Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi


Download 2.45 Mb.
bet78/138
Sana22.11.2023
Hajmi2.45 Mb.
#1793399
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   138
Bog'liq
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi

Og’izning rivojlanishi. Ovqat hazim qilish kanali ektodermadan boshlanadi. Oldingi ichakning teri ektodermasi bilan tutashgan joyida og’iz chuqurchasi hosil bo’ladi. Uning qatlamlangan bir qismidan gipofizning oldingi qismi hosil bo’ladi. Og’iz va og’iz boshlig’ining paydo bo’lishi murakkab jarayon bo’lib, unda embrionning uchala qavati ham ishtirok etadi. Sut emizuvchilarda dastlab og’iz teshigi va uning atrofida 5 ta do’ngchalar hosil bo’ladi: toq yuqorgi –lablar, juft yuqori- yuqorgi jag’lar, 2ta pastki jag’larni hosil qiluvchi do’ngchalardir. Ular bilan birgalikda ikkita burun teshigi ham hosil bo’ladi. Yuzning umumiy ko’rinishi postembrional rivojlanish davrida nihoyasiga yetadi.
Birlamchi og’iz bo’shlig’I asta – sekin burun va haqiqiy og’iz bo’shlig’ga aylanadi. Keyinchalik og’izning oxirida halqum hosil bo’ladi. Tishlar ektodermaning epiteliy va mezonximaning emal hosil qiluvchi hujayraidan paydo bo’ladi. Til tomoqning pastki qismidan hosil bo’ladi.
Jabra soxasining rivojlanish. Og’zdan keyinda tomoq joylashgan bo’lib, neyrulasiyaning oxirida jabra cho’ntaklari hosil bo’ladi. Ulardan dastlab jabra plastinkasi, keyin jabra yorliqlari hosil bo’ladi. Jabra yorliqlari barcha umurtqalihayvonlar embrion rivojlanishida hosil bo’ladi. Suvda yashab, jabra yordamida nafas oladigan hayvonlarda jabra va uning uchki qismlari paydo bo’ladi. Bu holat baliqlar va amfibiyalarda kuzatilgan.
Reptilyalar, qushlar, sut emizuvchilar va odamda jabra nafas olish organi sifatida hech qachon faoliyat ko’rsatmaydi, ammo jabra haltasi va jabra yoriqlari paydo bo’ladi. Odam embrionida 4 juft jabra yoriqlari rivojlanadi, beshinchisi rivojlanmaydi. Bu holat yuksak umurtqalilarning barchasi uchun xarakterlidir. Jabra yoriqlarining paydo bo’lishi tuban umurtqalilardan meros deb qaramaslik kerak. Odam embrionning va boshqa yuksak umurtqalilar embrioning 1- juft haltasi devorlaridan ajralgan entodema hujayralaridan jig’ildon, qalqonoldi bezlar taraqqiy etadi.
O’pka, jigar, oshqozon osti bezi rivojlanishi. Nafas olish organlari- halqum, nafas nayi, o’pka jabra sohasining orqasida hosil bo’ladi. Ovqat hazim qilish kanalining ventral tomonida cho’ntaksimon qatlamlangan joy tarmoqlanadi. Bu tarmoqlarning ikkitasidan bronxlar va o’pka hosil bo’ladi. Undan oldinroqda traxeya va halqum paydo bo’ladi. Odamda o’pka tug’ilgandan keyin ishlay boshlasa ham, embriona rivojlanishning dastlabki davrlarida paydo bo’ladi.
Jigar barcha uurtqali hayvonlarning entoderma epiteliy hujayralaridan, o’n ikki barmoqli ichakning yon tomonida hosil bo’ladi. O’t suyuqligi haltasi birlamchi jigarda paydo bo’ladi. Oshqozon osti bezi ham shular bilan parallel ravishda o’n ikki barmoqli ichakning devoridan paydo bo’ladi (86 –rasm).

Download 2.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling