Inersiya kuchi-"u baribir mavjud"MI?


Download 54.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana17.06.2023
Hajmi54.73 Kb.
#1532511
1   2   3   4
Bog'liq
INERSIYA KUCHI

Noinersial sanoq sistema 
 
1. Chelakka 
nisbatan suv-
ning tezlanishi 
yo‘q: 
.
2. Suvga 
yo‘nalishlari 
mos tushuvchi 
ikkita kuch: 
og‘irlik kuchi 
va 
chelakning 
normal reaksiya kuchi ta`sir 
qilmoqda. Lekin bu kuchlar unga 
tezlanish bermayapti, nyutonnig 
ikkinchi qonuni bevosita 
bajarilmayapti. Uning bajarilishi 
uchun og‘irlik kuchi va reaksiya 
kuchiga qarama-qarshi 
yo‘nalgan inersiya kuchi 
(markazdan qochma kuch
ni kiritamiz: 
. Shunda 
. Ikkinchi 
qonun endi bajarilyapti.
3. 
va 
uchun Nyutonning 
uchunchi qonuni inersial sanoq 
sistemalaridagidek bajariladi. 
kuch hech qanday o‘zaro ta’sir 
natijasi emas, shu sabab bu kuch 
uchun uchinchi qonun 
bajarilmaydi.


Yuqorida keltirilgan misollardan ko‘rinib turibdiki, biz barcha jarayonlarni ham ISS, 
ham NSSlarda o‘rganishimiz mumkin. Faqat ba’zi hodisalarni izohlashda inersial, ba’zilari 
uchun esa (masalan, Koriolis kuchi, Fuko mayatnigi) noinersial sanoq sistemalar qulay. 
Bularni uncha yaxshi ajrata olmaslik esa qator xatoliklarga olib keladi. Masalan, ba’zida, 
“avtobus tezlanuvchan harakat qila boshlaganda inersiya kuchi yo‘lovchilarni orqaga, 
tormozlanayotganda esa oldinga itardi” degan fikrlarni eshitish mumkin. Bunda ko‘pincha 
harakat avtobus bilan bog`liq noinersial sanoq sistemaga nisbatan qarab chiqilayotgani 
ta’kidlanmasdan xatolikka yo‘l qo‘yiladi. Yana bir bor eslatib o‘tamiz, inersial kuchlar real 
kuchlardan prinsipial farq qiladi, ular ta’sirlashuv natijasida paydo bo‘lmaydi. Shuning uchun 
ularni soxta kuchlar yoki psevdo kuchlar ham deb atashadi. Xuddi shunday juda ko‘p amaliy 
masalalarda markazdan qochma inersiya kuchi qo‘llaniladi. Hisob-kitoblarda bu kuchlarning 
kelib chiqish sabablari inobatga olinmasdan ularni real kuchlar safiga kiritishadi. 
O‘quvchilar, hattoki ba’zi o‘qituvchilar ham aylanma harakat qilayotgan jismlar harakatini 
tavsiflashda markazdan qochma inersiya kuchidan keng, shu bilan birga noo‘rin 
foydalanishadi. Bu holat afsuski, darsliklarda ham kuzatiladi: 7-sinf darsligida [1] 23- 
mavzuda aylanma harakat qilayotgan sharchada Nyutonning uchunchi qonuni bajarilishi 
uchun unga markazdan qochma kuch ta’siri sun’iy ravishda kiritilgan va bunda quyidagi 
xatolarga yo‘l qo‘yilgan: 
1. Markazdan qochma inersial kuch NSSda paydo bo‘lishi aytilmagan. Ya’ni muallif 
harakatni inersial yoki noinersial sanoq sistemada qarab chiqqanini ko‘rsatmagan. 
2. Ta’sir va aks ta’sir kuchlari bitta jismga ta’sir qiladi deb olingan. Vaholanki, 3-
qonunga ko‘ra o‘zaro ta’sir kuchlari ikkita har xil jismga qo‘yiladi va bu masalada qonun 
mazkazdan qochma kuch ishtirokisiz ham juda yaxshi bajarilmoqda: sharcha va ip o‘zaro 
modul jihatdan teng, yo‘nalishlari qarama-qarshi va bir to‘gri chiziqda yotgan kuchlar bilan 
ta’sirlashishmoqda. (Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz: markazga intilma kuchga modul jihatdan 
teng va real kuch bo‘lgan markazdan qochma kuch sharchaga emas, balki aylanish o‘qiga 
ta’sir qiladi!)
Xuddi shunday xatoliklar darslik [1] da yuqoridagi chelakdagi suv harakati masalasini 
izohlashda, 10-sinf [3] darsligida kosmik kemaga ta’sir qilayotgan kuchlarni tavsiflashda (36-
bet), shuningdek aylana bo‘ylab harakat qiluvchi jismga ta’sir qiluvchi kuchlarni (66-bet) 
tavsiflashda kuzatiladi. Darliklarda mashinani ag‘daruvchi, motosiklchini devorga siqib 
turuvchi va chelakdagi suv og‘irligini muvoznatlovchi real kuch mavjudligi haqida xato 
xulosa qilingan. Akademik litseylar uchun T. Oplachko hammuallifligida chiqarilgan kitobda 
[3] keltirilgan 2.21- chizmada ham shunday kamchilikka yo‘l qo‘yilgan.
Bulardan tashqari darsliklarda 2-misoldagi kabi misollar qarab chiqilganda ikkita turli 
xil tezlanishlar mavjuligi haqida yanglish fikrlar mavjud. [4]-adabiyotda quyidagi tasdiq 
keltirilgan: “Jism Yer atrofida R radiusli aylana bo‘ylab tekis harakatlanganda unga ikkita: 
og‘irlik kuchi tezlanishi g va aylanma harakat normal tezlanishi
ta’sir qiladi”. Kuchlar 
mustaqillik prinsipiga ko‘ra bitta kuch faqat bitta tezlanish bera oladi. Modomiki, jismga 
faqat og‘irlik kuchi ta’sir qilar ekan, u faqat shu kuch ta’sirida tezlanish oladi: 

Bu yerda 
aylana bo‘ylab tekis harakat xarakteridan kelib chiqqan holda 
formula bilan 


ham aniqlanishi mumkin. Bu esa g va
modul jihatdan teng turlicha tezlanishlar emas, 
balki bitta tezlanishning turlicha belgilanishi deganidir. Shu misol analiz qilinganda, gohida 
“Yer atrofida aylanayotgan jismga faqat og‘irlik kuchi ta’sir qilsa, u nimaga Yerga tushib 
ketmaydi?” degan savol tug‘iladi. Mazmunan noto‘g‘ri bo‘lgan bu savolni quyidagicha 
izohlash mumkin: og‘irlik kuchi ta’siridagi harakat bu erkin tushishdir, ammo bu tushish Yer 
atrofida aylanma harakat ko‘rinishiga ega bo‘lib, cheksiz uzoq davom etishi mumkin. Zero 
harakat yo‘nalishi bilan ta’sir qiluvchi kuch yo‘nalishi har doim ham mos kelavermaydi.
Umid qilamizki mualliflar bu bo‘limlarni atroflicha o‘rganib chiqib, lozim tuzatishlarni 
kiritadilar.
Xulosa o‘rnida elementar fizika kursi o‘qitilishida mumkin qadar inersial sanoq 
sistemalaridan foydalanishni maslahat bergan bo‘lar edik. Chunki bu kursda yechiladigan 
barcha masalalarni, o‘rganiladigan barcha fizik jarayonlarni o‘quvchilar real kuchlar 
tushunchasi yordami ortiqcha qiyinchiliksiz o‘zlashtira olishadi.
 
Adabiyot 
1. P.Q. Xabibullayev va b., Fizika: umumiy o‘rta ta’lim 7-sinfi uchun darslik/–T., 2017. 
2. N. Turdiyev va b., Fizika: umumiy o‘rta ta’lim 10-sinfi uchun darslik/–T., 2017.
3. T.M. Oplachko va b., Fizika: Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik/–
T., 2016. 
4. A.G‘. G‘aniyev va b., Fizika: Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik/–
T., 2014.

Download 54.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling