Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi


Rivojlanayotgan embrionning “Tashkiliy markazlari”. Induksiya hodisasi


Download 2.45 Mb.
bet71/138
Sana22.11.2023
Hajmi2.45 Mb.
#1793399
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   138
Bog'liq
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi

Rivojlanayotgan embrionning “Tashkiliy markazlari”. Induksiya hodisasi.

Rivojlanayotgan embrion qisimlarining o’zaro ta’siri embrional induksiya deyiladi. Embrion qismlarining o’zaro ta’siri embrional idduksiya deyiladi. Embrionning ma’lum qismi boshqa qismga ta’sir etib, uning rivojlanish yo’nalishini o’zgartirish munkin. G. Shpemen va uning shogidlari (1924) embrionning ma’lum qismini taqdirini kuzatish uchun tritonning ikki turu: pigmentli bo’lmagan oq tuxumi va sariq- kulrang rangli tuxumli tritonlardan foydalaniladi.


Taraqsimon tiriton embrionning gasturula davrida blastopor dorzal tomondan bir bo’lagini ola triton embrionning shu bosqichini yon yoki ventral tomonga ko’chirib o’tkazadi. Kochirib o’tkazigan joyda nerv nayi, xorda boshqa organlar taraqqiy etgan.(79-rasm). Resipientda qo’shimcha embrion hosil bo’lishi ham munkin, ammo donorning rangli hujayralarini har xil organlarda topish munkin.
Bu tajribalardan quydagi xulosalarni chiqarish munkin. Birinchidan, blastopor labining yelka tomnodan ko’chirib o’tkazilgan hujayralar atrofidagi hujayralarning rivojlanishini O’zgartirish ham munkin.Ikkinchidan, resipient oldingi imkoniyatlarga nisbatan nisbatan kengroq imkoniyatiga ega bo’ladi. Uchinchidan , embrional regulyasiya ishga tushadi va ma’lum natijada paydo qiladi (80-rasm).
G.Shpemen blastopor labining yelka qismini brlamchi embrion “ tashkilotchi“ deb ataladi. Chunki rivoljlanishning dastlabki davrlarida bunday ta’sirni topib bo’lmaydi., tashkilotchi deyilishiga sabab morfogenezga ta’sir etib, yangi organ hosil bo’lgan. Ayni paytda blastopor labi yelka qismining asosiy vazifasi xordo mezoderma kurtakka tegishli bo’lib, uni birlamchi embrion induktor deb ataladi. Embrion bir qismining boshqa qismiga ta’sirini esa embrional induksiya deb ataladi.
Aniqlashicha, o’lik toqimalar, kimyoviy moddalar induksiya hosil qilishi munkin. Shunday qilib, tashkilotchining kimyoviy tabiati aniqladi. Shuning bilan birgalikda, javob reaksiyasi ham indukttorning faqat kimyoviy tarkibiga bog’liq emasligi ma’lum bo’ldi.
Embriologiya fikricha, ba’zi induktorlar turli darajada to’qima taqdirini anqlashga ixtisoslashgan bo’lishi munkin Agar gastrulaning dastlabki davrida blastopor labining yelka qismi ko’chirib o’tkazilsa, oldingi miya taraqqiy etadi. Agar gasturulaning keyingi davrida blastopr labining yelka qismi ko’chirib o’tkazilsa, orqa miya va mezodermal to’qima hosil bo’ladi. Shuningdek , nukleo proreinlar, neytrollovchi oqsilllar mezoderma hosil bo’lishiga ta’sir etuvchi omil hisoblanadi. Agar anashu ikki indukator qo’shilsa, yaxshi taraqqiy etgan embrion hosil bo’ladi. Boshqa induktorlar maxsus bo’lmagan ta’sir ko’rsatadi. Aniqlashicha, eshitish xaltasi eshitish organiga har xil morfogenelik jarayonlarni falloshtiruvchi sifatida ta’sir etadi. Tiritonning kochirib o’tkazilgan yon chiziq organi oyoqlariga indukator sifatida ta’sir etadi. Burun plakodi va gipofizni ko’chirib o’tkazish ham oyoqlar uchun indukator hisoblbadi,.Qo’shimcha oyoqlar yon chiziq sohasida oson induksiyaladi, oyoqlar yon tomonda ham hosil bo’ladi. Bu tajribalardan maxsus javoblar faqt induktorga emas, ta’sirotni qabul qilayotgan organlarga ham bo’g’liq , degan hulosa chiqadi.
Embrion ma’lum qismining har xil ta’surotlarga prezumptif taqdiri orqali javob berish kompetensiya deyiladi. Masalan , amfibiyalar nerv sistemasining hosil bo’lishi ektoderma qavat kompetensiyasiga kiradi va gastrulyasiyaning boshida paydo bo’ladi. Gasturilasiyaning oxirida bu kompetensiya tugaydi. Shunday qiib, taraqqiyot yo’nalishinin normal taraqqiy etgan murtakka nisbatan kompetensiya sohasi yuqori bo’lganda o’zgartirish munkin. Suningdek , induksion ta’sir ma’lum intervalda ta’sir etganda ham o’zgarishi munkin.
Xordalilaning har xil vakillarida induksion aloqani o’rganishda ma’lum bo’ldiki, kompetensiysning muddati va sohalari har xil bo’ladi. Masalan, assidiyalarda 8 ta blastomerlik davrida hammma organlarning kurtagi ma’lum bo’ladi. Sh u davrda blastomerlar o’rni almashtiriladi. Natijada xordomezoderma, ba’zan bitta induktor normal faoliyat ko’rsatmasa ham, organ traqqiyoti normal o’tadi.
Ko’pchilik holatlarda embrionning bir-biriga yaqin qismlari o’zaro ta’sir etadi. Bunga misol oyoq kurtaklari hisoblanadi. Oyoqlar kurtaklari yon mezoderma va uni qoplab turgan ektoderma hujayralarning to’planishidan hosil bo’ladi. Oyoqlar taraqqiyoti somitlar yaqinida joylashgan mezoderma hujayralarning faollashuvidan boshlanadi. Ular oyoq hosil bo’ladigan mezoderma hujayralariga induksion ta’sir etadi. Faollashgan mezoderma hujayralari ektoderma hujayralariga ta’sir etadi. Ular bo’rtib, uchda apikal ektoderma taroqlari hosil bo’ladi. Apikal hujayralar oyoqning o’sishini tezlashtiradi. Mezoderma esa oyoq shaklini belgilaydi. Masalan, qushlarda qanotlar hosil bo’lib, par va patlar bilan qoplanadi.
Induksiyaning geteronom va gomonom turlari farqlanadi. Geteronom induksiyada embrionning bir bo’lagi boshqa bir organning ( xordamezoderma nerv nayining) hosil bo’lishiga olib keladi. Gomonom induksiyada induktor atrofidagi hujayralarning o’z yo’nalishiga mos rivojlanishga yo’naltiradi. Masalan, boshqa embrionga ko’chirib o’tkazilgan nefrotom soha atrofidagi hujayraning bosh miya kurtagini hosil qilishga, tog’ay fibroblastlari qo’shilsa, togay hosil qilishga yo’naltiradi.
Induktorning ta’sirinin sezish uchun to’qima hech bo’lmaganda minimal darajada takkomillashgan bo’lishi lozim. Tarqoq hujayralar induktor ta’sirini sezmaydi. Induktor ta’sirini bir hujayra ham sezadi, ammo butun organizim induktor ta’sirini to’liq sezadi.
Morfogenez va hujayra differeniasisiyasining induk sion ta’sirini o’rganishga oid qiziqarli tajribalar o’tkazilgan.
Bezlar morfogenizida mezenxima ta’sir etadi.
Keyingi yillarda induksiyaning molekulyar va hujayra mexanizmi o’rganilmoqda.



Download 2.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling