Qo’l-oyoqlarning rivojlanishi. Klassik embriologiya namoyondalari amfibiyalar, qushlar va sut emizuvchilarda qo’l va oyoq rivojlanishining qanday sodir bo’lishini dumli amfibiyalar misolida, eksprimental embriologiya namoyondalari esa bu jarayonda hujayra va to’qimalarning o’zaro munosabatini aniqladilar.
Qo’l-oyoq mezodermaning lateral plastinkasi yuqori qismining kengayishidan hosil bo’ladi. Ular mezinximaga migrasiya qiladi va to’planadi. Bu to’planish orqa va oldingi oyoqlarida bir vaqtda sodir bo’ladi. Reptiliyalar, qushlar va sut emizuvchilarda butun gavdasi bo’ylab bu hujayralar to’planadi. Ammo ular so’rilib ketadi va faqat qo’l oyoqlar hosil bo’ladigan joylarda qoladi. Mezenxima qoplab turgan epidermis qalinlashadi. Shunday qilib, qo’l-oyoqni hosil qiluvchi hujayralar mezoderma va epidermisdan kelib chiqadi. Bunda asosiy vazifani mezinxima hujayralari bajaradi. 1931 yilda B.I.Balinskiy o’tkazgan tajribaga ko’ra, nerv nayi hosil bo’lgandan keyin mezodermadan bir bo’lagini kesib olib, epidermisning ostida ko’chirib o’tkazilganda oyoq qo’l hosil bo’lmagan. Agar epidermis ko’chirib o’tkazilsa, u oyoq qo’l tarkibiga kirib ketadi.
Oyoq qo’l hosil bo’lishida mezenxima epidermisni stimullovchi funksiyani ham bajaradi. O’z navbatida ektodermal hujayralar mezodermaning differensiallanishini stimullaydi. 1948 yilda J.Sonders o’tkazgan tajribaga ko’ra, agar 3 kunlik tovuq embrionidan ektodermal hujayralari mezodermani zararlamasdan olib tashlansa, qanotlarining distal qismi hosil bo’lmaydi.Ammo qo’l oyoq hosil bo’lishida asosiy vazifani mezoderma hujayralari bajaradi.
Baliniskiy tajribalariga ko’ra, agar embrionning oldingi va orqa oyoq murtaklari orasiga eshitish, hidlash haltalari ko’chirib o’tkazilsa, qo’shimcha oyoqlar hosil bo’lganligi kuzatilgan.
Morfologik jihatdan oyoq qo’l o’simtalari eniga nisbatan bo’yiga ko’proq o’sadi, uchlari bir tekis bo’lmaydi. Ammo oyoq qo’l bo’limlari va bo’g’imlarning hosil bo’lishi sabablari hozircha noma’lum. Mezenxima hujayralari zichlashib, suyaklar hosil bo’ladi. Dastlab tog’ay hosil bo’ladi, keyinchalik u suyaklarga aylanadi. Qo’l oyoq qon tomirlari ular rivojlanishining dastlabki davrlarida paydo bo’ladi.
Shunday qilib, qo’l- oyoq mezinximadan rivojlanadi. Ammo qo’l- oyoq muskullari miotomdan paydo bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |