Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi


Embrional rivojlanish va ichki muhit


Download 2.45 Mb.
bet111/138
Sana22.11.2023
Hajmi2.45 Mb.
#1793399
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   138
Bog'liq
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi

Embrional rivojlanish va ichki muhit

Organizmning ichki muhitiga qon, limfa va hujayralararo suyuqlik kiradi. Embrionning ichki muhiti ham uning bir qismi hisoblanadi. Shuning uchun embrionning bir qismini boshqa qismi uchun muhim ahamiyatga ega ,deb qarash kerak. Keyingi paytlargacha embriologiyada embrion rivojlanish davrida hosil bo’lgan suyuqliklarga katta etibor berilmas edi. Amfibiyalar rivojlanishining sakkizta blastomerlik davrida bo’shliq va unda suyuqlik hosil bo’ladi. Bu bo’shliq va suyuqlik keyingi rivojlanish uchun qanday ahamiyatga ega? Blastula ,gastrula, perivitellin suyuqliklari qanday ahamiyatga ega? Sut emizuvchilarning blastodermik xaltasi suyuqligining tarkibi va ahamiyati nimalardan iborat? Tuxum yo’li va bachadon suyuqligi sut emizuvchilar tuxumining implantatsiyasigacha qanday ahamiyatga ega? Yaqin vaqtlargacha hayvonlar embrioni rivojlanishda sodir bo’ladigan bunday hodisalar tadqiqotchilarni qiziqtirmadi. Hatto sut emizuvchilar va odam embrioni amnion suyuqligini tibbiyot va veterenariyadagi amaliy ahamiyati noma;lum bo’lib qolaverdi. Ichki muhitning embrion rivojlanishi uchun ahamyati o’rganilmaganligini quyidagi malumotlardan xam bilsa bo’ladi.


Ba’zi embriologlar embrion rivojlanishida ichki muhitning ahamiyatini inkor etsa, ba’zilari bu sohada nazariyalar yaratdilar. Shulardan belgiyalik olim A.M.Dalk (1953) trofik epigenez nazariyasini yaratdi. Dalk fikricha ,oosit atrofida qon tomirlarining br hil tarqalganligi tufayli tuxumning polyarligi, bilaterial simmetriyaligi kelb chiqqan. Har bir murtakning didfferensiasiyasi va o’sish xususyatlari ularni o’rab turgan to’qimaning va skulyarizasiyasi bilan aniqlanadi. Qon tomirlarining tarmoqlanishi oxiriga yetguncha embrionning har xil qismi qon bilan har xil ta’minlanadi. Shunga ko’ra, embrionning har xil qismi turli trofik sharoitda bo’ladi. L.Dalk tuxumdan organlaqrning hosil bo’ladigan qismlarini tan olmaydi. Gavdaning har xil qismining biokimyoviy xususyatlari qon aylanishi bilan bog’liq.
P.P.Ivanov ichki muhitga katta e’tibor berdi. Uning fikricha ,amfibiyalarda gastrulyasiyasining normal o’tishi blastoseldagi suyuqlikning tarkibigaq bog’liq amfibiyalarda blastulaning ko’p qavatlibosqichida turl hujayralar har xil muhitga ega bo’ladi. Animal qutbdagi bir qism hujayralar bevosita tashqi muhiot bilan aloqada bo’ladi. Ularning teri va nerv sistemasi paydo bo’ladi. Hujayralarning bir qismi ichki muhit bosimi ostida bo’ladi.
Gastrulyasiya jarayonida turli hujayralarb uchun turlicha sharoit paydo bo’ladi. Ularning bir qismi tashqi muhit bilan, bir qismi gastrosel bilan bog’lanadi. Bu hujayralar ektodermani hosil qiladi. Bir qism hujayralar tashqi muhit bilan bog’lanmaydi. Bu hujayralardan mezoderma va jinsiy hujayralar hosil bo’ladi. Shunday qilib, rivojlanishning dastlabki davridan boshlab tashqi va ichki (blastosel suyuqligi )muhit paydo bo’ladi. Gastrulla bosqichida ektoderma va endoderma hujayralari o’rtasida biokimyoviy farqlar paydo bo’ladi. Bu hujayralar tashqi muhit omillariga har xil javob beradi. Masalan, baqaning gastrulla dav rida endoderma ektodermaga nisbatan kislotali muhitga ega bo’ladi. Gastrulyasiya jarayoni uchun tashqi ichkin muhit turlicha bo’lishi lozim. Tashqi epitely hujayralarning to’g’ri differensiyasi va o’sishi uchun ular har ikki yassi tomonidan bir hil bo’lmagan suyuqlik bilan o’rab turilishi lozim, ya’ni, bir tomondan, ichki muhit suyuqligi bilan chegaralanadi.
P.P.Ivanov (1939) qon plazmasiga Rana temperariya va Trirutus taeniatus tuxumini blastula, gastrula, neyrula, bosqichlarining po’stini olib tashlangan holda kiritgan. Shunday qilib, ichki va tashaqi muhit farqini buzgan. Qon plazmasi tarkibi bo’yicha embrionning ichki muhitiga to’g’ri keladi. Natrija agar embrionni gastrulyasiya bosqichigacha tajriba o'tkazilgan bo'lsa, rivojlanish davom etmaydi. Agar gastrula bosqichida tajriba o’tkazilsa, rivojlanish davom etadi va normal organlar shakllanadi. Baqaning blastula davrida blastomerlari qon plzmasiga ko’chirib o’tkazilsa, ular faol harakatlanadi, shakli amyobga o’xshab o’zgaradi, blastula ichida harakatlanadi, tartibsiz aralashadi. Demak, gastrulyasiya davrida hujayralar haratati o’zgaradi.
Agar baqa tuxumini maydalanish yoki blastula davrida qon plazmasiga o’tkazilsa, blastomerlar zich to’planib, blastoselni yo’qotadi. Qon plazmasi ektodermal hujayralarning normal joylashuv tartibini o’zgartiradi, ular epitelialsimon tartibda, ya’ni bir tomoni ichki, ikkinchi tomoni tashqi muhitga tegib turadi. Hujayralar differensiasiyasi va polyarligi mezenximani olib tashlash tufayli sodir bo’ladi. Shakl hosil bo’lishiuchun zarur sharoit yo’qolad. Shundan keyin hujayralar polyarligini yo’qotadi, pigmentlar protoplzmada tarqalib yo’qoladi.

Download 2.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling