Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi


Tuxum hujayraning enukleasiyasiga oid tajribalar


Download 2.45 Mb.
bet61/138
Sana22.11.2023
Hajmi2.45 Mb.
#1793399
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   138
Bog'liq
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi

Tuxum hujayraning enukleasiyasiga oid tajribalar. Yadro va sitoplazma vazifasini aniqlash uchim yadroni mikroxirurgiya yo’li bilan tuxumdan ajratish yoki fizikaviy usul bilan nobud qilish kabi tajribalar o’tkazilgan. Yadrosiz sitoplazmasi olishning bir qancha yo’llari bo’limlardan, dengiz tipratikaning tuxumni sentrofugada yadro va sitoplazmaga ajratish mumkin. Yadroli qismi taraqqiy etadi, ammo kichik embrion hosil- bo’ladi, sitoplazma qismida maydalanish boshlanadi, amm rivojlanish davom etmaydi va embrion hosil bo’lmaydi.
Keyingi yillarda sut emizuvchilar zigotasidan mikromanipulyator yordamida pronuklenlarni olib tashlash orqali rivojlanish o’rganilmoqda. Bunda sitoplazmadan bir necha blastomerlar hosil bo’ladi, ammo embrion hosil bo’lmaydi (61-rasm).
1959 yilda AANeyfax radiasiya yordamida yadroni faollashtirish usulini ishlanib chiqdi va ko’plab tajribalar o’tkazdi.
Yadro va sitoplazmaning radiasiyaga javob reaksiyasi har xil bo’ladi. Radiasiya ta’sirida yadro nobud bo’lsa ham, sitoplazmaga ta’sir etmaydi. Bunday tuxum hujayra maydalanadi, ammo hosil bo’lgan blastomerlarda yadro bo’lmaydi, ebrion rivojlanishi gastrulyasiya davrida to’xtaydi.
A-A.Neyfax embrionning har xil bosqichalarida radiasiya ta’sirida rivojlanish davom etadigan va davom etmaydigan davrlarini anqlashliga muvaffaq bo’ldi. Bu davrlar "yadro morfogenelik funksiyasining namoyon bo’lish davri" deb ataladi. Bunda yadro nobud bo’ladi, aktinomisur ta’svirida esa RN K sintezi to’xtatiladi. Bu ta’ribalar tufayli radiasiya sitoplazmaga ham zarar qiladi, aktinomisin nafaqat RNK sintezi, balki hujayra bo’linishini ham pasaytirishi aniqlandi. Shunga qaramasdan, bular embrion hosil bo’lishida yadro va sitoplazma vazifasnii aniqlashda qimmatli ma’lumotlar berdi. Shunga ko’ra, yadro gastrulyasiya davridan boshlab muhim ahamiyatga ega. Ungacha rivojlanishi yadrosiz ham davom etishi mumkin. Ammo yadroning bunday boshqaruvchilik funksiyasinnig sabablari hozircha to’liq o’rganilgan emas.
Gaploid va gibrid embrionning dastlabki rivojlanishi. Tur ichidagi va turlararo gaploid va gibrid embrion ota-ona genini o’zganisli uchun muhim manba hisoblanadi. Ular tuxum va spermatozoidning embrion fiosil bo’lishidagi vazifalarini o’zganish imkonini beradi. Spermatozoid ota geni va sentriokani tuxum hujaysiga olib kiradi.
Turlararo gibrid olish ham muhim ma’lumotlar beradi. Baliqlarda oilalararo gibrid olish mumkin. Ko’pchilik hollarda gibridiar nobud bo’lradi, olim har xil bosqichlarda sodir bo’ladi. Nina tanlilar va tuban umurtqalilar gibridlarining tahlili shuni ko’rsatdiki, ota geni gastrlyasiyani boshlanishi bilan ishlay boshlaydi. Sut emizuvchilarda yadro bo’lmasa, taraqqiyot tezda to’xtaydi.
Bu tajribalarda butun genom sinab ko’rilgan. Kelajakda har bir gen sinab ko’rilishni va ularning vazifalari aniqlanishi lozim.
Embrion rivojlanishining dastlabki bosqichlarida mutatsiyaning ta’svirini o’rganish. Ayin paytda genelika embriogenez turli davrlarida genning vazifasi folanishida mutatasiyaning tahlili tufayli olingan qiziqarii ma’lumotlarga ega. Bu ma’lumotlar asosan embriogenezning keyingi bosqichlarini o’rganish uchun ribosoma geni mutasiyasini kuzatish orqali olingan (62-rasm). Baqalarda yadrocha qisman yoki butunlay bo’lmasa, "Oni" mutatsiyasi sodir bo’ladi. Gomozigota xolatida (fiam ota, ham ona genomida) mutaysiya sodir bo’lsa "OlOni" deb belgilanadi va embrion yashay olmaydi, chunkl yangi ribosoma hosil bo’lmaydi. Embrion tuxumdagi zaxira ribosoma hisobidan ma’lum vaqt yashab turadi, u turgashi bilan nobud bo’ladi. "+/lOni" geterozigotada (mutant va normal baqani chatishtirib olingan avlod) rivojlanish normal ketadi. Chunki embrionni ribosoma bilan talminlashda bitta ribosoma geni nabori yetarli bo’lradi. Ba’zan bu genlar o’z funksiyasini qisman bajarmaydi. Agar qisman mutant bilan to’liq mutant chatishtirilsa, embrion nobud bo’ladi. Bunday mutatsiyalar drozofillada ham uchraydi. Yadrocha mutasiyasining tahlili shuni ko’rsatmoqdakl, rivojlanish genlar funksiyasiga bo’g’liq.



Download 2.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling