Inflyaksiya


Download 484.53 Kb.
bet11/22
Sana06.04.2023
Hajmi484.53 Kb.
#1330713
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Bog'liq
INFLYATSIYA, UNING IQTISODIY VA IJTIMOIY OQIBATLARI

Talab inflyatsiyasi. Inflyatsiyaning bu an`anaviy turi talab oshib ketganda yuzaga keladi. Ishlab chiqarish soxasi aholining talabini to`liq qondira olmaydi, taklifga nisbatan talab oshib ketadi. Natijada tovarlar bahosi o`sadi. Kam miqdordagi tovarlarga ko`p miqdorda pul massasi to`g`ri keladi.Talab inflyatsiyaning vujudga kelishi sabablari quydagicha:

  • davlat qarzlarining o`sishi («defolt»ga olib kelish ehtimoli mavjud) va byudjet defitsitining mavjudligi; xarbiy texnika sotib olish va boshqa xarbiy xarajatlarni qoplash bilan bog`liq bo`lgan jarayonlar;

  • xalq xo`jaligiga ortiqcha kreditlar berish natijasida muomalada kredit bilan bog`liq muomala vositalari yuzaga keladi. Bular tovar va xizmatlarga bo`lgan talabni oshiradi;

  • xalq xo`jaligining etakchi tarmoqlarini keragidan ortiqcha investitsiyalash ham, qo`shimcha pul ekvivalentlarini chiqarishga olib keladi.

  • Xarajatlar inflyatsiyasi. Inflyatsiyaning ushbu turi xom-ashyo va energetik resurslarga bo`lgan xarajatlarning o`sishi tufayli ishlab chiqariladigan mahsulotlar va bajariladigan ishlarning narx-navosini o`sishi natijasida yuzaga chiqadi. Xom-ashyo va energetik resurslarga bo`lgan dunyo narxlarini ko`tarilishi hamda xorijiy valyutaga nisbatan milliy valyuta kursini pasayishi xarajatlar inflyatsiyasining yuzaga chiqishini asosiy sabablari hisoblanadi. Xarajatlar inflyatsiyasida ma`lum bir mahsulotning narx-navosini o`sishi avtomat ravishda boshqa mahsulotlar narx-navoni o`sishiga olib keladi. Masalan, neft` mahsulotlariga bo`lgan dune bahosinig o`sishi natijasida unga bevosita bog`liq mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlar narx-navosi o`sib ketadi. Xarajatlar inflyatsiyasi taklif inflyatsiyasiga o`xshash, lekin bu inflyatsiyada ba`zi xarajatlarning o`sishi aniq olingan mamlakat iqtisodiyotiga bevosita bog`liq bo`lmagan holatlarda yuzagachiqishi mumkin.


Download 484.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling