Industrial iqtisodiyot
Download 131.64 Kb.
|
Javoblar 3 industrial
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bashorat qilishning maqsadi
Prognoz, ya’ni bashorat deganda real obyektning kelajakda bo‘lishimumkin bo‘lgan ahvoli, uni amalga oshirishning alternativ, ya’ni muqobil (mumkin bo‘lgan qarama-qarshi ikki holdan birini tanlab olish zarurati) yo‘llarini va muddati to‘g‘risidagi ilmiy jihatdan asoslangan mulohaza tushuniladi. Qisqacha qilib aytganda, oldindan qilingan xulosadir.
Prognozlash, ya’ni bashorat qilish deganda kelajakni ko‘rish, mo‘ljal qilish va oldindan aytib berish jarayoni tushuniladi. Faqat mavjud dalillar, ma’lumotlar va aniq raqamlar asosida voqea yoki hodisaning qanday bo‘lishi, rivojlanishi va oqibatini oldindan aytib berish, ya’ni bashorat qilish mumkin. Bashorat qilishning bir qancha yo‘llari mavjud bo‘lib, ulardan eng asosiylariga iqtisodiy va ijtimoiy bashorat qilish kiradi. Ularni bir-biridan shartli ajratish mumkin, chunki bashorat qilishning maqsadi va vazifasi bir hodisa yoki voqeaning ham iqtisodiy, ham ijtimoiy jihatlari bilan bog‘liq, bir tanganing ikki tomonidir. Bashorat qilishning maqsadi real obyektning kelajakda fikran o‘ylangan natijasini ta’minlashdan iborat. Hodisa va voqealar fikriy modelining natijasiga erishish. Beshta asosiy tamoyilga ta’rif bering.
Biznes reja va uning bo‘limlari Biznes-reja zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishning muhim vositasidir. Shu sababli uning mohiyatini, ahamiyatini, mazmunini chuqur anglash zarur. Bu masala haqida gap borganda eng avvalo, biznes-reja nima uchun kerak? – degan savol tug‘iladi. Bunday reja eng avvalo, bankir hamda investorlarga zarur. Chunki korxona (firma) o‘z loyihasini amalga oshirish uchun ulardan pul mablag‘larini so‘raydi. Ikkinchidan, biznes-reja korxona (firma) xodimlari uchun kerak. Ular o‘zlarining maqsad, vazifalarini, istiqbolni bilishlari zarur. Uchinchidan, eng asosiysi ishbilarmon, tadbirkor, korxona (firma) rahbari o‘z g‘oyalarini, ularning to‘g‘ri va realligini bilishi kerak. Biznes–rejani tuzishda rahbarning shaxsiy ishtiroki juda zarurdir, shuning uchun ham ko‘pgina xorijiy mamlakatlar banklari, investorlar va boshqa muassasalar agar biznes – rejani boshdan oyoq chetdan, maslahatchi orqali ishlab chiqilib, rahbar unga faqat imzo chekkani ma’lum bo‘lib qolgan taqdirda loyihaga mablag‘ berishdan bosh tortadilar. Bunday reja, odatda, talabgorsiz qoladi. Biznes-rejani tuzib chiqish jarayonida quyidagilarga erishamiz: birinchidan, o‘zimiz boshlayotgan ishni puxta bilishga erishamiz; ikkinchidan, xarajatlarni bilamiz, korxonani yaxshi boshqarishga erishamiz; uchinchidan, o‘z g‘oyamizni boshqariluvchiga tez yetkazamiz va moliyaviy faoliyatimizni reja asosida olib borishga erishamiz. Biznes-reja juda ko‘p bo‘limlardan iborat: 1. Rezyume (xulosa). 2. Korxona (firma) haqidagi ma’lumotlar. 3. Tovar (mahsulot yoki xizmat) turlari. 4. Sotuv bozori. 5. Marketing strategiyasi. 6. Ishlab chiqarish dasturi. 7. Ishlab chiqarishni tashkil etish. 8. Korxonaning tashkiliy-reja shakli. 9. Moliyaviy reja. 10. Loyihaning rentabelligi (foydaliligi, samaradorligi, natijaliligi). Biznes reja tuzishda yoritilishi mumkin bo‘lgan bo‘limlar Biznes-reja zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishning muhim vositasidir. Shu sababli uning mohiyatini, ahamiyatini, mazmunini chuqur anglash zarur. Bu masala haqida gap borganda eng avvalo, biznes-reja nima uchun kerak? – degan savol tug‘iladi. Bunday reja eng avvalo, bankir hamda investorlarga zarur. Chunki korxona (firma) o‘z loyihasini amalga oshirish uchun ulardan pul mablag‘larini so‘raydi. Ikkinchidan, biznes-reja korxona (firma) xodimlari uchun kerak. Ular o‘zlarining maqsad, vazifalarini, istiqbolni bilishlari zarur. Uchinchidan, eng asosiysi ishbilarmon, tadbirkor, korxona (firma) rahbari o‘z g‘oyalarini, ularning to‘g‘ri va realligini bilishi kerak. Biznes–rejani tuzishda rahbarning shaxsiy ishtiroki juda zarurdir, shuning uchun ham ko‘pgina xorijiy mamlakatlar banklari, investorlar va boshqa muassasalar agar biznes – rejani boshdan oyoq chetdan, maslahatchi orqali ishlab chiqilib, rahbar unga faqat imzo chekkani ma’lum bo‘lib qolgan taqdirda loyihaga mablag‘ berishdan bosh tortadilar. Bunday reja, odatda, talabgorsiz qoladi. Biznes-rejada quyidagi narsalar yoritiladigan bo‘limlar bo‘ladi: biznesning maqsadi va asosiy g‘oyasi; korxona (firma) ishlab chiqaradigan mahsulot (xizmat)ning o‘ziga xos xususiyati va ular bilan bozor ehtiyojini qondirish; ayrim bozor segmentlarida firmaning xulq-atvori, strategiyasini belgilash; tashkiliy qoida hamda ishlab chiqarish tarkibiy tuzilishini belgilash (aniqlash); ishning moliyaviy loyihasini shakllantirish (shu jumladan, moliyalashtirish strategiyasi va investitsiyalash bo‘yicha takliflar); firmaning rivojlanish istiqbollari bo‘limlari. Boshqarish jarayonida oldindan ko’ra bilish qanday ahamiyatga ega? Boshqarish jarayonida oldindan ko‘ra bilish nihoyatda katta ahamiyatga ega. Barcha jarayonlarni kuzatib, ularning o‘zgarishiga qarab ishlab chiqarish, ish bajarish yoki xizmat ko‘rsatish boshqarilib turiladi. Masalan, mahsulotga bo‘lgan ehtiyoj, narx-navo, texnika va texnologiyalar o‘zgarishi, ish haqi va ijtimoiy muhofazaning holati ishlab chiqarishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun vaziyatga qarab kerakli o‘zgarishlarni zudlik bilan amalga oshirish kerak bo‘ladi. Boshqarish mexanizmini tashkil etish Download 131.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling