Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi


Download 2.45 Mb.
bet80/138
Sana22.11.2023
Hajmi2.45 Mb.
#1793399
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   138
Bog'liq
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi

O’q skeletining rivojlanishi. Bunda eng muxum xordaning paydo bo’lishidur. Undan keyin to’g’ay tuzilmalari rivojlanadi va to’garak og’izlilar hamda tog’ayli baliqlar uchun doimiydir. Ko’ pchilik umurtqalilar rivojlanishining keyingi bosqislarida tog’ay suyak bilan almashinadi.
O’q skelet sklerotomdan rivojlanadi. Sklerotom somitlari mezenxima hujayralaridan paydo bo’ladi. Sklerotom mezenximasi rivojlanayotgan orqa miyaning atrofini o’rab olib, umurtqa pog’onasini hosil qiladi.
Tog’ayli qovurg’alar umurtqalilar bilan bog’liq bo’lmagan holda rivojlanib, ko’krak qafasini hosil qiladi. Bosh suyaklarning hosil bo’lishi murakkab bo’lib, xordaning yuqori qismida paydo bo’ladi. Dastlab bosh miyani o’rab turdigan birikturuvchi to’qimani hamda eshitish, ko’rish va hid bilish organlari rivohlanadi. Bosh suyaklari dastlab tog’aydan iborat bo’lib, keyin u suyakka aylanadi.
Umurtqalilar embrionning dastlabki bosqichlarida boshning tog’aylari bir necha bo’lakdan, ya’ni trabekuladan, paraxordal tog’ay va eshitish, ko’rish, hid bilish organlar atrofidagi tog’ay kapsula bo’laklaridan iborat bo’ladi. Trabekul ganglioz plastinkadan, tog’ay kapsulalar mezenximadan paydo bo’ladi.
Yurakning rivojlanishi. Qon, yurak va limfa sistemasi mezodermadan kelib chiqan Yurak rivojlanishi amfibiyalarda yaxshiroq o’rganilgan.
Gastrulyasiya jarayonida mezoderma hujayralari ekto va entoderma o’rtasida tarqab ketadi. Neyrula bosqichida mezodermaning orqa va orqa yon qismi embrionning boshigacha davom etadi. Neyrulyasiyadan keyin bo’shqa joylarga mezenxima hujayralari tarqaladi va yurak hosi bo’lishida qatnashadi. Bu hujayradan yurakning endokard qavati hosil bo’ladi uzun naysimon bo’lib joylashgan mezenxima hujayralaridan aorta hasil bo’ladi Epikad va miokard qismi mezodermaning visceral qavatidan hosil bo’ladi. Yurak dastlab to’g’ri naysimon, bo’limlarsiz paydo bo’ladi. Burulish va qatlamlanish natijasida yurakda 4 ta bo’lim: enoz sinus, yurak oldi. Qorincha va arterial sinus hosil bo’ladi. Yurak to’liq shakillanish va qon tomirlari hosil bo’lishidan oldin ishlay boshlaydi. Qushlarda yurak rivojlanishining 2- kunida paydo bo’la boshlaydi.
Yurak rivojlanishida embrion barcha qavatlarining hamkorligi zarur. O. Mangold 1936 yilda, B.I.Balinskiy 1939 yilda amfibiyalar embrionning ektoderma qavati, mezodermani zararlamasdan olib tashlaganda, yurak rivojlanmagan. Qon tomirlar rivojlanishida esa faqat mezonxima ishtirok etadi. Qon gemoblastlardan paydo bo’ladi.

Download 2.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling