Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi


Download 2.45 Mb.
bet68/138
Sana22.11.2023
Hajmi2.45 Mb.
#1793399
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   138
Bog'liq
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi

Yo’ldosh turlari. Embrionning ona organizmidan oziq moddalar bilan ta’minlanishi har xil shuning uchun yo’ldoshning quydagi turlari bo’ladi. :
1. Epitelixorial yo’ldosh, u yarim yoki chala yoki yo’ldosh deb ataladi. Bunday yo’ldoshda vorsinka o’simtalari yaxshi rivojlanmaydi. Va faqat do’ngsimon bo’lib , bachadoning shilimshiq qavatiga botib kiradi. Tug’ishi vaqtida vorsinkalar bachadonga zarar etkazmaydi., o’z chuqurchalardan chiqadi. Tug’sh og’riqsiz va qon ketishsiz o’tdi. Bunday yo’ldosh cho’chqa ot, tuya. Lemur, kitsimonlar va boshqa hayvonlarda uchraydi (71 rasm).
2. Desmoxorial yoki birikturuvchili to’qimali yo’ldosh vorsinkalarning ko’pligi bilan epiteli xorial yo’ldoshlari farqlanadi. Xorion vorsinkalari bilan birikan joyda bachadon shilimshiq qobig’ning epiteliysi yemiriladi. Tarmoqlanib ketgan vorsinkalar epiteliydan o’tib, birikturuvchi to’qimaga botadi va ona qon tomirlariga yetib boradi. Bunday yo’ldosh kat elidon deyilib, embrionning dastalabki davrida embironga nisbatan 20 marta katta bo’ladi. Bunda y yo’ldosh kavsh qaytaruvchilarga xosdir.
3. vazoxorial yoki endo teli xorial yo’ldosh hosil bo’lishda bachadon shilimshiq epiteliysi ham, birukturuvchi to’qima ham yemiriladi hamda vorsinkalar qon tomirlariga yetib bradi. Qon tomirlari vorsinkalar oldida kengayadi. Ona qon embrioni qondan yupqa endotelial hujayralari bilan ajralib turadi. Shuning uchun oziq modda va gazlar almashinuvi qiyinchiliksiz sodir bo’ladi. Bunday yo’ldosh sutemizuvchilarda hosil bo’ladi.
4. Gemoxorial yo’ldosh hosil bo’lishda bachadonda chuqur o’zgarichlar sodir bo’ladi. Bunday yo’ldosh hasharotho’rlar, kemuruvchilar, barcha primatlar va odamlarda uchraydi. Bachadondagi bezlar yo’qoladi., birukturuvchi to’qima va qon tomirlarining devori yemiriladi. Yemirilgan to’qimalar o’rnida tomirlardan quyulgan qon bilan katta bo’shliqlqr hosil bo’ladi. Xarion vorsinkalari qon bilan yuvilib turadi va undan oziq moddalarni so’rib oladi. Vorsinkalarning tomirlari bilan bachadon o’rtasida to’g’ridan to’g’ri aloqa o’rnatilmaydi, moddalar almashinuvu vorsinkalarning yupqa devori orqali sodir bo’ladi. Embrion bilan ona organizmi o’rtasidagi yaqin aloqa bo’lgani uchun tug’ush davrida bachadon devori ancha qismining tirilishi va ancha qon ketishi bilan amalga oshadi. Homiladorlik davrida bachadon shilimshiq qavati hujayralari oqsil, yog’ uglevod ajrata boshlaydi. Bu moddalar” bachadon suti” ham deyiladi Bu moddalar embrion uchun ozuqa sifatida sarflanadi.
Tug’ish davrida homila bachadon bo’yni orqali o’tayotganda, uning qobiqlari yirtiladi va tashqariga amnion suyuqligi oqib chiqadi.,oldin ko’p qon ketadi va sekin asta to’xtaydi. Bachadon shilimshiq qobiq qaytadan tiklanadi. Asta sekin tuxumdonda graf pufakchalari hosil bo’ladi. Va menstrual sikl qaytadan tiklanadi.
Yuqorida ko’rinib chiqilgan yo’ldoshning barcha turlarida ona va embrion qoni o’zoro qo’shilmaydi. Agar bu qonlar qo’shlisa, har ikkala organizim uchun ham havflidir Embrion epiteli xorial va desoxorial yo’ldosh orqali getotrof yo’l bilan oziqlanadi. Bunday vorsinkalar bachadon bezining sekretini va birikturuvchi to’qimaning elementlarini hazim bo’ladigan holatiga keltiradi odam embrion yo’ldosh hosil bo’lishining boshlang’ch davrida gistototrof yo’l bilan oziqlanadi , embrion keyinchalik gemotrof oziqlanishga o’tadi. Past molekulyar oziq moddalar xorial o’simtalar devoridan embrion qoniga bemalol o’tadi. Ona qonidagi moddalar fermentlar ta’sirida parchalanadi va embrion ehtiyoji uchun qayta ishlanadi. Ona qonidagi moddalar fermentlar ta’sirida parchalanadi. Va embrion ehtiyoji uchun qayta ishlanadi. Ona qonidagi oqsilar vorsinkalar to’sig’i orqali o’ta olmaydi . shuning uchun oqsillar aminokislatalar holida o’tadi. Yo’ldoshning muhum vazifalardan biri ona va embrion aro embrionidagi gazlar almashinuvi sodir bo’lib, hosil bo’lgan karbonat angidrid gazi yana ona qoniga o’tadi. Yo’dash qoldiq moddalarni embriondan ona organizimga o’tish vazifasini bajaradi. Ba’zi homiladorlik ona organizimda katta sodir bo’lishiga olib keladi. Yo’ldosh ona qonidagi toksin moddalar, mikroorganizimlar embrionga o’tishga yo’l qo’ymaydi.. Ba’zi viruslar bu to’siqdan o’ta oladi va embrion halok bo’ladi. Yo’ldosh ichki sekresiyasi bezlarining vazifasini ham bajaradi. Yo’ldosh estrogen, progestrogen va ganadotrop ishlab chiqarishi munkin Bu garmonlar jinsiy bezlarga, sut bezlariga, embrionning o’sishiga, ta’sir etadi va yo’ldoshdagi qonning ivishiga yo’l qo’ymaydi, Demak, sutemizuvchilar embrioning nafas olishi va oziqlanishi ucun bir necha moslamalar bor ular tuxumidagi sariqlik xaltasida turlacha foydalanishlari munkin. Rivojlanishning boshida sariqlik xaltasining qon tomirlari paydp bo’lib ular orqali embrion nafas oladi. Sariqlik xaltasining ikkinchi vazifasi esa oziq moddalarni yetkazishdir . keyinchalik bu vazifani allantios bajaradi, qoromollarning tuxumi alestial, bo’lib bachadoning shilimshiq qavatida oziq moddani embrionga o’tkazadi. Allantios esa keng xalta shakilda bo’lib moddalar almashunuv jarayonida hosil bo’lgan suyuq moddalarni yig’sh munkin. Yo’ldosh allantios embrionni kislorod va oziq moddalar bilan ta’minlashi, chiqindi moddalarni ona organizmiga o’tkazish vazifasini bajaradi.
Shunday qilib, yo’ldosh ona va homila o’rtasidagi gazlar almashinuvi sodir bo’lishini ta’minlaydi, qonning ivishiga, embrion infeksiyaga, toksinlar kirishiga yo’l qoymaydigan moddalar, shuningdek, embrion infeksiys, toksinlar kirishiga yo’l qo’ymaydigan modddalar, shuningdek embron va ona organizmi rivojlanishi uchun zarur garmonlar ishlab chiqarish vazifasini bajaradi.
Spirtli ichimliklar, chekish, giyohvand moddalar iste’mol qilish embrionga sa’lbiy ta’sir ko’rsatadi va embrionning nobud bo’lishiga, mayib, majruh, irsiy kasalliklar bilan tug’ulishiga sabab bo’ladi.

Download 2.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling