Industrial iqtisodiyot


Download 131.64 Kb.
bet13/15
Sana17.02.2023
Hajmi131.64 Kb.
#1206312
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Javoblar 3 industrial

Iqtisodiy samaradorlik samaradorlikka qaraganda bir muncha tor ma’noni anglatadi. U qabul qilinayotgan qarorlarning xo‘jalik yuritishda maqsadga muvofiqligini tavsiflaydi hamda barcha hollarda samaraning unga erishish uchun ketgan xarajatlar(ishlab chiqarish resurslari)ga nisbati sifatida aniqlanadi. Xarajatlar qanchalik kam bo‘lsa (mahsulot sifatiga ta’sir qilmagan holda), samara SHunchalik ortadi, demak, iqtisodiy samaradorlik ham ortadi.
133. Asosiy faoliyat natijasidan foyda olish.
Asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foyda - bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda bilan davr xarajatlari o‘rtasidagi tafovut va plyus asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa daromadlar yoki minus boshqa zararlar ko‘rinishida bo‘ladi:

AFF=YAF-DX+BD-BZ


Bu erda: AFF - asosiy faoliyatdan olingan foyda; DX - davr xarajatlari;
BD - asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar; BZ - asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa zararlar.
135. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning yo’llari
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning juda ko‘p, xilma-xil omillari va asosiy yo‘nalishlari mavjud. Barcha omillar uch belgiga asosan guruhlarga bo‘linishi mumkin: man­ba bo‘yicha, ishlab chiqarishni rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha, omillarning o‘rni va amalga oshirish darajasi bo‘yicha.
Omillarni ishlab chiqarish samaradorligini oshirish manbalari bo‘yicha tasniflash nimalar hisobiga ijtimoiy mehnatni tejashga erishish mumkinligini yoki erishilganligini aniqlashga yordam beradi. SHu nuqtai nazardan asosiy omillarga quyidagilarni kiritish mumkin: mahsulotning mehnat sig‘imi, material sig‘imi, fond sig‘imi hamda kapital mablag‘ talablikni kamaytirish, tabiiy resurslardan ratsional foyda­lanish va vaqtni tejash. Lekin bunday tasniflash talabga javob bermaydi. Bu savollarga javob topish uchun ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning barcha omillarini ish­lab chiqarishni rivojlantirish va takomillashtirishning aso­siy yo‘nalishlari bo‘yicha guruhlash kerak. Ular ijtimoiy mehnatni tejashga qaratilgan texnik, tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy chora-tadbirlar kompleksidan iborat. Bu yo‘nalishlar g‘oyat xilma-xildir. Eng muhimlariga quyidagilar kiradi:
-ishlab chiqarish strukturasini yaxshilash;
-fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, ishlab chiqarish va mahsulotning texnik-iqtisodiy darajasini ko‘tarish, fan va texnika yutuqlarini joriy etish muddatini qisqartirish;
-ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, ixtisoslashtirish, kooperatsiyalash, mahalliylashtirish va hududiy joylashtirish darajasini oshirish;
-boshqarishning strukturasini, moliyalash, baholash va kreditlash hamda rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish;
-inson omilini kuchaytirish asosida mehnatkashlarning ijodiy faolligini va tashabbusini oshirishni yo‘lga qo‘yish.
Sanoat ishlab chiqarishini erkinlashtirish tarmoqda islohotlarni chuqurlashtirish, samaradorlikni oshirishning asosiy yo‘nalishi hisoblanadi.

136. Ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy va qiyosiy samaradorligi


Ishlab chiqarishning umumiy (mutloq) samaradorligi deganda, xarajatlar va resuralarning ayrim turlari bilan solishtirilgan yoki taqqoslangan iqtisodiy samaraning umu­miy miqdori tushuniladi.
Ishlab chiqarishning umumiy samaradorligi xarajatlar va resurslarning ayrim turlaridan foydalanish darajasini aniqlash va baholash uchun qo‘llaniladi va umuman, xalq xo‘jaligi bo‘yicha, tarmoqlar, korxonalar, kapital qurilish ob’ektlari bo‘yicha hisoblab chiqiladi. Bunday samaradorlikni aniq­lash xarajatlar va resurslar samaradorligi darajasini, sa­maradorlikning asosiy yig‘imlarini aks ettiruvchi differensiyalangan ko‘rsatkichlarni hisoblab chiqishga asoslanadi. Bun­day ko‘rsatkichlarga ishlab chiqarishning yoki unda tayyorlanadigan mahsulotning mehnat sig‘imi, material sig‘imi, fond sig‘imi, kapital sig‘imi kiradi.
Mehnat sig‘imi milliy daromad, sof, yalpi, tovar mahsu­lotning yoki natural shaklda ifodalangan mahsulot birligi­ga sarflangan xarajat miqdorini tavsiflaydi.
Mehnat sig‘imining uch turi bo‘ladi: texnologik, to‘la va xalq xo‘jaligi mehnat sig‘imi. Mehnat sarfini hisobga olish jihatiga qarab, u yana uch turga: rejali mehnat, normativ meh­nat va haqiqiy (amaldagi) mehnat sig‘imlariga bo‘linadi.

137,145. Ishlab chiqarish kooperatsiyasi


Kooperatsiya- bu ma’lum mahsulot ishlab chiqarish, ish va xizmat bajarishni birgalikda olib borish bo‘yicha tarmoqlar va ular korxonalarining davomli ishlab chiqarish aloqalari shakllaridan biri.
Kooperatsiyada mahsulot etkazib berish tartibi ishlab chiqarish jarayonida
buyurtmachining ma’lum ishlab chiqarish-texnikaviy topshiriqni bajarishini hisobga olishini talab etadi. Kooperatsiya xom ashyo, yoqilg‘i va standartlashtirilgan yarimfabrikatlar hamda buyurtmalarni etkazib berish bosqichlarini qamragan holda moddiy-texnika ta’minotidan farqlanadi.
Kooperatsiya murakkab mahsulotlarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirishni
tezlashtirish, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni yaxshilash bilan bog‘liq bo‘lgan muhim vazifalarni hal etishga imkoniyat yaratib beradi.

139. Ishlab chiqarish texnologiyasi.


Texnika — bu, eng tor ma’noda mehnat quroli, mehnat vositasi. Keng
ma’noda esa, u ishlab chiqarish vositalari, tex nologiya usullarini, ishlab
chiqarishni tashkil etish va boshqarish shakllarining yig‘insidir. U ishlab
chiqarish kuchlari ning eng faol elementi hisoblanadi.
Texnologiya (yunoncha «technue» — san’at, mahorat, uddalash va ...logos -ta’limot) — ishlab chiqarish jarayonida tayyor mahsulot olish uchun
ishlatiladigan xom ashyo, material yoki yarim fabrikatlarning holati, xossasi va shakllarini o‘zgartirish, ularga ishlov berish, tayyorlash usullari majmuidir.
141. Ishlab chiqarishning samaradorligi
Samaradorlik - bu, foydalilik, natijalilikdir. Ma’lumki, qandaydir natija olish uchun mehnat qilish, ishlash, mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish va ma’lum miqdorda xarajat qilish kerak.
Samaradorlikni aniqlash uchun natijani shu natijaga erishishga sarflangan xarajatlar yoki resurslar bilan taqqoslash kerak. Demak, samaradorlik ishlab chiqarish faoliyati natijalari bilan ularga erishish uchun sarflangan meh­nat, moddiy va moliyaviy resurslarning o‘zaro nisbatidir.
natija natija
S = _________________ = ____________________________________________________________
xarajatlar mehnat, moddiy va moliyaviy resurslar

Ishlab chiqarishning iqtisodiy va ijtimoiy samarador­ligini farqlaydilar. Samaradorlikni iqtisodiy va ijtimoiy turlarga bo‘lish shartli bo‘linish hisoblanadi. Moddiy ish­lab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan va mehnat xarajatlari bilan bog‘liq bo‘lgan natijalarning hammasini iqtiso­diy va ma’lum ma’noda, ijtimoiy samara deb aytish mumkin.


Bu erda: shuni eslatib o‘tish kerakki, iqtisodiy va ijti­moiy tushunchalarning sun’iy bo‘lishi haqida bahslashish mum­kin. Lekin, iqtisod ijtimoiy hayotdan tashqarida bo‘lmagani kabi, ijtimoiy hayot ham iqtisodsiz bo‘lmaydi. Demak, ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. CHunki amalga oshirilgan har bir ish ayni vaqtda ham iqtisodiy, ham ijtimoiy samara keltiradi.
Iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarishning iqtisodiy natijasini ko‘rsatadi. Masalan, mahsulot ishlab chiqarish - boshqaruv, yangi texnika va texnologiyani joriy etish, mehnat sifatini oshirish va hokazolarning natijasi. Iqtisodiy sa­mara - material, mehnat, pul va boshqa resurslarni tejash tufayli erishilgan miqdor.
144. Ixtisoslashuv tushunchasiga ta’rif bering.

Download 131.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling