Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi
Download 2.45 Mb.
|
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umurtqasiz hayvonlar embrionida provizor organlar
Allantois yoki siydik qopi. Allantios grekcha allanoi des- kolbasimon degan ma’noni anglatadi. Allanntios repteiylar, qushlar va sutemizuvchilar embrionida bo’ladi.
Amnion burmalari yopilishacha ichakning keyingi qismining qorin devorida ento derma va visceral mezodermadan tuzilgan xaltasimon o’simta, ya’ni alllaiontos hosil bo’ladi. Amnion va seroz pardaning hosil bo’lishi bilan ular orasidagi bo’shliq paydo bo’ladi. Bu bo’shliq sellom yoki birlamchi ichak bo’shlig’i deyiladi. Allantios ana shu bo’shliqa, ichakning bir tomonida uncha katta bo’lmagan yo’g’onlashgan shakilda hosil bo’lib , kindik orqali o’tadi. Allatnios embrion tanasida qoladigan qismidan siydik pufagi hosil bo’ladi. Embriondan allantios bilan kindik tomirlari o’sib chiqadi. Bular allantiosning mezodermasida kapillyar qon tomirlarning qalin to’rini hosil qiladi. Va tuxumning to’mtoq tomonida gazlar almashinuvi sodir bo’ladigan havo kamerasi yaqinida ayniqsa, ko’proq paydo bo’ladi. Sariqlik xaltasi devorida poyda bo’lgan tomirlar sariqlikning embrioniga o’tib sarflanishiga imkoniyat yaratadi. Allantios tomirlari embronni zarur kislorod bilan ta’minlash, ayruv organlar vazifasini bajaradi. Umurtqasiz hayvonlar embrionida provizor organlar Provizor organlar ba’zi umurqasiz hayvonlar embrionida ham bo’ladi. Ikki qanotli va qattiq qanotli hashoratlar embrionida amnion va seroz parda endodermadan paydo bo’gan.Ammo amniotalarda amnion bosh tomonda paydo bo’lib, dum tomoniga siljib, embrionni qoblab oladi. Hashoratlarda esa amnion bosh va dum tomonda paydo bo’ladi. Va keyinchalik ular yaqinlashib, embrionni o’rab oladi. Tuxumi sariqlik moddasiga boy bo’lib hasharotlarda esa amnion bosh va dum tomonida paydo bo’ladi.va keyinchalik ular yaqinlashib embrionni o’rab oladi. Tuxumini sariqlik moddasiga boy bo’lgan hashoratlarda, ya.’ni qanotsiz hashorotlarda,embrion tuxumining o’zi bilan tuxumini qoplagan blastodermani ichkariga tortadi.Blastoderma ikki qavat bo’lib, ustidagi seroza qavatni ichkaridagisi embrionnini o’rab olib amnionini tashkil etadi. Umurtqasiz hayvonlarda vaqticha organlarning paydo bo’lishi rivojlanishning turli davrlariga to’g’ri keldi. Ko’rshapalaklarda boshqa hashoratlarga nisbatan vaqtincha organlar tezroq paydo bo’ladi. Kapalakning amnion dastlab qonni keyin esa orqa tomoni qoplaydi. Umurtqasiz hayvonlarning vaqtincha organlari embrionni tashqi muhutning sariqlik moddasiga botganligi uchun amnion va seroz parda embrioni butunlay qoplamaydi. Chunki embrion tuxumning sariqlik moddasi bilan oziqlanishi kerak. Ba’zi tuban hashoratlarda embrionni qoplaydigan vaqtincha organlar bo’lmaydi. Ularning o’rniga embrion atrofida gomogen kitukulyar parda hosil bo’ladi. Bunday parda qisqichbaqosimonlar,o’rgamchiksimonlarda va ko’poyoqlilarda ham paydo bo’ladi. Pardaqanotlilardan yaydoqchilar parazit lichinkalar paydo bo’ladi. Ular o’zining tuxumini boshqa hashoratlarning tuxumi ustiga qo’yadi. Bunday hashoratlarning rivojlanishi vaqticha organlardan faqat ozuqa bilan ta’minlaydigan serroz parda poydo bo’ladi. Yaydoqchilar tuxumida sariqlik moddasi bo’lmagani uchun mayda bo’ladi (26-30mk). Rivojlanish paytida yaydoqchilarning embrioni xo’jayning to’qima hujayrasi bilan oziqlanish natijasida 100, ba’zan 1000 marta kattalashadi. Parazitlik bilan rivojllanadigan hashoratlarda har bir blastomer yangi organizmni yaratadi. Bunday rivojlanishiga vaqtincha organlarning ertaroq paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Bu organlarni seroz parda va trofamnion deyiladi. Hasharotlarning zararkunda organizinlar tuxumi yoki boshqa stadiyasi hisobidan parazitlik bilan oziqlanishi geperparazitizim deb ataladi. Bu hodisadan qishoq xo’jaligida, ya’ni o’simliklarga zarar yetkazadigan hashoratlarga qarshi biologik kurash vositasidan foydalinadi. Yo’ldosh Embrion bilan ona organizmi o’rtasida aloqa bog’lash plantasiya deyiladi. Bu aloqa yo’ldosh yoki bola o’rni hosil bo’lishi orqali o’rnatiladi. Yo’ldosh hosil bo’lishda embrionning vaqtincha organlari ishtirok etadi. Urug’lanish sodir bo’lgandan keyin blastosist 1 hafta davomida implatsiya, ya’ni bachadon devoriga trofoblastlarning vorsinkalari orqali yopishadi va katta havfli davr o’tadi.Ammo bu havf yo’ldosh hosil bo’lguncha davom etadi (68- rasm). Homila bilan ona organizim o’rtasidagi aloqa yo’ldosh orqali mustaxkam bo’lmaydi. Ikkinchi tomondan,trofablast embriondan kelayotgan toksin moddalarni neytrallay olmaydi. Bu moddalar ona jigariga kelib neytrallanadi. Shuning uchun yo’ldosh hosil bo’lguncha ona organizimda taksiko’z, ya’ni embrion qonidagi zaxarli moddalardan zaxarlanish, ya’ni ko’ngil aynish, qayt qilish kabi holatlar kuzatiladi. Shunday holatlarda ko’ngli istgan narsalar iste’mol qilinsa, bu hodisaning oldi olinadi. Odamlarda homiladorlikning 78- 80- kunlariga kelib yo’ldosh hosil bo’ladi. Imlatsiyadan keyin blastodermik pufakchaning o’sishi bilan yo’ldoshli hoyvonlarda embrionning oziq moddalarga boy bo’lgan ehtiyoji ortadi. Rivojlaninshning boshlng’ich davrlarda embrion oziq moddani ona organizimdan trofoblast orqali oladi. Trofoblast ikkta bosim kuch ta’sirida bo’ladi. Ya’ni unga tashqi tomondan ona organizmi to’qimalarning bosimi ta’sir etsa, ichki tomonidan amnion suyuqligining bosimi ta’sir etadi. Bu bosimlarning ta’siri trafoblast devoridagi hujayralarning normal o’sishi va ko’payishiga halaqit beradi. Natijada trofoblastning ustki tomoni tugunchali, o’simtali , vorsinkasimon bo’ladi. Bu birlamchi vorsinkalar bo’lib . ularga mezenxima qo’shilishi natijasida tashqi epiteliy bilan qoplan o’simtaga aylanadi. Trofo blastda vorsinkalar hosil bo’lgandan keyin bu tuzulma xorion yoki seroza deb ataladi.Xorion vorsinkalarining joylashiga qarab yo’ldoshlar har xil bo’ladi. Ular embrion qorin qisminig ro’parasida yoki atrofida joylashadi. Xarionning ichkari tomonini allantios qoplaydi. Shuning uchun yo’ldoshni xorioallantios deb birgalika ham nomlanadi (69 rasm ). Sut emizuvchilarda kindik yo’l quydagi yo’ l bilan hosil bo’ladi . Tuxum qo’yib ko’payadigan amniotalarga qaraganda sutemizuvchilarda tuxumning sariqlik xalrasi kichikroq bo’ladi. Yo’ldoshli sut emizuvchilarda entoderma qavatining asosiy qismi ichakning hosil bo’lishiga sarflanadi. Shuning uchun sariqlik haltasi kichik bo’lib, asta –sekin hajmi kamayib boradi. va ichak blian bog’lanib, ingichka poyacha hosil qiladi. Allantios ichakning orqa qismidan xaltasimon o’simta sifatida kattalashib, bir tomoni bilan xarion devoriga yopishadi. Natijada shu yerda mezenxima to’qimasi orqali alllantios qon tomirlar hosil qiladi. Allantios o’sib, ichak bilan ingingichka yo’l orqali bog’lanadi. Bu yo’llarning biri sariqlik xaltasining yo’li , ikkinchisi esa allantios yo’lidir. Amnion embrionnini hamma tomondan o’rab olib, alllantios va sariqlik xalta yo’larini qisib, bir-biriga yaqinlashtiradi. Natijada entodermadan hosil bo’lgan ikkta yo’lni ekdodermadan hosil bo’gan ikkta ektoderma bilan qoplaydi va kindik yo’li hosil qiladi. Sariqlik xalta va allantios mezenxima bilan qoplanganligi uchun kindik yo’lida qon tomirlar paydo bo’ladi va ular orqali ona embrioni o’rtasida moddalar almashinuvi amalga oshadi (70 rasm). Tuxum qo’yuvchi sut emizuvchilarda tuxumi ona organizmida turgan paytda uning teshiklari ona organizimida oziqlananadi. Shuning uchun bola ularning tuxumi qo’yishini ‘ erta tug’ush” deb atasa bo’ladi. Xaltali sutemizuvchilarda xarion bachadon shillimshiq qavati bilan oddiy birikadi. Bularda embrion bachadon bezlarida ajralib chiqadigan, xarion epiteliysi bilan so’rilib kindik tomirlari orqali embrionga o’tadigan oziq moddalar hisobiga oziqlanadi,. Bular oziq moddalar oqib turadigan maxsus organ yo’q. shuning uchun xaltalilar yo’ldoshsiz hayvonlar hisoblanadi. Shunday qilib, embrionning ona organizimi hisobiga oziqlanish yo’ldosh orqali amalga oshadi. Yo’ldosh bachadon shilimshiq qobig’dan va xarion vorsinkalardan hosil bo’ladi va u bo’la o’rni ham deb ataladi. Download 2.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling