Imitatsion modellashtirish tushunchasi


Ommaviy hizmat ko‘rsatish tizimi


Download 0.58 Mb.
bet2/5
Sana17.10.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1706106
1   2   3   4   5
Bog'liq
Imitatsion modellashtirish tushunchasi

Ommaviy hizmat ko‘rsatish tizimi (OHKT) nazariyasi
Xotira qurilmasi (bufer) – buyurtmalarni hizmat ko‘rsatish qurilmasidan oldin kutib turish uchun joylar to‘plami bo‘lib hizmat qiladi.
Kutish uchun joy soni xotira qurilmasining sig‘imini belgilaydi. OHKT kirishiga tushgan buyurtma ikki hil holatda bo‘lishi mumkin:
Hizmat ko'rsatish (qurilmada) holatida; Agar hamma qurilmalar boshqa buyurtmalarga hizmat ko‘rsatish bilan band bo‘lsa, kutish holatida (xotira qurilmasida).
Xotira qurilmasida va hizmat ko'rsatishni kutishda bo‘lgan buyurtmalar navbatni hosil qiladi, xotira qurilmasidagi hizmat ko‘rsatishni kutayotgan buyurtmalar soni navbat uzunligini belgilaydi. Buferlash tartibi (BT) – xotira qurilmasi (bufer)ga tushayotgan buyurtmalarni xotiraga yozilish qoidasini tartibga soladi. Hizmat ko‘rsatish tartibi (XKT) – buyurtmalarni qurilmada hizmat ko‘rsatish uchun navbat tanlash qoidasini tartibga soladi.
Buyurtmalarga hizmat ko‘rsatish vaqti.

Hizmat ko‘rsatish vaqti – buyurtmaning qurilmada bo‘lish vaqti ya’ni, umumiy holda, kattalik tasodifiy va funsiyasi yoki taqsimot zichligi bilan yoziladi. Turli sinf buyurtmalariga hizmat ko'rsatish vaqtining yuklamasi bir jinsli bo‘lmagan holda, taqsimlash qonunlari yoki faqat o‘rtacha kattalik bilan farq qilishi mumkin. Odatda har bir sinf buyurtmalariga hizmat ko‘rsatish vaqtining bog‘liq emasligi ko‘rsatiladi.

Buyurtmalar oqimini boshqarish strategiyasi. Ommaviy hizmat ko‘rsatish modelida buyurtmalar oqimini boshqarish strategiyasi quyidagi ko‘rinishda beriladi: Buferlash tartibi (BT); Hizmat ko'rsatish tartibi (XKT). XKT va BT lar quyidagi xususiyatlari bo‘yicha tasniflanadi:

-Turli sinf buyurtmalari orasida imtiyozning bo‘lishi;


- Buyurtmalarni navbatga qo‘yish usuli (BT uchun) va hizmat ko'rsatish uchun olish (XKT uchun).
-Buyurtmalarni navbatga qo‘yish yoki hizmat ko'rsatishga tanlash qoidasi;
-Imtiyozning o‘zgartirish imkoniyati.


Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling