Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi


Rivojlanish uchun zarur bo’lgan tashqi muhit


Download 2.45 Mb.
bet109/138
Sana22.11.2023
Hajmi2.45 Mb.
#1793399
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   138
Bog'liq
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi

Rivojlanish uchun zarur bo’lgan tashqi muhit
omillari
Evolyusiya jarayonida bir turga kiradigan organizmlarning kelib chiqishi ma’lum yashash muhitiga moslanish, mutatsiyalar sodir bo’lishi kabi omillarga bog’liq. Har xil turga kiradigan organizmlar turli o’zgaruvchanlik va muhit o’zgarishiga fiziologik jixatdan moslashadi.
8 milion yillar davomida lesh balig’i deyarli o’zgarmagan. Ammo lesh balig’i har xil muhit sharoitlariga tez moslashadigan baliq hisoblanadi. Bunday moslanish bu baliqda irsiy jihatdan nasldan naslga o’tadi. Bir xil sharoitga ega bo’lgan suvda har xil turga kiradigan organizmlarga bir hil ta’sir etmaydi. Hayvonlarning tuxumi va embrioni har xil bo’ladi. Evolyusiya jarayonida har xil hayvonlar turlicha rivojlanish yo’lini tanlagan.bir hayvonning rivojlanishi uchun optimal bo’lgan sharoit boshqa tur individlari uchun neytral yoki zararli bo’lishi mumkin. Evolyusiya jaroyonida organizmning tashqi muhitga munosabati irsiyat, o’zgaruvchanlik, tabiiy tanlanish qonunyatlariga javobi o’zgarib boradi. Bunga sabab turlarning turli tumanligi, irsiyat va o’zgaruvchanlik qonunyatlari har bir turga o’ziga xosligi hisoblanadi. Har xil organism hujayrasidagi protoplazma bir xil moddalardan tuzilgan. Bu moddalarga har xil turga kiradigan organizmlar turli munosabatda bo’ladi. Ko’plab organizmlar ontogenezining har xil bosqichlarida yashash muhitini o’zgartirishi mumkin. Masalan ba’zi hashorotlarning lichinkasi va g’umbagi suvda yoki tuoroqda, jinsiy voyaga yetgan bosqichi havoda yashaydi. Bunday yasghash muhitining o’zgarishi baliqlar, qushlar va sut emizuvchilarrivojlanishida ham uchraydi. Aniqlanishicha har bir davrda moslanishninng organism tuzilishi , fiziologiyasi, hulq atvori bilan bog’liq bo’lgan o’ziga xos xususyatlari namoyon bo’ladi. Hayvonlar rivojlanishida davrida ba’zi vazifalarning o’zgarishi va shunga bog’liq holda tashqi muhit omillariga moslanishining o’zgarishi kuzatiladi. Suyakli baliqlar embrionda birlamchi nafas olish organisariqliok haltasidagi tomirlar sistemasi hisoblanadi. Shundan keyin som baliqlarida nafas olish ko’krak suzgichlaridagi qon tomirlari orqaliamalga oshadi. Lichinka erkin yashaydigan bo’lgandan keyin jabra orqali nafas olish amalga oshadi.
Amfibiyalar lichinkasida birlamchi nafas olish sariqlik xaltasining tomirlari orqali, keyin tashqi jabralar orqali amalga oshadi. Keyin nafas olish jabra, jinsiy voyaga etganda o’pka orqali amalga oshadi. Tur evolyusiya davrida o’zgargan tashqi muhit omillariga moslanish evolyusiyaning mahsulidir. Ontogenez davrlarining funksional va ekologik o’ziga xosligi provizor organlarning kelib chiqishi va almashinuvi bilan bog’liq. 1963 yilda N.L.Gerbilskiy provizor organlarning organizm rivojlanishiga mos ravishda o’zgarishini ontogenezda filogenetik adaptatsiyaning namoyon bo’lish jarayoni deb atadi. Lichinkaning qobig’dan chiqishiga yordam beradigan moddalar ishlab chiqaradigan bezlar va embrion rivojlanishi o’rtasidagi nisbat bunga misol bo’ladi.
Hayvonlar embrional rivojlanishi davrida tashqi muhit bilan aloqasini uzmaydi, doimiymoddalar va energiyaalmashinuvi sodir bo’lib turadi. Rivojlanayotgan organizmda doimiy desruktiv va strukturaviy qayta qurish jarayonlari sodir bo’lib turadi. Bu o’zgarishlar atom ,molekula, hujayra darajalarida amalga oshadi.
Qanday sharoitlarda embrion rivojlanishini o’rganish mumkin? Bu 1) harorat; 2)suvda, quruqda yashaydigan hayvonlar tuixumi uchun havoning namligi, suvning kimyoviy tarkibi; 3)embrion yashaytgan muhitdagi kislorod, karbonat angidrid va boshqa gazlar tarkibi va miqdori; 4)atmosera bosimi; 5)yorug’lik energiyasiva boshqa omillar ta’sirida embrion rivojlanishini o’rganish mumkin. Embrion riivojlanishi uchun zarur ekologik omillarning minimum, optimum, maksimum chegaralari bo’lib, ular har bir tur embrioniga turlicha ta’sir etadi. Shunday omillarga harorat misol bo’ladi. Harorat birinchi navbatda moddalar almashinuviga ta’sir ko’rsatadi. Haroratning minimum va maksimum chegarasi embrionga salbiy tasir etadi. Jumladan, baqa tuxumi 20 C da normal taraqqiy etadi. 15 Cdataraqqiyot sekinlashadi. Har bir tur individlarining normal taraqqiyoti uchun optimal harorat mavjud. Losos baliqlari noyabrda tuxum qo’yadi, may oyida lichinka ochib chiqadi. Ular uchun minimum harorat –4C, maksimum +9+10C. tovuq tuxumi uchun optimum harorat +38 C (99-rasm).
Ba’zi olimlarning fikricha, qushlar embrional rivojlanishi davrida harorat bir xil bo’lmasligi kerak. Har xil nurlarning to’lqin uzunligi ham rivojlanishda ta’sir etadi.quyoshning binafsha va ko’k nuri rivojlanishni tezlashtiradi, qizil nurlar sekinlashtiradi. Ammo bular umumiy qonuniyat emas,. Bundan tashqari , muhitning kimyoviy tarkibi, konsentrasiyasi ham taraqqiyot uchun muhim ahamiyatga ega. Ba’zi hayvonlar rivojlanishi uchun kislorod zarur bo’lsa ,ba’zilari ucun shart emas. Masalan ,askarida va boshqa parazit chuvalchanglar tuxumining rivojlanish davrida kislorod bo’lmasa, rivojlanish to’xtaydi.

Download 2.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling