Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi


Download 2.45 Mb.
bet65/138
Sana22.11.2023
Hajmi2.45 Mb.
#1793399
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   138
Bog'liq
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi

Embrionning provizor organlari

Embrion rivojlaninishning havfsiz o’tishini ta’minlab, embrional davr tugashi bilan o’z faoliyatini tugatadigan organlar embrioning provizor yoki vaqtinchalik organlari deyiladi.Bu organlar embrional davr tugash bilan yo’qolib ketadi. Provizor organlarga sariqlik haltasi trofoblast, amnion, seroz parda allantois, xarion, yo’ldosh, kindikipi kiradi.


Sariqlik xaltasi. Tuxumning sariqlik xaltasi ektodermadan hosil bo’lib sariqlik moddasini o’rab turadi. Sariqlik haltasining tashqi tomoni mezinxima hujayralari bilan qoplangan bo’ladi. .mezenxima haltasining ustida tomirlar paydo bo’lishiga olib keladi va ular orqali organilarga oziq moddalarni o’tkazadi. Embrion keyinchalik sariqlik moddasidan ajralib,ichakning o’rta qismidagi ingichka sariq yo’lcha orqali sariqlik haltasi bilan aloqada bo’ladi. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, sariqlik xaltasi embrioning provizor organi hisoblanmaydi. Ammo u faqat xalta bo’lmay,balki boshqa provizor organlar kabi embrionning hayoti jarayonlarning normal o’tishiga yodam beradi. Embrion rivojlanishining dastlabki davrlarida sariqlik xaltasi embrioning nafas olish va oziqlanishda qisqa vaqt ishtirok etadi. Sariqlik xaltasi devorining hujayralari sariqlik moddasining birlamchi qayta ishlanib, keyin sarflanadi.
Sariqlik xaltasining devoridagi visceral mezoderma 7-8 hafta davomida embrionni qon bilan ta’minlashda ishtirok etadi. Qushlarda sariqlik xaltasining devoridan birlamchi qon hosil qiluvchi hujayralar, undan qon hujayralari va qon tomirlar devor paydo bo’ladi. Shundan so’ng sariqlik xaltasi atrofiyaga uchraydi. Sut emizuvchilar tuxumida sariqlik modddasi bo’lmaydi. Sariqlik xaltasi ularning ajdodlari - sudralib yuruvchilardan meros bo’lib qolgan .
Amnoin va seroz parda. Hayvonot dunyosi embrional rivojlanish davrida amnion parda hosil bo’lishiga qarab 2 guruhga bo’linadi: 1. Anamniyalar, bularga baliqlar va amfibiyalar kiradi hamda ularda amnion parda hosil bo’lmaydi. 2. Amniotalar, ularga repteliylar, qushlar , sut emizuvchilar kiradi va ular embrion, amnion parda hosil bo’ladi. Amnoin grekcha amnion- embrion yon pufagi degan ma’noni bildiradi. Bu 2 guruhning farqlari quydagilar:1. Anamniyalarning tuxumi suvda, amniotalarning tuxumi esa quruqlikda rivojlanadi. Ba’zi amniotalar (toshbaqalar, timsohlar) suvda yashasa ham, tuxumi quruqlikda rivojlanadi.
2. Amniotalar tuxumi birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi qobiqlar bilan qoplangan bo’ladi.
Embrion hosil bo’lgan dan keyin tezda u parda bilan qoplanadi. Bu parda burma sifatida ektoderma va unga birikkan mezodermaning parietal qismidan hosil bo’ladi. Bu burmalar cho’zilib embrioning ustki qismi qoplab oladi va burmalarning choki yo’qolib, ular qo’shilib ketadi. Natijada 2 ta ustma ust joylashgan parda hosil bo’ladi:Ichki , embrionga yaqin joylashganlagi amnion, uning ustida joylashgan seroza yoki seroz parda deyiladi. Embrion bilan amnion parda o’rtasidagi bo’shliq amnion bo’shliq , amnion esa seroz o’rtasidagi bo’shliq embrioning tashqi sellomi yoki ekzoselol deyiladi. Chunki bu bo’shliq embrional mezodermadan hosil bo’lmagan. Amnion pardaning ichak bo’shlig’I suyuqlik bilan to’lgan bo’ladi. Bu suyuqlik epiteliy hujayralarining maxsuloti bo’lib, kuchsiz ishqoriy muhutga ega. Amnion parda shu qadar tez o’sadiki, homilaning ikkinchi oyning oxirida uning bo’shlig’iga suyuqlik bilan to’ladi. Bu suyuqlik miqdori ortib boradi va homiladorlikning oxirida 1,5-21 ga yetadi. Homila suvning tarkibida oz miqdorda tuzlar, oqsillar,hatto homila terisi va sochning qoldiqlari ham uchraydi Bu suyuqlikning vazifasi quydagilardan iborat: homilaning erkin rivojlanishi. Uchun zarur bo’lgan muhut yaratadi. Bu suyuqlik homila atrofidagi organik moddalar tarkibi va konsentratsiyasini tartibga solib turadi. Homila suyuqligi homilaning erkin holda rivojlanishiga yordam beradi, turli mexanik ta’sirlardan himoya qiladi. Yo’ldosh va kindik yo’lini homila tomonidan zararlanishiga yo’l qo’ymaydi. Tug’ush jarayonida homila pardasi yorulgancha tug’ush yo’lllarini kengaytiruvchi mexanik ahamyatga ega bo’ladi.

Download 2.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling