Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi
Epidermis va undan hosil bo’ladigan organlar rivojlanishi
Download 2.45 Mb.
|
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eshitish organining rivojlanishi.
- Ganglioz plastinka.
Epidermis va undan hosil bo’ladigan organlar rivojlanishi. Embirionning ustki qismidagi ektodermaning ko’p qism neyrugulyasiyadan keyin terining epidermis qismini hosil qiladi. Ko’plab organlar organlar qismlari tuklar, junlar, teri va sut bezlari epidermisning differensiasiyasi natijasida paydo bo’ladi. Qushlar va sut emizuvchilar embirionning epidermisi dastlab bir qavat hujayradan iborat bo’ladi .Tovuq embrionning rivojlanishining 7- kunida epidermis birikturuvchi to’qima bilan birgalikda ikki qavatga o’tadi. Keyinchalik ichki qavat hosil bo’ladi. Tovuq embrionida 17-kunda epidermis ko’p kolatli davrga o’tadi. Chin teri yoki derma epiteliy birikturuvchi to’qimalar bilan birgalikda differensiyalashadi. Ular birgalikda teri organ organ sifatida namayon etadi. Terining birukturuvchi to’qimadan iborat qismi mezenximani hosil bo’ladi.
Amfibiyalar embionning dastlabki davrlarida epidermis ikki qavatli bo’lib, tashqi qavat periderma, ichki qavat sensor, ya’ni ba’zi segi organlar hosil bo’lishida ishtirok etuvchi qavat deb ataladi. Epidermisdan hosil bo’ladigan organlar dastlab plastinkasimon kengaygan joydan iborat bo’lib, u plakoid deb ataladi. Plakodlar dastlab juft bo’lib, ulardan hidlash, eshitish organlari, bosh nervlar rivojlanadi. Baliqlar yon chiziq organi ham epidermisdan hosil bo’ladi. Shunday qilb, epidermis va uning hosilslsri embrionning ektoderma va mezoderma qavatlaridan paydo bo’ladi. Eshitish organining rivojlanishi. Orqa miya atrofidagi eshitish plakodidan eshitish pufagi hosil bo’ladi. Embrion rivojlanish davrida undan ichki quloq paydo bo’ladi. Amfibiyalarda eshitish organing paydo bo’lishida epidermisning ichki qavati qatnashadi. Amniotalarda eshitish plakodi hosil bo’lishida epidermisning hamma qismi qatnashdi Yuqori o’simtasi endolimfa suyuqligini, pastki o’simtasi chig’anoqni hosil qiladi. Ichki quloq ektodermadan, labrintning tashqi tomoni esa mezenximadan iborat. O’rta quloq, uning eshitish suyaklari va tashqi quloq jabralarini hosil bo;ladi. Ganglioz plastinka. Nerv sistemasi va sezgi organlar ektodermadan hosil bo’ladigan organlar orasida dominantlik qiladi. Nerv sistemasi va sezgi organlari har xil kurtaklardan hosil bo’ladi. Bu organlar nerv nayi, plakod, gangiloz plastinka bilan bog’liq bo’lib, ular ektodermadan kelib chiqqan. Ganglioz plastinka nerv sistemasidan tashqari boshqa organlar hosil bo’lishida ham ishtirok etadi. Ganglioz plastinka neyrulyasiyadan keyin paydo bo’ladi. Amfibiyalar embrioni nerv nayining chetidan ektodermal hujayralar o’rtaga yig’ladi. Ganglioz plastinka melanofor va ektomezenximadan oldingi modda hisoblanadi. Ektomezenxima ektodermadan hosil bo’lib, bu embrion qavatlari qonunyatlariga ziddir (S.Gerstadius, 1967). Ganglioz plastinka hujayralari har xil organlar hosil bo’lishida ishtirok etadi. Ganglioz plastinka hosil bo’lishi bilan nerv nayi va epidermis o’rtasiga migrasiya qiladi. Ganglioz plastinkadan prezumptiv organlarga hujayralar oqimi kela boshlaydi. Bu oqim bosh va bo’yinga boshqa organlarga nisbatan ko’proq keladi. Ganglioz plastinka asosan mezoderma va epidermis o’rtasiga migrasiya qiladi. Ganglioz plastinka hujayralari orqa miya gangiliyalari, visseral skelet, buyrak usti bezining mag;iz qismi. Pigment hujayralari hosil bo’lishida ishtirok etadi. Pigmentlar epidermisda, sochda, tuklarda bo’ladi. Download 2.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling