Imzo A. X. Qarshiyev 2023 yil
Download 255.19 Kb.
|
Gorizontal quduqlarni ishlatishni loyihalashtirish kursh ishi 4
bu yerda: h - ishchi agenti haydalishi natijasida ko‘targich quvurlarda sath ko‘tarilishi;
ρ - quduqdagi suyuqlik aralashmasining o‘rtacha solishtirma og‘irligi; D - mustahkamlovchi quvur diametri; d - ko‘targich quvurlari diametri; L - ko‘targich quvurlari uzunligi; Quduqni ishga tushirish uchun uning usti to‘la jihozlangan bo‘lib mustahkamlikka (zichlikka) tekshirilishi, ya’ni opressovka qilinishi kerak. Shuningdek quduq tubi sirkulyatsiya yordamida yaxshilab yuvilishi kerak. Endi quduqni ishga tushirish, ya’ni o‘zlashtirishga kirishish mumkin. Quduqni o‘zlashtirish usuli uning chuqurligi va qatlam bosimi, uyumdagi mahsulot (neft yoki gaz), qatlam tog‘ jinslarining fizik xarakteristikasi va o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan texnik vositalarga bog‘liq. Quduqni o‘zlashtirish albatta qatlam bosimini hisobga olib bajariladi. Tabiatda quyidagi holatlar uchrashi mumkin. Рqat > Рgidrostatik Og‘irlashtirilgan (zichligi 1,8:2,0 g\sm3) loyli eritma birdaniga suvga almashtiriladigan bo‘lsa, mustahkamlovchi quvur deformatsiyaga uchrashi mumkin. Shuning uchun quduqdagi loyli eritma zichligi 0,3 г\sm3 ga pastroq bo‘lgan boshqa eritma bilan almashtirilib, shu tarzda sekin-asta suvga o‘tiladi. Suv o‘rnida ko‘pikli eritma ishlatilishi yana ham afzalroq; chunki bu holda ko‘pikli eritma kollektor o‘tkazuvchanligini kamaytirmaydi. Рqat = Рgidrostatik Bu holda loyli eritma darhol ko‘pikli eritma bilan almashtirilishi mumkin. Nasos agregatlari suyuqlik sarflanish miqdorini 6 litr\sekunddan boshlab, syekin-asta 1,5:2 litr\sek.gacha tushiradi. Shundan keyin ham neft yoki gaz oqimi paydo bo‘lmasa, quduq tubini tozalash uchun ko‘pik qatlamga haydaladi va 2-3 soatdan so‘ng quduqni o‘zlashtirish davom ettiriladi. Рqat < Рgidrostatik Bu sharoitda quduqdagi suyuqlik ko‘pirishi uchun sharoit yaratiladi. Buning uchun nasos-kompressor quvurlariga 2-3% konsentratsiyali suv eritmasi hosil qiluvchi ko‘pik aralashtirgich ulab tushiriladi. 8-10 soatdan so‘ng quvur hamda quvur ortki qismiga bir vaqtning o‘zida havo (gaz) haydaladi. Bunda ham quduq ishga tushmasa, undagi suyuqlik sekin-asta gazga almashtiriladi. Xulosa. Neft qazib olish va kondan neftni tо‘liqroq olishni jadallashtirishning eng samarali usullaridan biri gorizontal quduqlardan foydalanib konlarni ishlatish hisoblanadi. Neft uyumlari gorizontal quduqlar bilan ishlanganda kam miqdordagi quduqlar bilan kо‘p miqdordagi neft qazib olish mumkin. Gorizontal quduqlarning sizilish maydonini kо‘p marta kо‘payganligi sababli, neft qazib olish 8-10 marta va undan kо‘proq bо‘lishi mumkin. Gorizontal quduqlar yana murakkab sharoitli konlarda ham burg’ilanadi. Gorizontal quduqlar iqtisodiy jihatdan qimmat lekin kerakli joyda tog’ri foydalanilsa, juda ham foydali hisoblanadi. Gorizontal quduqning katta radiusli burilishi 180–900 m. ni tashkil etadi, odatdagi burg‘ilash asboblari yordamida amalga oshiriladi. Quduqni gorizontal uchastkasi burg‘ilash burg‘isi bilan egri yuritma va gidravlik turbinli tub dvigatel birgalikda qо‘llaniladi va gorizontal qismining uzunligi 1200 m dan ortiq bо‘lishi mumkin. Yuqoridagi ma’lumotlardan kо‘rinib turibdiki, uzunligi 300 metr bо‘lgan gorizontal quduq mahsuldor qatlamning markazida joylashgan bо‘lsa, xuddi shu qatlamda joylashgan vertikal quduqqa nisbatan bir kunda 10 marta kо‘p neft beradi. Gorizontal quduqlarni burg‘ilash va tugallash ishlariga sarflangan qо‘shimcha sarf xarajatlar tezda va amaldagi kо‘rsatkichlar bilan qoplanadi. Download 255.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling