Industrial iqtisodiyot


Download 131.64 Kb.
bet8/15
Sana17.02.2023
Hajmi131.64 Kb.
#1206312
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
Javoblar 3 industrial

Ish haqi - har bir xodimning sarflagan mehnati miqdori va sifatiga mos ravishda taqsimlanuvchi va xodim tasarrufiga pul shaklida kelib tuSHuvchi milliy daromadning bir qismidir. Ish haqibu mehnat uchun mukofotdir.

50. Bozor iqtisodiyoti sharoitida rejalar tizimi


Ma’lumki, milliy iqtisodiyot, jumladan, Industrial iqtisodiyotni rivojlantirish uchun aniq topshiriqlar, ya’ni xo‘jalik vazifalari va amaliy chora-tadbirlar belgilanadi. Ular reja shaklida namoyon bo‘ladi.
Reja – bu davlat ijtimoiy–iqtisodiy siyosatini, jamoa va shaxs o‘z ishlarini amalga oshirishning asosiy vositasi hisoblanadi. SHu sababli reja va rejalashtirish masalasiga alohida e’tibor beriladi va ularning mohiyati, ahamiyati, mazmuni va vazifalarini chuqur bilish zaruriyati yuzaga keladi.
Reja – bu biror ish, dastur, tadbir va shu kabilarni amalga oshirishning oldindan belgilangan tartibi, loyihasi. Ko‘pincha uni topshiriq deb ham ataydilar.
Ishlab chiqarish rejasi har xil bo‘lishi mumkin. Masalan, ijtimoiy ishlab chiqarish rejasi yoki yagona xalq xo‘jaligi kompleksining, ya’ni mamlakat xalq xo‘jaligi rejasi, milliy iqtisodiyot va uning real tarmog‘i rejasi (sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport va h.k.lar rejasi).
Rejaning bir qancha shakllari mavjud:

  • vaqti va muddatiga qarab har qanday reja soatlik, kunlik, haftalik, o‘n kunlik, bir oylik, bir kvartallik, bir yillik va bir necha yillik bo‘lishi mumkin.

  • rejalashtirishning maqsadi va vazifasiga ko‘ra reja ikki turga: operativ reja va texnik-iqtisodiy rejaga bo‘linadi. Bu rejaning ikkinchi turi o‘z navbatida ikki shaklda, ya’ni joriy (taktik) reja va istiqbolli (strategik) reja shakllarida bo‘ladi.

Reja tuzish va uni ro‘yobga chiqarish, ya’ni reja bajarilishini tashkil etish va nazorat qilish jarayoni “Rejalashtirish“ deb ataladi.

51. Korxonalarda mehnatga haq to’lash tushunchasiga ta’rif bering.


Xodimlar mehnatiga haq to‘lash ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilingan mehnat resurslarining bahosidir. Boshqacha qilib aytganda, ish haqi – bu, mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining korxona xodimlari mehnatiga haq to‘lash uchun sarflanuvchi qismidir.
Ish haqining nominal va real turlari mavjud.

Download 131.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling