Industrial iqtisodiyot


Download 131.64 Kb.
bet4/15
Sana17.02.2023
Hajmi131.64 Kb.
#1206312
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Javoblar 3 industrial

Boshqaruv tamoyillari deganda, rahbarlik qilishning fundamental
qoidalari tushuniladi. Ular iqtisodiy qonunlar harakati va boshqarish usullari bilan bog‘liq bo‘lgan voqeliklarning mohiyatini aks ettiradi.
Boshqarish mexanizmini quyidagicha ta’riflash mumkin:
qonunlar – tamoyillar – usullar – uslublar
Ushbu mexanizmning eng muhim elementi qonun hisoblanadi. Shu
sababli u to‘g‘risida ikki og‘iz so‘z aytish kerak bo‘ladi. Qonun bu obyektiv borliqda turli hodisalar o‘rtasida kishi ongidan va ixtiyoridan tashqari, hamma mavjud bo‘lgan zaruriy bog‘lanish, munosabatdir. Masalan, ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot qonunlari: talab va taklif qonuni, qiymat qonuni va boshqalar.
Qonun – bu davlat hokimiyati tomonidan qabul qilingan, hamma uchun
shu jumladan, sanoat ishlab chiqarishida mehnat qilayotganlar uchun ham
majburiy bo‘lgan ijtimoiy huquqiy me’yor va munosabatlarni belgilovchi
rasmiy hujjat. Masalan, Konstitutsiya O‘zbekiston davlatining asosiy
qonunidir.
Tamoyillarni boshqaruv fani nazariyasi va amaliyotning poydevori
deyish mumkin. Ma’lumki, poydevor qancha mukammal va mustahkam
bo‘lsa, boshqaruv apprati shunchalik qudratli bo‘ladi.
Boshqaruv tamoyillarining shakllanishi chuqur tarixiy ildizga ega.
Xususan, O‘zbekistonda bu tamoyillar Amir Temur hukmronligi davrida
shakllana va rivojlana boshlagan. O‘zining ixcham, tezkor boshqarish
devoniga ega bo‘lgan Markaziy Osiyodagi O‘zbekistondek buyuk davlat:
ilmiy, yakkaxonlik, iyerarxiya (bo‘ysinish tartibi), bilimdonlik, javobgarlik,
demokratiya kabi tamoyillar asosida boshqarilgan.

  1. Bozorni va asosiy raqobatchilarni tahlil qilishda qanday masalalarga asosiy e’tibor qaratish lozim?




  1. Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati.

Asosiy ishlab chiqarish fondlari deb ishlab chiqarish jarayonida uzoq


davr bevosita va bilvosita qatnashadigan, moddiy boyliklar yaratishda
ishtirok etadigan hamda tabiiy shaklini saqlagan holda o‘z qiymatini
tayyorlanayotgan mahsulotga asta-sekin, o‘tkazib boradigan mehnat
vositalariga aytiladi
. Ular ish bajarishda, xizmat ko‘rsatishda va mahsulot ishlab chiqarishda qatnashadilar. Ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun sharoit yaratadilar. Mehnat buyumlari va tayyor mahsulotlarni saqlash va ularni bir o‘rindan ikkinchi o‘ringa tashish kabi ishlarni bajarish uchun
xizmat qiladilar.
Asosiy fondlar ulardan foydalanish maqsadiga ko‘ra ishlab chiqarishda
bevosita va bilvosita qatnashishiga qarab, ishlab chiqarish jarayonida
qatnashadigan va qatnashmaydigan fondlarga ajratiladi.
Ishlab chiqarishda qatnashadigan asosiy fondlarning maqsadi moddiy
boyliklar yaratishda ishtirok etishga qaratilgan bo‘lsa, ishlab chiqarishda
qatnashmaydigan asosiy fondlarning maqsadi xodimlarning moddiy va
madaniy ehtiyojlarini qondirishdan iboratdir.



  1. Ma’naviy eskirish tushunchasi.


Download 131.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling