Infin bankning tashkiliy tuzilishi va faoliyatini strategik boshqarishni tashkil etish jarayonlari
Moliyaviy barqarorlik koeffitsientlari tahlili3
Download 250.63 Kb.
|
Hisobot Doniyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Me’yoriy darajasi 1.
Moliyaviy barqarorlik koeffitsientlari tahlili3
Shuni aytish mumkinki, xizmatda ba’zi kamchiliklar yoki nosozliklar tufayli sustlashuv kuzatilmoqda, bu o‘z vaqtida bartaraf etilgan taqdirda qayta o‘sish va gurkirash boshlanadi. Xizmat faoliyat natijaviyligiga baho berishning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri rentabellik ko‘rsatkichi hisoblanadi. 4.Infin bank faoliyatining SWOT va BCG tahlili Xizmatni strategiyasini ishlab chiqish va samaradorligini oshirishda uni oldin har tomonlama tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. Xizmat faoliyati shart-sharoitini baholashning bir nechta usuli mavjud. Eng tarqalgan va tanilganlardan bo’lib SWOT-tahlil (SWOTdan olingan: kuch (strenght), zaif tomon (wrekness), imkoniyatlar (opportunities), havf-xatarlar (threats)) va STEP-tahlil (step dan olingan: ijtimoiy (social), texnik (technical), iqtisodiy (economic), siyosiy (political) omillar) hisoblanadi. SWOT-tahlil asosida tashqi muhit tahlilini o’tkazish uslubini qisqa ko’rib chiqamiz. SWOT-tahlil ikki qismdan iborat: 1) xizmat uchun hozir va kelajakda vujudga kelishi mumkin bo’lgan tashqi imkoniyatlar va xavflar o’rganiladi; 2) xizmatning kuchli va zaif tomonlari o’rganiladi. Bunda xizmat potentsial baholanadi. Xizmatning kuchli (yuqori malaka, kompetentlik, mos texnalogiya, xaridorlarda yaxshi obro’ga ega bo’lishi, xarajatlar, raqobat sohasidagi ustunlik, adekvat moliyaviy resurslar va h.k.) va zaif (aniq strategik yo’nalishlarning yo’qligi, eskirgan uskunalar, tor ishlab chiqarish assortimenti, past marketing imkoniyatlari, bozor va raqiblar xaqida tasavvurga ega bo’lmaslik va h.k.) tomonlari, shuningdek imkoniyatlari (yangi bozorlarga chiqish, ishlab chiqarishni kengaytirish, investitsion fondlarning qiziqishi, iste’mol bozorining tyinmaganligi va h.k.) va havf-hatarlari (yangi raqiblarning paydo bo’lishi, o’rinbosar mahsulot sotuvining o’sishi, xukumatning noqulay siyosati, xaridorlar ehtiyojlari va didlarining o’zgarishi, noqulay demografik, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa o’zgarishlar va h.k.) ning aniq ro’yxati tuzilganidan so’ng ular o’rtasidagi aloqalarni o’rnatish uchun SWOT matritsasi tuziladi. Download 250.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling