Inflyatsiya: mazmuni, mohiyati va inflyatsiyaga qarshi siyosat


Download 162.03 Kb.
bet4/14
Sana08.01.2022
Hajmi162.03 Kb.
#239229
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Mavzu Inflyatsiya va unga qarshi kurashish yo‘llari

Talab inflyatsiyasi. Inflyatsiyaning bu an'naviy turi talab oshib kеtganda yuzaga kеladi. Ishlab chiqarish sohasi aholining talabini to`la qondira olmaydi, taklifga nisbatan talab oshib kеtadi. Natijada tovarlar bahosi o`sadi. Kam miqdordagi tovarlarga ko`p pul massasi to`g`rikеladi.

Inflyatsiyada nafaqat chakana baxo, balki ulgurji baxo ham oshib boradi. G‘arb mamlakatlarida inflyatsiyaning asosiy ko‘rsatkichi qilib chakana baxolarning o‘zgarishi (oshishi) qabul qilingan. Agar ma‘lum davrda baxolar ikki marta oshsa, pul ham ikkimarta qadrsizlangan deb hisoblanadi. Chakana baxolar o‘sishini hisoblash maxsus davlat organlari tomonidan aniqlanadigan baxolar indeksiga asoslanadi. Baxolar indeksini hisoblashning boshlang‘ich nuqtasi sifatida (yuz foiz deb) bazis yili olinadi va joriy yilda baxolar o‘zgarishi, o‘rtacha yillik o‘sish sur‘ati hisoblanishi mumkin. Baxolar indeksi bu joriy yildagi tovarlar va xizmatlar baxosi yig‘indisi, ya‘ni tovarlar bozor savati baxosining shu tovar va xizmatlarning bazis yildagi umumiy baxosi, ya‘ni bozor savati baxosiga nisbati sifatida aniqlanishi mumkin. Yuqoridagi fikrni quyidagi formula orqali ifoda qilishmumkin.


Bunda


𝐵𝐼𝑗𝑜𝑟𝑖𝑦

=𝐵𝑆𝑗𝑜𝑟𝑖𝑦

𝐵𝑆𝑏𝑎𝑧𝑖𝑠

𝐵𝐼𝑗𝑜𝑟𝑖𝑦-joriyyilda baxolarindeksi

𝐵𝑆𝑏𝑎𝑧𝑖𝑠- bazisyildagibozor savatibaxosi



𝐵𝑆𝑗𝑜𝑟𝑖𝑦- joriy yildagi bozor savatibaxosi

Baxolar indeksini hisoblashda iste‘mol tovarlar baxosining indeksi katta ahamiyatga ega. Baxolar indeksi turliusullarda baxolar darajasini solishtirishga imkon beradi. Joriy yildagi baxolar indeksi bazis yildagi baxolar indeksiga nisbatanoshishi- inflyatsiya deb nomlansa, ― Baxolar darajasining oshishi‖dan, baxolar indeksining kamayishideflyatsiya ya‘ni baxolardarajasiningkamayishidan dalolatberadi.

Aytaylik, bazis davr 2010- yil bo‘lsin (baxolar darajasi 100% deb olamiz) va 2015 –yilda baxo darajasi 400. Demak 2010-2015- yillarda baxolar 4 marta yoki 300% ga oshgan, yoki 2010- yilda biror Tovar 100 so‘m bo‘lsa, 2015-yilda shu tovar 400 so‘mturadi.

Iste‘mol tovarlar baxosi indeksidan tashqari ba‘zi guruh tovarlar va xizmatlar, masalan: oyoq kiyimlar, transport, uy-joy xizmatlari va boshqalar bo‘yicha baxolar indekslarini hisoblash mumkin. Baxolar indeksiga asoslanib, inflyatsiya sur‘atlarini aniqlash mumkin. Buning uchun joriy yil baxolar indeksidan bazis davr baxolar indeksini chegirib, bazis davr indeksiga bo‘lamiz.

Masalan, 2005- yilda iste‘mol tovarlarning baxo indeksi 110, 2007 –yilda

140 bo‘lsa, 2007-yilda inflyatsiya sur‘ati quydagicha aniqlanadi.



Inflyatsiya darajasi =140−110

110


×100 = 27.27%

Demak,2007-yilda inflyatsiyaning o‘sish sur‘atlari taxminan 27.3% teng bo‘lgan.Inflyatsiyaning o‘sish sur‘atlari to‘g‘risida gapirganda, uning rivojlanishining boshqa yo‘li ham mavjud. Bu usul << 70 lar qoidasi>> deb ataladi. Agar haryillik inflyatsiya darajasi ma‘lumbo‘lsa,baxolar ikki marta oshishi uchun necha yil kerak ekanligini aniqlash mumkin. Buning uchun 70ni har yilgi inflyatsiyadarajasiga bo‘lish kerak. Masalan, inflyatsiyaning har yillik darajasi 5% bo‘lsa, baxolar darajasi14 yildan keyinikki marta oshishikerak. Agar har yillik inflyatsiya darajasi 20% bo‘lsa, baxolar darajasi 3 yildan keyin ikki marta oshishikerak.

Iste‘mol narxlar indeksidan tashqari inflytsiyni hisoblashning boshqa usullari ham mavjud.

Ishlab chiqaruvchlar indeksi (Producer Price Index)-ishlab chiqarishni yetkazish, soliq va boshqaqo‘shimcha ustamalarsiz sofo‘z qiymatida ifodalanishini bildiradi, PPIning ko‘rsatkichi vaqt jihatdan CPI ko‘rsatkichidan oldinroqbo‘ladi.

Yashash xarajatlari indeksi (Cost-of-living Index, COLI)-daromad va xarjatlarning o‘sishini hisobg olgan holda inflyatsiyani hisoblashusulidir.

YAIM deflyatori (GDP deflator)-bir xil turdagi tovarlar guruhinarxlarini

o‘zgarishi orqali inflyatsiya darajasini hisoblash usuli.

Paashe indeksi-joriy yildagi iste‘mol xarajatlarining o‘tgan yilda huddi shu assortimentdagi maxsulotlarni olish uchun ketgan xarajatlar summasi nisbatini ifodalaydi.

Shuni ta‘kidlash kerakki, bu usul hamma vaqt ham masalan inflyatsiyaning o‘sish sur‘atlari yuqori (har kuni, oyda o‘zgarib boradigan ) bo‘lsa, qulay hisoblanmaydi. << 70 lar qoidasi >> aholi jamg‘armalarining, real yoki milliy maxsulot hajmining ikki marta oshishi uchun necha yil kerak ekanligini to‘g‘ri aniqlab berishga imkonberadi.




Download 162.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling