Inflyatsion targetlash rejimi va uning amalga oshirilishi


Download 21.54 Kb.
Sana29.10.2023
Hajmi21.54 Kb.
#1733019
Bog'liq
pul va banklar


Inflyatsion targetlash rejimi va uning amalga oshirilishi.

Reja:
Kirish


1. Inflatsiyaning maqsadli ko’rsatkichli targeti
2. Inflatsion targetlashning rejimlari
3. Inflatsiyani doimiy targetini belgilash va uni keng jamoatchilikka yetkazish
Xulosa

Inflyatsiyaning maqsadli ko'rsatkichi (targeti)ga erishish uchun pul-kredit siyosati mexanizmlari bosqichma-bosqich ushbu rejimga o'tkazilib, inflyatsiyani pasaytirishda samarali instrument sifatida foydalaniladi.


O'z navbatida, ushbu rejimning qo'llanilishi narxlar barqarorligini ta'minlash orqali o'rta muddatli istiqbolda mustahkam va barqaror iqtisodiy o'sish uchun qo'shimcha sharoitlar yaratishi mumkin.
Shu bilan birga, Markaziy bank inflyatsiya darajasining eng mos maqsad (target)ini aniqlab olib, unga pul-kredit siyosati instrumentlarini qo'llash, iqtisodiy rivojlanishni muntazam tahlil qilish va pul-kredit siyosati rejalarini keng yoritish orqali erishadi.
Markaziy bank inflyatsiyaning erishilishi zarur eng mos maqsad (target)ini (masalan, inflyatsiyaning 5 foizli darajasiga erishish) o'rnatib, ushbu targetni pul-kredit siyosati instrumentlaridan foydalangan holda saqlashi lozim.
Narxlar barqarorligini ta'minlash inflyatsion targetlash rejimiga o'tishda samarali usullardan biri bo'lib, u o'z navbatida, "O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki to'g'risida"gi Qonunga muvofiq, Markaziy bankning bank tizimi va to'lov tizimlari ishlashining barqarorligini ta'minlash singari asosiy maqsadlari qatorida turadi.
Hozirgi kunda inflyatsion targetlash pul-kredit siyosatini olib borishning eng ommabop usullaridan biri bo'lib, ushbu usul jahondagi 40 dan ortiq mamlakatlarda qo'llanilmoqda.

“Target” so'zi ingliz tilidan olingan bo'lib, “maqsad” degan ma'noni anglatadi. Inflyatsion targetlash rejimida inflyatsiyaning maqsadli ko'rsatkichi (target) o'rnatiladi.


Inflyatsiyaning maqsadli ko'rsatkichi (targeti)ga erishish uchun pul-kredit siyosati mexanizmlari bosqichma-bosqich ushbu rejimga o'tkazilib, inflyatsiyani pasaytirishda samarali instrument sifatida foydalaniladi.
O'z navbatida, ushbu rejimning qo'llanilishi narxlar barqarorligini ta'minlash orqali o'rta muddatli istiqbolda mustahkam va barqaror iqtisodiy o'sish uchun qo'shimcha sharoitlar yaratishi mumkin.
Shu bilan birga, Markaziy bank inflyatsiya darajasining eng mos maqsad (target)ini aniqlab olib, unga pul-kredit siyosati instrumentlarini qo'llash, iqtisodiy rivojlanishni muntazam tahlil qilish va pul-kredit siyosati rejalarini keng yoritish orqali erishadi.
Bu rejim o'zining qabul qilingan standartlari va tartiblariga ega. Masalan, makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish tizimidan keng foydalangan holda qaror qabul qilish, suzuvchi valyuta kursidan foydalanish, kommunikatsiyaviy siyosat tamoyillari, valyuta intervensiyasi strategiyasi va boshqalar.
Markaziy bank inflyatsiyaning erishilishi zarur eng mos maqsad (target)ini (masalan, inflyatsiyaning 5 foizli darajasiga erishish) o'rnatib, ushbu targetni pul-kredit siyosati instrumentlaridan foydalangan holda saqlashi lozim.
Narxlar barqarorligini ta'minlash inflyatsion targetlash rejimiga o'tishda samarali usullardan biri bo'lib, u o'z navbatida, "O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki to'g'risida"gi Qonunga muvofiq, Markaziy bankning bank tizimi va to'lov tizimlari ishlashining barqarorligini ta'minlash singari asosiy maqsadlari qatorida turadi.
Nima uchun aksariyat mamlakatlar inflyatsion targetlash rejimini tadbiq etmoqda?
Gap shundaki, past darajadagi va progonoz qilinadigan (barqaror) inflyatsiya mamlakatda barqaror iqtisodiy o'sish uchun juda zaruriy omil hisoblanadi. Binobarin, inflyatsion kutilma tijorat banklari tomonidan kredit ajratishda undagi foiz stavkasiga qo'shiladi hamda yuqori inflyatsion kutilma kredit foiz stavkasining yuqori bo'lishiga olib keladi.

Shunday qilib, tadbirkorlar qarz mablag' (kredit)lardan foydalanganliklari uchun hisoblangan foiz stavkalarining yuqori (yuqori inflyatsiya ta'sirida) bo'lishi, ularni qaytarish bilan bog'liq to'lovlarga ta'sir qiladi.


Agar foiz stavkalari (kredit uchun hisoblangan) yuqori bo'lsa, tadbirkorlar kamroq kredit oladilar. Bu esa ularning investitsiyaviy qobiliyatiga ta'sir etgan holda, uzoq muddatli iqtisodiy o'sishga salbiy ta'sir qiladi. Zero, biz bugun kiritayotgan investitsiyalar - ertangi kunda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan asosiy ishlab chiqarish manbalarini yaratishda muhim vosita bo'lib xizmat qiladi.
Barqaror iqtisodiy o'sish uchun past darajadagi va progonoz qilinadigan (barqaror) inflyatsiya markaziy banklar uchun zaruriy shartlardan biri hisoblanadi.
Shu sababli, past darajadagi va prognoz qilinadigan (barqaror) inflyatsiyani ta'minlash aksariyat markaziy banklar tomonidan ularning uzoq muddatli maqsadi (target) sifatida belgilanadi.
Nima uchun inflyatsion targetlash rejimidan foydalanish kerak?
Inflyatsion targetlash rejimi bir necha makroiqtisodiy maqsadlarga erishish imkonini beradi:
narxlarning keskin oshishi va yuqori inflyatsiyani oldini olish;
pul bozorini shakllantirish, pul bozorini segmentlash sabablarini bartaraf etish;
ichki va tashqi omillarni hisobga olgan holda, aholi va tadbirkorlarning to'lov qobiliyatini qo'llab-quvvatlash hamda moliya sektorining barqarorligini ta'minlash.
Inflyatsion targetlash rejimi qanday amalga oshiriladi?
Inflyatsion targetlash rejimini amalga oshirish uchun, birinchi navbatda, quyidagi shartlar bajarilishi zarur:

inflyatsiyaning doimiy targetini belgilash va uni keng jamoatchilikka yetkazish (inflyatsiya, uning omillari hamda ko'zlangan inflyatsion target haqida aholini muntazam ravishda xabardor qilish)


inflyatsion jarayonlarni boshqarish va pul bozorida foiz stavkalarini tartibga solish maqsadida pul-kredit siyosati bo'yicha instrumentlardan (REPO va valyutaviy svop auksionlari, depozit auksionlari, hamda Markaziy bank obligatsiyalarini joylashtirish bo'yicha auksionlar) keng miqyosda foydalanish;
pul-kredit siyosati sohasida obyektiv qarorlar (xo'jalik yurituvchi subyektlar holatini tahlil qilish: uy xo'jaliklari sohasi, tadbirkorlik sohasi, davlat boshqaruvi sohasi va tashqi dunyo) qabul qilish uchun batafsil makroiqtisodiy tahlil qilish hamda ichki va tashqi bozorlarda mavjud bo'lgan ochiq ma'lumotlarni hisobga olgan holda prognozlash;
pul-kredit siyosati maqsadlari (narxlar barqarorligi, kreditlarning ommabopligi, past darajadagi inflyatsiya, aholining milliy valyutaga bo'lgan ishonchini oshirish va hokazo)ni keng jamoatchilikka yetkazish uchun kommunikatsiyaviy siyosatni takomillashtirish, makroiqtisodiy holatni prognoz qilish imkoniyatini ta'minlash hamda bozor ishtirokchilari ishonchini shakllantirish.
Inflyatsion targetlash rejimida inflyatsiya darajasini ushlab turish uchun pul-kredit siyosatining asosiy instrumentlaridan biri bo'lib, Markaziy bank tomonidan belgilanadigan asosiy stavka hisoblanadi. Markaziy bank asosiy stavkani o'zgartirish orqali tijorat banklari tomonidan omonat va kreditlar bo'yicha taklif etiladigan foiz stavkalariga ta'sir ko'rsatishi mumkin. Bu o'z navbatida, umumiy talab orqali iqtisodiyotdagi narx darajasiga ta'sir ko'rsatadi.
O’zbekistonda inflyatsion targetlash rejimi
Yuqoridagilardan kelib chiqib, inflyatsion targetlash deganda – oldindan belgilanadigan inflyatsiya darajasi (target)ni keng jamoatchilikka e'lon qilish, hamda ushbu ko'rsatkichga erishish va uni saqlab qolish jarayoni tushuniladi.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan inflyatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o’tilayotgan bo'lib, 2023 yilda 5 foiz darajadagi inflyatsion maqsad (target)ga erishish rejalashtirilgan.
Inflyatsion targetlash rejimida inflyatsiya darajasini ushlab turish uchun pul-kredit siyosatining asosiy instrumentlaridan biri bo'lib, Markaziy bank tomonidan belgilanadigan asosiy stavka hisoblanadi.
Markaziy bank asosiy stavkani o'zgartirish orqali tijorat banklari tomonidan omonat va kreditlar bo'yicha taklif etiladigan foiz stavkalariga ta'sir ko'rsatishi mumkin. Bu o'z navbatida, umumiy talab orqali iqtisodiyotdagi narx darajasiga ta'sir ko'rsatadi.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan inflyatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o’tilayotgan bo'lib, 2023 yilda 5 foiz darajadagi inflyatsion maqsad (target)ga erishish rejalashtirilgan.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va uning inflyatsiyaga qarshi kurashdagi asosiy vazifalaridan biri bu Markaziy bank asosiy stavkasi – pul kredit siyosatining asosiy instrumentlaridan biri hisoblanadi. Banklararo pul bozoridagi foiz stavkalari, shuningdek, Markaziy bank tomonidan bank tizimiga likvidlikni taqdim etish bevosita asosiy stavkaga bog'liq.
Asosiy stavka iqtisodiyotdagi foiz stavkalari darajasiga, shuningdek, aholi va biznesning iste'mol va investitsion (sarmoya kiritish) qarorlariga ta'sir ko'rsatgan holda ichki talab va inflyatsiya darajasi o'zgarishida ahamiyat kasb etadi.
Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, asosiy stavka darajasi Markaziy bank boshqaruvi majlislarida pul-kredit siyosati sharoitlari, joriy va kutilayotgan inflyatsiya darajasi hamda makroiqtisodiy holatni inobatga olgan holda belgilanadi. Odatda, agar inflyatsiya darajasi ko'tarilsa, Markaziy bank ham asosiy stavkani ko'taradi.Agar inflyatsiya darajasi pasaysa, bunda Markaziy bank asosiy stavkani pasaytiradi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining monetar siyosatini asosiy vazifalardan biri ham inflyatsiya sur’atlarini pasaytirishdan iborat. Chunki Markaziyy bankning monetar siyosatin to’g’ri olib borilishiga ta’sir qiluvchi omillardan biri bo’lib inflyatsiya hisoblanadi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 22 oktyabrdagi yangi tahrirda qabul qilingan “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘RQ-573-sonli qonuni valyuta munosabatlarini tartibga solishda Markaziy bankga katta erkinlik berilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 11 noyabrdagi yangi tahrirda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank to‘g‘risida”gi O‘RQ-582-sonli qonuni Markaziy bank bosh maqsadini aniq belgilab bergan bo‘lib, bunda uning bosh maqsadi mamlakatda narx barqarorligini ta’minlash ekanligi keltirilgan.
XVF ekspertlarining fikriga ko‘ra, inflyasion targetlashdan pul-kredit siyosatining indikatori sifatida foydalanish uchun ikkita sharoit mavjud bo‘lishi lozim. Birinchidan, Markaziy bank mustaqil pul-kredit siyosatini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. Markaziy bank hukumat maqbul deb hisoblagan inflyasiya darajasiga erishish uchun monetar instrumentlarni erkin tanlash huquqiga ega bo‘lishi lozim. Mamlakatda byudjet-soliq siyosatining talablari pul-kredit siyosatini ishlab chiqishda ustuvor yo‘nalishlar sifatida inobatga olinmasligi lozim. Boshqacha qilib aytganda, mamlakatda «byudjet gegemonligi» tushunchasi mavjud bo‘lmasligi lozim.
Ikkinchidan, inflyasiyaning maqsadli ko‘rsatkichi indikator sifatida tanlab olinishi uchun ish haqining o‘sishi, aholi bandligi darajasi va almashuv kursi bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar belgilanmasligi lozim. Buning sababi shundaki, milliy valyutaning xorijiy valyutaga nisbatan kursining belgilanishi Markaziy bankni, o‘zining pul-kredit siyosatini, ana shu ko‘rsatkichni bajarish uchun moslashtirishga majbur qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, Markaziy bankka inflyasiyaning maqsadli ko‘rsatkichini ta’minlash uchun monetar instrumentlardan erkin va to‘liq foydalanish imkonini bermaydi. Natijada, pul-kredit siyosatining taktik maqsadlarining mazmunida ikki yoqlamalik, qarama-qarshilik yuzaga keladi.
Inflyasion targetlash muvaffaqiyatli qo‘llanilgan davlatlar sifatida Yangi Zelandiya, Kanada, Buyuk Britaniya, Finlandiya, Shvetsiya, Avstraliya va Ispaniya tilga olinadi.
Avstraliya, Finlandiya va Shvetsiyada Markaziy bank inflyasiyaning maqsadli ko‘rsatkichini hukumatning qo‘llab-quvvatlash xususidagi roziligini olmasdan turib e’lon qilgan.
Kanada va Yangi Zelandiyada maqsadli ko‘rsatkichga erishish uchun 18 oylik muddatni belgilangan. Mazkur muddat tugagandan so‘ng, inflyasiyaning darajasini bosqichma-bosqich pasaytirish maqsadida, Yangi Zelandiyada yana 12 oylik, Kanadada – 18 oylik muddat belgilangan.
Belgilangan yangi muddatlar tugagandan so‘ng har ikkala mamlakatda inflyasiyaning maqsadli ko‘rsatkichini ta’minlashga muvaffaq bo‘lindi va har ikkala mamlakatda yana besh yillik davrga inflyasiyaning maqsadli ko‘rsatkichi belgilangan.
Avstraliya, Finlandiyada inflyasiyaning maqsadli ko‘rsatkichi aniq daraja sifatida olingan.
Kanada, Yangi Zelandiya, Shvetsiya, Buyuk Britaniyada inflyasiya bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkich yo‘lakcha sifatida belgilangan.
Rossiya Markaziy banki tomonidan qo‘llanilayotgan inflyasion targetlash rejimida 2017 yilning oxiriga borib, inflyasiyaning yillik darajasini 4 foizga yetkazish maqsadi qo‘yilgan edi. 2016 yilda amalga oshirilgan chora-tadbirlar ushbu maqsadga erishish imkoniyatini yuzaga keltirdi. Ya’ni, 2016 yilning yakuniga kelib, Rossiyada inflyasiyaning yillik darajasi 5,4 foizni tashkil qildi. Holbuki, 2015 yil 31 dekabr holatiga ko‘ra, Rossiyada inflyasiyaning yillik darajasi 12,9% bo‘lgan edi.
2016 yilning iyun oyiga kelib, inflyasiyaning darajasini sezilarli darajada pasaytirishga erishilganligi Rossiya Markaziy bankiga qayta moliyalash stavkasini pasaytirish imkonini berdi.
Rossiyada 2016 yilda inflyasion targetlash samarasini ta’minlagan omillar quyidagilardan iborat:
Tabiiy monopoliyalar mahsulotlari va xizmatlari baholarining past o‘sish sur’atlarini ta’minlanganligi. 2016 yilda mazkur baholarning o‘sish sur’ati 1,3 foizni tashkil etdi.
Milliy valyutaning nominal almashuv kursining barqaror bo‘lganligi (2016 yil davomida 1 AQSh dollarini 64-67 rubl darajasida bo‘lishi ta’minlandi.).
Pul massasining past darajadagi o‘sish sur’atining ta’minlanganligi. 2016 yilda pul massasining o‘sish sur’ati (M2 pul agregati bo‘yicha) 9,2 foizni tashkil etdi. 2015 yilda o‘sish sur’ati 11,5 foizni tashkil etgan edi.
Zaxira fondi mablag‘lari hisobidan davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirish orqali pul bazasining ko‘payishiga yo‘l qo‘yilmaganligi (2015 yilda yo‘l qo‘yilgan edi).
Qozog‘istonda inflyasiyaning maqsadli ko‘rsatkichi o‘rta muddatli davrga mo‘ljallanganligi sababli, ekonometrik tahlil choraklik davrdagi ma’lumotlar tahlili asosida amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, prognozning aniqlik darajasini oshirish uchun aholi o‘rtasida, inflyasion va devalvatsion kutishlarni baholash maqsadida, so‘rovlar o‘tkazilmoqda.
Hozirgi davrda, Qozog‘istonda inflyasion targetlash rejimi qo‘llanilayotganligi sababli milliy valyutaning almashuv kursi bo‘yicha maqsadi ko‘rsatkichlar belgilanmagan. Milliy valyuta-tenge erkin suzish rejimiga ega.
Inflyasion targetlash rejimiga o‘tish O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlantirishning zamonaviy, innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tish bosqichida inflyasiyaga qarshi kurashning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi PQ-3272-sonli “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida pul-kredit siyosatini takomillashtirish bo‘yicha bir qator muhim chora-tadbirlar belgilandi. Xususan, mazkur Qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ichki narxlarning barqarorligini ta’minlashda o‘rta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosati maqsadlariga erishish prinsip va mexanizmlarini xorijiy markaziy banklari tomonidan qo‘llaniladigan inflyasiyaviy targetlash rejimiga o‘tish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 18 noyabrdagi PF-5877-sonli “Inflyasion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o‘tish orqali pul-kredit siyosatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, ilg‘or xorij tajribasiga tayangan holda, inflyasion targetlash rejimini joriy etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Vazirlar Mahkamasining quyidagi yo‘nalishlarga qaratilgan muvofiqlashtirilgan tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish vazifasi qo‘yildi:
– inflyasiyaning nomonetar omillari rolini bosqichma-bosqich pasaytirish, shu jumladan, tariflarni tartibga solishni isloh qilish, iqtisodiyotning real sektorida tarkibiy iqtisodiy islohotlar samaradorligini ta’minlash va ichki bozorni iste’mol tovarlari bilan to‘ldirish;
– Markaziy bankning makroiqtisodiy tahlil va kommunikatsiya siyosati sifatini oshirish;
– regulyatorning kredit bozoriga samarali ta’sir etishini ta’minlab beruvchi, pul bozorini tartibga solishning yangi instrumentlarini joriy etish.
Mazkur Farmonga asosan, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash uchun iqtisodiyotni tartibga solishning bozor mexanizmlari va instrumentlarini qo‘llashni kengaytirish, shuningdek, pul-kredit siyosati samaradorligini tubdan oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki inflyasiya darajasini 2021 yilda 10 foizgacha pasaytirish hamda 2023 yilda 5 foiz darajadagi doimiy inflyasion maqsadni (target) o‘rnatish yo‘li bilan 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab pul-kredit siyosati mexanizmlarini bosqichma-bosqich inflyasion targetlash rejimiga o‘tkazishni ta’minlash talabi qo‘yildi.
Shuningdek, Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Markaziy bankining inflyasiyani pasaytirish va narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha birgalikdagi harakatlari konsepsiyasi tasdiqlandi va ushbu Konsepsiyaga muvofiq, 2020 yilda inflyasiyani pasaytirish va narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» ma’qullandi.
Shunisi ahamiyatliki, Farmonga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan boshlab tijorat banklari tomonidan (milliy valyutada) yangidan beriladigan barcha turdagi kreditlar, shu jumladan davlat dasturlari doirasida ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkalari Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan kam bo‘lmagan darajada belgilanadi (ipotekani kreditlash bo‘yicha davlat dasturlari hamda paxta xom ashyosi va boshoqli don ekinlarini yetishtirish uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga ajratiladigan kreditlar bundan mustasno) va 2021 yil 1 yanvardan, zarur hollarda, foiz xarajatlarining ma’lum bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmlarini joriy etish orqali tijorat banklariga foiz stavkalarini mustaqil belgilash huquqini bergan holda kreditlarni imtiyozli foiz stavkalarida berish amaliyoti bekor qilindi.
Ta’kidlash joizki, mamlakatimiz tarixida birinchi marta davlat byudjeti taqchilligi bo‘yicha me’yoriy talab joriy etildi. Ya’ni, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga fiskal balans taqchilligini 2022 yilda 1,5 foizdan oshmaydigan darajagacha bosqichma-bosqich kamaytirishni ta’minlash vazifasi yuklandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Inflyasion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o‘tish orqali pul-kredit siyosatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmonining yana bir muhim jihati shundaki, unda pul-kredit siyosatini inflyasion targetlash rejimiga moslashtirishning quyidagi yo‘nalishlari o‘z aksini topgan:
– 2020 yilning 1 yanvariga qadar pul bozori foiz stavkalariga ta’sir ko‘rsatuvchi bozor instrumentlari, shu jumladan Markaziy bank obligatsiyalari, overnayt depozitlar, doimiy tusdagi depozit auksionlari, davlat qimmatli qog‘ozlari va xorijiy valyuta garovi ostida kredit auksionlari va overnayt kreditlari;
– 2020 yil davomida foiz va valyuta xatarlarini boshqarishda hosilaviy instrumentlar (svop, opsion va fyucherslar) va tijorat banklarining valyuta kursi shakllanishidagi rolining bosqichma-bosqich oshirib borilishi;
– bir oy muddatda Markaziy bankning banklararo pul bozoriga muntazam intervensiyasi orqali moslashuvchan foiz siyosatini amalga oshirishda asosiy foiz stavkasining foiz koridori mexanizmi;
– 2020 yilning 1 apreliga qadar xalqaro moliya institutlarining texnik ko‘magi hamda ilg‘or xalqaro tajriba asosida ekonometrik modellashtirish instrumentlarini rivojlantirishni nazarda tutuvchi makroiqtisodiy tahlil va prognozlash tizimi;
– ikki oy muddatda Markaziy bank tomonidan iqtisodiyotdagi joriy holat, inflyasion jarayonlarning asosiy omillari va pul-kredit siyosati choralarining o‘z vaqtida yoritilishini ko‘zda tutuvchi kommunikatsion siyosatning zamonaviy tamoyillari;
– inflyasiya va inflyasion kutilmalar omillarini doimiy o‘rganib borish, xalqaro moliya institutlari va boshqa davlatlar markaziy banklari texnik ko‘magini jalb etish orqali ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish.
Xulosa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mamlakat iqtisodiyotida narx barqarorligini ta’minlashda muhim ikki zaruriy shartga e’tibor qaratishi lozim. Bular, birinchidan iqtisodiy o‘sish va inflyasiya darajasi o‘rtasidagi optimal balansga erishish hamda ikkinchidan inflyasiyaning prognoz ko‘rsatkichi bilan uning maqsadli ko‘rsatkichi o‘rtasidagi tavofutni kamaytirishda Markaziy bank pul-kredit siyosati transmission mexanizmi rivojlangan bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Chunki rivojlangan davlatlar tajribasidan foydalangan holda Markaziy bank “arsenal”ida inflyasiyaga yetarlicha ta’sir ko‘rsatadigan transmission mexanizm kanallarini rivojlantirish hayotiy muhim va dolzarb sanaladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. https://finlit.uz/uz/articles/monetary-policy/base-rate/


2. file:///C:/Users/Admin/Downloads/zbekiston-i-tisodiyoti-musta-il- tara-iyotining-mu-im-natizhalari-amda-isti-bolli-y-nalishlari.pdf
3. https://daryo.uz/2017/09/04/yuliy-yusupov-inflyatsiya-nimasi-bilan- zararli-va-unga-qarshi-qanday-kurashish-mumkin
4. https://mineconomy.uz/uz/node/2408 https://finlit.uz/uz/articles/monetary-policy/concept-of-inflation
Download 21.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling