Индустриал иқтисодиёт


Ishlab chiqarish quvvati va ulardan foydalanishni yaxshilash yo`llari


Download 309.05 Kb.
bet62/75
Sana29.01.2023
Hajmi309.05 Kb.
#1137396
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   75
Bog'liq
1 13 темаларLeksiya

5. Ishlab chiqarish quvvati va ulardan foydalanishni yaxshilash yo`llari
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning asosiy yo`llaridan biri mavjud ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni yaxshilashdir. Ulardan samarali foydalanish masalasi ayniqsa, bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida yanada dolzarblashadi. Shuning uchun ham O`zbekistonda ulardan har taraflama unumli foydalanishga alohida etibor berib kelinmoqda.
Ishlab chiqarish quvvatlaridan qanchalik to`la va unumli foydalanilsa, ko`proq mahsulot ishlab chiqariladi, mahsulotning tannarxi kamayadi, korxonaning foydasi va samaradorligi oshadi.
Korxonaning ishlab chiqarish quvvati vaqt birligi ichida belgilangan assortiment va nomenklatura, mavjud dastgohlar, ishlab chiqarish maydonlaridan to`liq foydalanilgan holda mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatini ifodalaydi.
Korxonaning ishlab chiqarish quvvati natura birligida o`lchanadi. Мasalan, metallurgiya sanoatida ishlab chiqarish quvvati tonnada, to`qimachilikda yigirilgan ip tonnada, gazlamalar metrda, avtotraktor tarmoqlarida avtomobillar va traktorlar donalab o`lchanadi.
Ishlab chiqarish quvvati korxonaning texnik darajasi, unumdorligi, kadrlar malakasi, xomashyolarning sifati va mahsulotlarning assortimentiga qarab o`zgara boradi.
Korxonalarda ishlab chiqarish quvvatini hisoblash uchun quyidagi malumotlar bo`lishi lozim:
a) mavjud uskunalar va agregatlarning soniga (tamirlashdagi uskunalar) rejalashtirish davrida yangidan kiritilgan uskunalar qo`shiladi, Lekin jismoniy va tabiiy sharoit tasirida emirilgan uskunalar hisobga kiritilmaydi;
b) korxonalar va tsexlarning ishlab chiqarish maydonlari haqidagi malumot;
v) korxonalarning ish rejimi, yani smenalar soni (tamirlashga to`xtash vaqtisiz), ish vaqti fondi;
g) uskunalar, agregatlarning unumdorlik normasi.
Ishlab chiqarishda turli uskunalardan foydalanish, korxonaning quvvati asosiy texnologik jarayonlarni bajaradigan etakchi tsexlar, bo`linmalar yoki agregatlarning quvvatlariga binoan hisoblanadi.
Тurli korxonalar (birlashmalar)ning ishlab chiqarish quvvatini hisoblashda ularning xususiyatlari inobatga olinadi va quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
Q  Ds  Du  Div,
bu erda,
Q – korxonaning ishlab chiqarish quvvati;
Ds – bir turdagi dastgohlar soni;
Du – vaqt birligidagi bir dona dastgohning unumdorligi;
Div – dastgohlarning ishlash vaqti.
Аyrim tarmoqlarning korxona va tsexlarida yig`uv, quyuv, mebel, konserva ishlab chiqarish quvvati, maydon bo`yicha quyidagi formulaga asosan hisoblanadi:
Q (М  Мn)  (f  Вt),
bu erda,
М – korxonaning yoki tsexning ishlab chiqarish maydoni (kvm);
Мn – norma ish joyiga taalluqli ishlab chiqarish maydoni (kvm);
f – ish joyining yillik rejali ish vaqti fondi (soat);
Вt – mahsulotning mehnat talabchanligi – texnologik vaqt (soatda).
Yil boshida belgilangan ishlab chiqarish quvvati – kirish quvvati, yil oxiridagisi esa chiqish quvvati deyiladi. O`rtacha yillik ishlab chiqarish quvvati quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Kur  Kk  (Kt  P)  12  (Kch  P)  12,
bu erda,
Kk – kirish (rejalashtirilayotgan yil boshidagi) quvvat;
Kt – yil davomida ishga tushirilgan quvvat;
Kch – chiqish (yil oxiridagi) quvvat;
P – rejalashtirilayotgan davrdagi ishlab chiqarish quvvatidan foydalanilmagan oylar soni;
P – rejalashtirilayotgan davrda, ishga tushirilgan ishlab chiqarish quvvatidan foydalanilgan oylar soni.
Аsosiy fondlardan va ishlab chiqarish quvvatidan foydalanishni yaxshilash ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishga, kapital mablag` sarflamay qo`shimcha mahsulot ishlab chiqarishga, mehnat unumdorligi va samaradorlik o`sishiga hamda mahsulot tannarxini kamaytirishga imkon yaratadi. Shuning uchun ham hozirgi sharoitda respublikada ulardan unumli foydalanishga katta etibor berilmoqda.
Sanoat asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvatlari samaradorligini oshirishda korxonalarda texnologik uskunalarning ish smenasini ko`paytirish katta ahamiyatga egadir.
Uskunalardan intensiv foydalanishni yaxshilash uchun korxonaning texnika va texnologiyasini takomillashtirish, mashinalarning ish tezligini oshirish, metall quyishga, ximiyaviy jarayonlarga sarflanadigan vaqtni qisqartirish, shuningdek, kadrlar malakasining texnikaviy saviyasini oshirish, korxonalarni yiriklashtirish, ixtisoslashtirish va hamkorlik asosida mahsulot ishalb chiqarishni tashkil etish zarur.

Download 309.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling