Individual taraqqiyot biologiyasi zamonaviy biologiyaning yangi, gurkirab rivojlanayotgan yo’nalishidir


Download 399.84 Kb.
bet2/3
Sana14.12.2022
Hajmi399.84 Kb.
#1002227
1   2   3
Bog'liq
3 kurs.1 amaliy Riv.bio.

1 – mashg’ulot:


Urug‘lanish.Umurtqalilarda urug`lanish jarayoni ketma krtligini farqlash.

. Urug'lanish qaerda sodir bo'lishiga qarab ikki xilda bo'ladi:



  1. Tashqi urug'lanish. Bunda jinsiy hujayralar tashqi muliitda - suvda, tuproq oralarida va boshqa joylarda o'zaro qo'shiladi, ya’ni urg'ochi (samka) tuxum qo'yadi, erkak (sames) esa uni urug'lantiradi. Bu hodisa erkak va urg'oehi individlar o'zaro yaqin masofaga kelganda sodir bo'ladi, ya’ni ular jinsiy hujayrani suvga yoki boshqa joyga chiqarishini bir-biriga hid yoki boshqa kimyoviy moddalar orqali xabar beradi. Bu jarayonga xulq-atvorlar ham ta’siretadi. Bunday urug'lanish suvda yashaydigan hayvonlarda, baliqlarda, amfibiyalarda uchraydi.

  2. Ichki urug'lanish. Bunda jinsiy hujayralar ona organizmining jinsiy organlarida o'zaro qo'shiladi. Erkak jinsiy hujayralarini tashqariga qo'yishi mumkin. Urg'ochilari esa uni o'zining jinsiy teshiklariga kiritib oladi. Masalan, hasharotlaming ba’zilarida shu holatni uchratish mumkin. Bu tashqi-ichki otalanish deb ataladi. Ba’zilarida erkaklari spermani urg'oehi jinsiy organlariga bevosita kiritib qo'yadi. Masalan, sut emizuvchilarda shunday bo'ladi. Bu ichki otalanish deb ataladi. Ba’zilarida ichki otalanish bo'lsa ham, embrion


Urug'lanish jarayoni bosqichlarining ketma-ketligi (V.G.EIiseev, 1983 bo'yicha). 1-tuxum hujayraning sitoplazmasi; 2-tuxum hujayraning yadrosi; 3-yaltiroq qobiq; 4- follikulyar epiteliy; 5-spermatozoidning boshi; 6-spermatozoidning bo'yni; 7- spermatozoidning dumi; 8- spcrmatozodni qabul qiluvchi do'nglik; 9-urug‘lanish qobig'i; 10-urg‘ochilik pronukleusi; 11-erkaklik pronukleusi; 12-sentriolalar o'rtasidagi duk; 13- sinkarion;

tashqi muhitda rivojlanadi. Masalan, qushlarda, repteliyalarda shunday holat kuzatiladi. Zuluklaming urchish jarayoni boshqa hayvonlardan farq qiladi. Ulargermafrodit bo'lib, urug'lanish ichki bo'ladi. Jag'li zuluklar kopulyativ oigani orqali spermatozoidlarini uig'ochi jinsiy oiganlariga o'tkazadi. Baliq zulugida esa spermatozoidlami spermatofora holida uig'ochi zuluk terisining ustiga qo'yadi. Spermatofora qo'yilgan joydagi teri yumshaydi va ten orqali spermatozoid tuxum yo'llariga o'tadi. Zuluklarda bunday urchishni A. O. Kovalevskiy aniqlagan va uni teri orqali urchish deb atagan.


Spermatozoidlarning maxsus parda bilan o'ralgan kapsula holati spermatoforalar deb ataladi. Spermatoforalar orqali urchish ham har xil bo'ladi. Ba’zi hayvonlarda spermatoforalar uig'ochi jinsiy yo'liga kiigizib qo'yiladi. Keyin spermatofora pardasi yorilib, spermatozoidlar tuxum yo'liga o'tadi. Urug'lanish jarayonining normal o‘tishi uchun spermatozoidlar jinsiy yo'llarda ancha masofani liarakatlanib bosib o'tislii lozim. Jinsiy hujayralaming yetilib chiqishi bir yilda mavsumiy, bir, ikki marta, har oyli, shuningdek, tartibsiz bo'ladi. Spermatozoid shakllangandan keyin jinsiy yo'llardagi sekretlar bilan aralashib, spcrmani hosil qiladi. Bir marta ajraladigan spermaning hajmi ko'rshapalaklarda 5 ml, qo'chqorlarda 2 ml, yowoyi cho'chqalarda 500 ml bo‘ladi. 1 ml sperma tarkibidagi spcrmatozoidning soni ko'rshapalakda 2 mln, qo'chqorda 2-5 mln, yowoyi cho‘chqada 100.000 tagacha bo'ladi. Erkaklaming bir marta ajraladigan spermasining hajmi 3 ml, 1 ml sperma tarkibida 40-50 mln spermatozoid bo‘ladi. Odam butun hayoti davomida 340.000.000.000.000 ta spermatozoid ishlab chiqaradi. Odam tuxum hujayrasining diametri 130 mm, eng katta tuxum akulalaming bir turida bo'lib, uning diametri 22 sm, tuyaqushda esa 10 sm ni tashkil etadi
Naslsizlik ustida ish olib borgan olimlaming aniqlashicha, urug‘lanish normal o‘tishi uchun jinsiy hujayralar to'liq yetilgan bo'lishi kerak. Bundan tashqari, spermatozoidlaming soni yuqorida ko'rsatilgan sonda bo'lishi kerak. Chunki ana shunday ko‘p sondagi spermatozoidlaming juda oz qismi urug'lanadigan joygacha, ya’ni tuxum yo'ligacha yetib boradi. Masalan, quyonlarda 250-500, odamlarda 700-900 ta spermatozoid tuxum yo‘llarigaclia yetib boradi.
Ichki urug'lanadigan hayvonlarga nisbatan tashqi urug'lanish sodir bo'ladigan hayvonlarda spermatozoid ko'proq yetishib chiqadi. Bu esa jinsiy hujayralaming o'zaro uchrashish imkoniyatini oshiradi.
Urug'lanish jarayoni 3 ta ketma-ket bosqichdan iborat: 1) gametalaming yaqinlashishi; 2) tuxum hujayraning faollashuvi; 3) singamiya. Tuban oiganizmlarda erkaklik va urg'ochilik jinsiy hujayralar deyarli bir xil kattalikda bo'ladi va ular izogametalar deyiladi. Bu gametalar genetik va sitoplazma tuzilishi jihatdan bir xil bo'ladi. Bunday gametalar qo'shilishi urug'lanish emas, balki kopulyasiya deyiladi. Kopulyasiya lotincha kopulyasio - qo'shilish degan ma’noni bildiradi.

Download 399.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling