Imitatsion modellashtirish tushunchasi
Download 0.58 Mb.
|
Imitatsion modellashtirish tushunchasi
Modellashtirish – bilish obyektlari (fizik hodisa va jarayonlar) ni ularning
modellari yordamida tadqiq qilish, mavjud predmet va hodisalarning modellarini yasash va o‘rganishdir .Modellashtirish uslubidan hozirgi zamon fanida keng foydalanilmoqda. U ilmiy tadqiqot jarayonini yengillashtiradi, ba’zi hollarda esa murakkab obyektlarni o‘rganishning yagona vositasiga aylanadi. Mavhum obyekt, olishda joylashgan obyektlar, juda kichik hajmdagi obyektlarni o‘rganishda modellashtirishning ahamiyati katta. Modellashtirish uslubidan fizika, astronomiya, biologiya, iqtisod fanlarida obyektning faqat ma’lum xususiyat va munosabatlarini aniqlashda ham foydalaniladi. Modellashtirish hozirgi paytda til o`rganishda ham ken foydalanilmiqoda. Ushbu modellashtirish ko`pincha imitatsion model sifatida qo`llaniladi. Imitatsion model bu tasvirdagi obyektni harakatini namoyon qilib unga ta`sir etuvchi omilni ro`yobga chiqaradigan vosital mahsuliga aytiladi. Imitatsion model yaratishda unda meyoriy talablarni bilib oshish birinchi masala hisoblanadi. Ushbu dastur o`ziga quyidag talablarni o`z ichiga oladi. 1. Imitatsion model yaratishda dasturiy ta`minotlar bolan tanishib chiqish 2. O`quv uslubiy metodikasini yaratish hamda dars jarayonida qo`llanilish samarasi. Ushbu model yaratishda dasturiy ta`minot deganda unda kerakli bo`ladigan eng birinchi ma`lumotlar hisoblanadi. Chunki ma`lumotni aniq bir maqsadga yo`naltirilmagan shaklda bo`lsa vertual resurslar orqali tayyorlanayotgan imitatsion model mahsuli mavhumligicha qoladi. Ma`lumot yig`ilgandan so`ng uning taxminiy xaritasi tuziladi. Ushbu xarita orqali imitatsion model tuziladi hamda unga sayqal beriladi. Mahsulot tayyor holda kelishdan oldin uning kamchiliklari yana o`rganiladi. Buni tajriba sifatida SamDCHTI da maxsus jamoa bilan amalga oshirilgan ish mahsulida misol keltirilgan bo`lib, unda ham eng birinchi ingliz tilidan maxsus o`quv uslubiy qo`llanmalar asosida imitatsion modelning xaritasi tuzildi. Shundan so`ng uning ta`limda oqitilish metodikasiga mos keladigan dasturlardan kelib chiqib ma`lumotlar yi`gildi. Ushbu ma`luomtlar saralasjdan o`tib oxirida vertual resurslar orqali dasturni yaratish amalga oshirildi. Ushbu misollar tajribadan olingan bo`lib bu nafaqat chet tilida, balki boshqa ta`lim sohalarida ham metodik uslub sifatida qo`llaniladi. Misol qilib biologiya fakultetidagi qilinayotgan imitatsion modellarni ham ko`raylik. Asosan chizmalarni izohlash orqali qilinayotgan bu model chizmali modelning kompyuter grafikasi orqali amalga oshirilayotgan harakati sifatida qaralishi mumkin. Chet tilini esa ushbu grafalar orqali ham qilish mumkin unda ko`pincha tarixilyik hamda o`zgaruvchanlikni hisobga olib amalga oshiriladi. O`quv uslubiy metodikasini yaratish hamda uning dars jarayonida qo`llanilish sifatini tekshirish, bu narsa hosil qilingan mahsulotni amaliyotda qo`llash hamda talabalar orqali uning jarayonda qanday ta`sir qilishini tekshirishdir. Zero imitatsion model metodik yo`nalishga ega bo`lgan chet tilinining uslubiy qo`llanmasi talablariga javob bera oladigan bo`lishi shart. Ushbu metodik qo`llanmalar imitatsion modellar yaratishda yo`nalish sifatida qaraladi. Ingliz tilini o`qitishda talabaga tushunarli bo`lishi uchun turli metodlar orqali dars o`tiladi. Bu narsa talabaga qiziqtirish uyg`otadi. Buning natijasida fanga bo`lgan qiziqish yanada kuchayadi, shundan so`ng natija bilinadi. Ingliz tilini o`rgatishda eng birinchi uning qanday metodda o`qitilishi muhim hisoblanadi. Metod tushunchasi ham uslub tushunchasiga ega bo`lib har xil uslublarni qo`llab talabaga yoki o`rganuvchiga ingliz tilini sifatli tarzda yetkazishga aytiladi. Metod tushunchasi nafaqat tili o`rganishda balki turli sohalarda ham qo`llanilmoqda. Ana shunday metodlar orqali ham imitatsion modellar yaratilishi mumkin, chunki metod vertual resurslarni qanday qilib ro`yobga chiqarib uni havola qilishini ta`minlaydi. Demak imitatsion modellar orqali vertual resurslar yaratishda nafaqat uning o`quv metodik qarashlariga balki uning meyoriy tarkibiga ham e`tibor qaratish kerak. Chunki tarkib orqali uning yo`nalishi anqlanadi. Strukturasi tuzilib jarayonni yaratish tuziladi. Imitatsion model qurish jarayonida chet tilini ayniqsa ingliz tilidan mavzularni tanlab olish va ularga tasvir grafalarini harakatga keltirish, bu uning to`liq amalga oshirilganini bildiradi. Chunki so`nggi jarayon faqat tekshirish jarayoni bo`lib unda tayyor modelni faqatgina amalda qo`llash qoladi xolos.
Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling