Industrial iqtisodiyot


Download 131.64 Kb.
bet10/15
Sana17.02.2023
Hajmi131.64 Kb.
#1206312
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Javoblar 3 industrial

Korxonalarning kadrlar siyosatini, garchi yagona javobgar shaxs sifatida ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyatining barcha jabhalari, jumladan, kadrlarni tanlash va joylashtirishda asosiy javobgarlikni korxona derektori o‘z bo‘yniga olsada, faqatgina uning o‘zi amalga oshirmaydi. Bunda direktordan tashqari bo‘lim va xizmat boshliqlari, kadrlar bo‘limi, iqtisodiy va ishlab chiqarish bo‘limi, mehnat va haq to‘lash bo‘limi, texnik bo‘lim va boshqalar ham ishtirok etadi.
Korxonada kadrlar siyosati sog‘lom va mehnat qobiliyatiga ega bo‘lgan jamoani shakllantirish, kadrlarning jinsi va yoshiga ko‘ra tarkibi va malakasi hamda ularning ishlab chiqarishda to‘g‘ri joylashtirilishini hisobga olishdan tashqari, ishlab chiqarish va mehnat sharoitlarining o‘zgarib borishiga o‘z vaqtida e’tibor qaratishi, fan va texnikaning yangi, ilg‘or yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy qilish, xodimlarning mehnat unumdorligini oshirishni rag‘batlantirishi lozim.
“Aholi daromadi va farovonligini oshirish borasida ham sifat jihatidan chuqur o‘zgarishlar yuz bermoqda. Aholining ish haqi va umuman, pul daromadlari barqaror oshib bormoqda, uning xarid qobiliyati muttasil o‘smoqda, fuqarolarimiz iste’mol qiladigan mahsulotlar tarkibining sifati ortmoqda.” 71 Boshqacha qilib aytganda, kadrlar siyosati birinchi o‘rinda, insonning ishlab chiqarish va turmushdagi yangi axloqini shakllantirish, ikkinchidan, novatorlik va yuqori mehnat unumdorligiga mafaatdorligini rivojlantirishi lozim.
60. Demokratiya tamoyiliga ta’rif bering
• insonning o‘z xohish-irodasini erkin bildirish hamda
uni amalga oshirish;
• barcha fukarolarning teng huquqliligi;
• davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustuvorligi;
• davlat va nodavlat idoralarining saylovchilar oldidagi javobgarligi va boshqalar
61. Fan –texnika taraqqiyotining vazifalari nimalardan iborat?
Fan-texnika taraqqiyoti - bu, mehnat vositalarini, ish­lab chiqarishning eng yangi xom ashyosi va materiallarini, yoqilg‘i va energiyaning, texnologik jarayonning, boshqarishning, mehnatni texnik jihatdan qurollantirish va yuqoridagilarning hammasini yangidan yaratishni o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy ish­lab chiqarishda band bo‘lgan ishlovchilarning umumiy ma’lumotini, mahoratini uzluksiz sistematik rivojlantirish va takomillashtirish ham fan-texnika taraqqiyotining mohiyati va ahamiyati bilan chambarchas bog‘liqdir.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida fan-texnika taraqqiyotining uchta asosiy yo‘nalishidan foydalanish mumkin:
a) an’anaviy yo‘nalish;
b) zamonaviy yo‘nalish;
v) istiqbolli, ustuvorlik yo‘nalishlar.
An’anaviy yo‘nalishga elektrlashtirish, mexanizatsiyalash, qisman avtomatlashtirish, kimyolash kiradi.
Zamonaviy yo‘nalishga elektronizatsiyalash, kompleks mexanizatsiyalash, kompleks avtomatlashtirish (robotlashtirish, kompyuterlashtirish), atom energetikasini jadal rivojlantirish, yangi materiallarni ishlab chiqarish va ularga ishlov berish, hozirgi davr talabiga javob beradigan texnologiyalar­ni qo‘llash, undan foydalanishda texnologiyaning ekologiyaga salbiy ta’sirini kamaytirish, imkoni bo‘lsa butunlay yo‘qotish yo‘llari kiradi.
Afzallik, ustuvor yo‘nalishlarga quyidagilar kiradi:
- elektronizatsiyalash, biotexnologiyani keng joriy etish, iqtisodiy informatikani ko‘paytirib, rivojlantirib, ishlab chiqarishni to‘la axborotlashtirish, fundamental fanlar bo‘yicha izlanishlarni kuchaytirish;
- yangi, ilg‘or (progressiv) texnologiyalarni joriy etish;
- texnika va texnologiya, elektr energiyasi va yoqilg‘ilarning, xom ashyo va materiallarning eng yangi turlarini yaratish;
- mavjud mashina va mexanizmlarni, asbob-uskuna hamda jihozlarni modernizatsiyalash.
62. Sifat strategiyasi.
Mahsulot (ish, xizmat) sifati - bu mahsulotning har tomondan foydalanishga mukammal ekanligini belgilovchi xususiyatlar yig‘indisidir.
Mahsulot sifati - bu mahsulotdan ma’lum maqsadda foydalanish uchun uning yaroqlilik darajasi, mahsulotning iqtisodiyot ehtiyojlarini, iste’molchilarning talab va didlarini qondirish qobiliyatidir.
Sanoat mahsulotining sifati tarmoqning, korxona(firma)ning faoliyatini rejalashtirishda va uni aniqlashda qo‘llaniladigan asosiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Unda mehnatni tashkil qilish, uning jihozlanish darajasi, mutaxassislarning malakasi, ishlab chiqarishni boshqarishning holati ifodalanadi. Mahsulot sifati iqtisodiy jihatdan iste’mol qiymatining o‘lchovi va foydalanish darajasi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Mahsulot sifati iqtisodiy kategoriya bo‘lib, ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarning munosabatlarini, sifatli mahsulot ishlab chiqarish, reja topshiriqlarini bajarish hamda mahsulotga baho belgilash bo‘yicha korxonaning davlat bilan munosabatlarini ifoda etadi. Undan tashqari, mahsulot sifati sifatli mahsulot uchun moddiy rag‘batlantirish va sifatsiz mahsulot ishlab chiqarilgani uchun moddiy javobgarlikka tortish bo‘yicha korxonalar o‘rtasidagi munosabatlarni ifodalaydi.
63. Fanning metodikasi
Ilm – fan metodologiyasi va usullari deyilganda, uni bilish va o‘rganish faoliyatining shakllari va usullari majmuasi tushunila­di. Muayyan fan bo‘yicha masalani o‘rtaga tashlash, tadqiqot mavzusi va ilmiy nazariyani shakllantirish, shuningdek, aniqlangan natijaning haqiqiyligi, ya’ni o‘rganilayotgan ob’ektga muvofiqligi jihatidan tekshirish metodologiyani qo‘llashning eng muhim tomoni hisoblanadi. Demak, metodologiya - tadqiqot yoki bilish, anglash yo‘li, voqelikni amaliy va nazariy o‘zlashtirish usullari majmuasidir.
146, 217- savollar

Download 131.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling