oralig‘ida kuzatish imkoniyati bo‘lgan) bo‘lishi mumkin. Model inson bilish jarayonidagi muhim qurol hisoblanib, ob’ektning tarkibiy qismlarini va ular orasidagi bog‘lanishni ko‘rsatib beradi.Bunda muhim jihatlarga e’tibor qaratilib, ikkinchi darajalilar inkor etiladi.Bu bilan model tasvirdan farq qiladi. Masalan, stol modeli gorizontal sirtning erdan maxsus elementlar (oyoqlar) yordamida ko‘tarilib turishi faktini aks ettiradi.Bu stolning qanday rangda ekanligi yoki qirilgan-qirilmaganligi ahamiyatga ega emas. O’t o‘chirish mashinasi modeli uchun esa qizil rang muhim xususiyat hisoblanadi, chunki u mashinaning maxsus vazifasi xaqida ma’lumot beradi[ 24, 142 ]. Turli murakkab ko‘rsatkichlar, jumladan, milliy daromad, ish bilan bandlik, iste’mol, jamg‘armalar, investisiya ko‘rsatkichlarining dinamikasi va nisbatini tahlil qilish, uni oldindan aytib berish uchun katta iqtisodiy modellar qo‘llaniladi. Aniq, xo‘jalik vaziyatlarini tekshirishda kichik iqtisodiy tizimlardan, murakkab iktisodiy tizimlarni tekshirishda, asosan, matematik modellardan foydalaniladi. Tarixiy jarayonlar ham aynan ana shu kategoriyaga tegishli bo‘lib, ularga og‘zaki modellash uslubi mos kelmaydi. Ko‘p hollarda matematik modellashtirish uslubi effektiv bo‘lib, qaralayotgan ob’ekt faoliyati formula va tenglamalar sistemasi vositasida ifodalanadi.Shu zaylda ehtimollar nazariyasining matematik asosi bir holatdan boshqasiga tasodidiy o‘zgaruvchi tizimlarni tasvirlashga imkon beradi. Ammo matematik modellashtirish ko‘p sonli bir xidagi yoki bir-biriga o‘xshash elemenlar mavjud bo‘lgandagina effekt beradi. Ko‘p sonly turli tipdagi ob’ektlarni tasvirlovchi matematik modellar juda murakkablashib, katta xajmdagi hisob-kitoblarni talab etadi.Kompyuter dasturlari og‘zaki, grafik va matematik modellash usullarini birlashtirish imkoniyini beradi. Shuningdek, zamonaviy axborot texnologiyalari natijalarni sonli, grafik va dinamik (animatsion) ko‘rinishlarda ifodalash imkoniyatlariga ega. O’qitish nazariyasiga va bu sohaga oid bir qator ilmiy tadqiqotlar natijalari ko‘rsatadiki, bugungi kunda o‘qitish asosan an’anaviy tushuntirish usullariga tayangan holda olib borilmoqda. Gipermatn, gipermedia, grafika va kompyuterli ovoz dasturlarining yaratilishi nafaqat axborot texnologiyalaridan ta’lim tizimida samarali foydalanishga, balki undan fan mavzulari bo‘yicha noan’anaviy darslarni tashkil etishga imkon yaratmoqda. Taraqqiy etgan xorijiy davlatlar oliy o‘quv yurtlarida hamda respublikamizning yetakchi ta’lim muassasalarida kompyuter texnologiyalari asosida o‘qitish jarayonini tahlil qilinganda bir nechta yo‘nalishlarni ko‘rish mumkin Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling