Taraqqiyotning dastlabki bosqichlarining molekulyar-genetik mexanizmi
Individual rivojlanish biologiyasining muhim yo’nalishlaridan biri ontogenezning turli bosqichlarida genlarning ta’sir etish qonuniyatlarini aniqlashdan iborat.Bu yo’nalish embroilogiya va genitika fanlari chorrahalarida paydo bo’ldi.Ayni vaqtda bu fanlar molekulyar biologiya yutuqlari bilan boyitiladi,natijada hujayraning molekulyar tuzulishi,genetik apparati,genlar ekspressyasi mexanizmi o’rganiladi.
Rivojlanish dastlabki bosqichlarini embroiloglar va genetiklar hamkorlikda o’rganmoqdalar. Chunki bu davrda gametalarda mavjud bo’lgan genetik potensial ro’yobga chiqa boshlaydi, embrion shakllanishi qonuniyatlari, bir hujayrali sistema ko’p hujayrali sistemaga aylanadi,differensiallanish va morfogenetik jarayonlar boshlanadi.Shuning uchun bu davrda genlarning ahamiyatini aniqlash muhum va murakkab vazifadir.Uning murakkabligi shundaki,gametogenez davrida ishlay boshlaydi,genlarning o’zini transkripsion faolligi past bo’ladi.Bu davrda embrionni sitoplazmatik omillar boshqaradi. Yadro va sitoplazma o’rtasidagi munosabat ham indivudal rivojlanish biologiyasining muhum muommosi hisoblanadi.
Rivojlanishning dastlabki davridagi genlarning vazifasi. Genlarning yadroda joylshganligi biokimyoviy va sitofotometrik tahlili orqali aniqlanadi. Ma’lum bo’lishicha, DNK asosan yadroda( xromosomalarda) joylashgan bo’lib, ozroq qismi sitoplazmadagi mitoxondirya,plastidalar, xivchinlarning bazal tanachasida joylashgan. Ko’plab hayvonlar tuxum hujayrasining mitoxondriyasida DNK miqdori ko’p bo’ladi. Bu DNK rivojlanish jarayoni uncha katta ahamyatga ega emas. Rivojlanish uchun yadrodagi DNK muhum vazifani boshqaradi. Shuning uchun oogenez davrida paydo bo’lgan genlarning vazifalarini aniqlash muhum ahamyatga ega. Bu muammoni hal qilishning bir qancha yo’nalishlari bor:
Rivojlanishning dastlabki davrlarida genlar faolligining molekulyar biologik tahlili(RNK.oqsil, ferment sintezi).
Rivojlanishning dastlabki davrlarining har xil bosqichlarda yadro va sitoplazma vazifasining eksperimental-genetik tahlili.
Yadro va sitoplazma vazifasini o’rganish uchun blastomerlarni bir-biridan ajratish,embrionlarni qo’shish,yadroni ko’chirib o’tkazish.
Embrionning dastlabki davrlarni tahlil qilish uchun xromosomalar naborini o’zgartirish,mutatsiyalar sodir qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |