Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi


Embrionoing dastlabki davrlarida translayasiya va m-RNK apparatini faollashtirish


Download 2.45 Mb.
bet60/138
Sana22.11.2023
Hajmi2.45 Mb.
#1793399
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   138
Bog'liq
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi

Embrionoing dastlabki davrlarida translayasiya va m-RNK apparatini faollashtirish. Urug’llanish sodir bo’lishi bilan ooplazmada erkin ribosomalar, i-RNK, t-RNK ko’payib, polisoma shakllanadi. Bu davrda sintezlangan oqsil gametogenez davrida sintezlangan oqsildan farq qilmaydi. Bu sintez jarayonlarining asosiy vazifasi embrional rivojlanishning yetilgan tuxum davrida sintezi to’xtab qolgan oqsil bilan ta’minilashdir, Tadqiqotlaning ko’rsatishicha, bu oqsillar zaxiralanmaydi, balki hosil bo’lrayotgan hujayra qurilishida sarflarnadi. Jumladan, maydalanayotgan dengiz tipratikani tuxumidan hosil bo’layotgan hujayra qurilishida zaxira va yangi sintezlanayotgan oqsillar ishtirok etishi aniqlangan. Ba’zi oqsillar zamr paytda, kerakli bosqichda sintezlanadi.
Har xil hayvonlarda transkripsion faollik har xil bosqich-larga to’g’ri keladi.RNK va oqsil zaxirasi ko’pi bo’lgan hayvonlarda transkripsiya tezda sodir bo’lmaydi. Ko’pichilik holatlarda ikkita bosqichi farqlanadi: 1) transkripsiya faolligi; 2) transkripsiyada ajralishining ortishi. Vyun balig’ida birinchi bosqich gastrulyasiyagacha, ikkinchi bosqich gastrulyasiyadan keyin sodir bo’ladi. Tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, RNK har xil turlari sinitezining ma’Ium ketma-ketligi mayjud. Bu holat birinchi marta l.Gerdon tomonidan baqalarda o’rganilgan va quyidagilar aniqlangan: 1) gametalarda yetilish davrida hamma genlar faol bo’lmaydi; 2) urug’lanishdan blastulagacha RNK sintezini aniqlab bo’lmaydi; 3) birinchi bo’lib t-RNK, ra-RNK sintezini boshqaradigan genlar faollashadi; 4) blastulaning oxiri gastrulyasiyaning boshida har xil RNK sintezi boshlanadi; 5) keyinchalik RNK har xil turlarining sintezi koordinasiyalashadi. Bu holatlar oositdan tashqari hamma hujayralar uchun xosdir.
Har xil RNK biosintezining dinamikasi gametogenez va embrional rivojlanishning dastlabki davrlarida ma’lum regulyasiya mexanizmi orqali amalga oshadi. Ammo bu mexanizmlar hozircha noma’lum.
Embrional rivojlanishning dastlabki davrlarida yangi RNK va oqsil sintezining faolligini o’zgarishliga bag’ishlangan tajribalar orqali oogenezda zaxirlangan i-RNK. ishtirokida sodir bo’ladigan jarayonlar qachon va qancha vaqtda sodir bo’lishini aniqlash mumkin. Buning uchun RNK sintezini radiasiya yoki boshqa omillar bilan to’xtatiladi-Dengiz tipratikani tuxumi yashayotgan muhitda aktinomisin qo’shilsa, oqsil sintezi davom etadi. Demak, bunda i-RNK sintezi katta ahamiyatga ega emas, chunki zigotadagi zaxira i-RNK bu jarayonni boshqaradi.
Molekulyar tadqiqotlarrung ma’lum vazifasi sintez jarayonlari qaysi bosqichda boshlanishi va RNK turlari qachon o’z vazifasini bajara boshlashini aniqlashdan iborat. Ikkinchi tomondan, bu tadqiqotlarning muhim xususiyati embrioining harxil qismi va hujayraida oqsil va RNK sintezining tezligi, farqlari va o’xshashliklarini aniqlashdan iborat. Ayin paytda, har xil hujayra va organlarda biosintez jarayonlarinnig farqlari haqida miqdor jihatidan ma’lumotlar bor, ammo sifat jihatidan bunday ma’lumotlar yo’q.

Download 2.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling