Inflyatsiyaning mazmun, mohiyati va uning keltirib chiqaruvchi omillar 2 Inflyatsiya ko’rinishlari


O’zbekistonda 2023-yildagi inflatsiya ko’rsatgichlari va ularning iqtisodiyotga ta’siri


Download 269.67 Kb.
bet8/12
Sana15.06.2023
Hajmi269.67 Kb.
#1486654
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Kurs ishi imflatsiya

2.2 O’zbekistonda 2023-yildagi inflatsiya ko’rsatgichlari va ularning iqtisodiyotga ta’siri
2022-yilda O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi 12,3%ni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasining matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, iste’mol narxlari indeksi Markaziy bank tomonidan prognoz qilingan 12−12,5%ga mos keladi.
Bunga mavjud inflyatsion jarayonlar, pul-kredit sharoitlari, import inflyatsiyasi ta’sirining saqlanib qolishi va yuqori noaniqliklar sharoiti ta’sir qilishi ta’kidlangandi.
O‘tgan yilning dekabr oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 1,2%ga oshdi. Bu ko‘rsatkich 2021-yilning dekabr oyida ham mos raqamlarni qayd etgandi. Taqqoslash uchun, 2020-yilning dekabr oyida bu ko‘rsatkich 1,5%ni, 2019-yil dekabrida 1,6%ni tashkil qilgan.
O‘tgan yilning dekabr oyida narxlar va tariflar o‘sishida yetakchi o‘rinlarni oziq-ovqat mahsulotlari egalladi hamda ularning narxlari o‘rtacha 1,7%ga oshdi.
Shuningdek, nooziq-ovqat tovarlari narxlari 0,8%ga va aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish 1,1%ga oshgan.
Yil boshida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar ko‘rsatkichi o‘rtacha 0,9%ga qimmatlashgandi. Noyabr oyiga kelib esa ko‘rsatkich 1,3%ni tashkil etdi.
Bundan tashqari, 2022-yil boshida yillik o‘sishda iste’mol narxlari indeksi darajasi 9,8%ga yetgandi. Regulyator 2023-yil uchun bazaviy ssenariy doirasida 8,5−9,5%gacha pasayishni prognoz qildi.
Ekspertlar fikricha, O‘zbekistondagi inflyatsiyaga ta’sir qiluvchi asosiy omillardan biri savdo hamkori bo’lgan mamlakatlardagi inflyatsiya hisoblanadi. Negaki import inflatsiyasining o‘sishi asosiy inflatsiyaning taxminan 38%ni ifodalaydi.
Qolaversa, aholining kelgusi 12 oy uchun inflyatsion kutilmalari 15,3%ni, tadbirkorlarniki esa 14,3%ni tashkil etdi.
Markaziy bank 2023 yil oxirigacha mamlakat iqtisodiyoti 4,5−5% darajasida o‘sishini prognoz qilmoqda. Kutilayotgan inflyatsiya darajasi esa 8,5−9,5% bo‘ladi. Bu yil pul-kredit siyosatining ta’sir doirasi bazaviy inflyatsiyaning o‘sish dinamikasi hamda tashqi iqtisodiy sharoitlardagi xatarlar sabab qisqarishi mumkin.
2023 yil yakunida O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishi 4,5−5 foizga va yillik inflyatsiya 8,5−9,5 foiz doirasida shakllanishi prognoz qilinmoqda. Bu haqda Markaziy bank boshqaruv yig‘ilishi qarori bo‘yicha press-relizda keltirilgan.
Makroiqtisodiy rivojlanish prognozlariga ko‘ra, I chorakda YAIM o‘sishining ma’lum darajada sekinlashishi bo‘yicha ehtimollik yuqori ekani qayd etildi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, bir tomondan bazaviy inflyatsiyaning o‘suvchi dinamikasi va iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar darajasi, ikkinchi tomondan, tashqi iqtisodiy sharoitlar va taklif omillaridagi xatarlar pul-kredit siyosati ta’sir doirasini qisqartirishi mumkin.
O‘zbekistonda 2022 yil davomida bazaviy inflatsiya 12,3 foiz deya qayd etildi. Rasmiy statistikaga ko‘ra, yil davomida oziq-ovqat mahsulotlari 15,6 foizga, nooziq-ovqatlar 10,7 foizga, xizmatlar narxi 8,4 foizga qimmatlagan. Hukumat narxlarning o‘sishi keyingi yili ham 12 foiz atrofida bo‘ladi deb hisoblamoqda.
O‘zbekistonda 2022 yil davomida iste’mol sektoridagi narxlarning o‘sish sur’ati 12,3 foizga yetdi. Bu haqda Statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Taqqoslash uchun, qo‘mita 2021 yilgi rasmiy inflatsiyani 9,98 foizga, 2020 yilda esa 11,1 foizga baholagandi.
Statqo‘m 2022 yil dekabr oyidagi inflatsiya 1,2 foiz bo‘lganini qayd etgan. Iqtisodchi Otabek Bakirovning yozishicha, dekabrdagi rasmiy oylik inflatsiya – 2016 yildan buyon kuzatilgan eng past ko‘rsatkichga tushgan.
Dekabrda oziq-ovqat mahsulotlari narxi o‘rtacha 1,7 foizga oshgan. Nooziq-ovqat mahsulotlari 0,8 foizga, xizmatlar 1,1 foizga qimmatlashgan.
Oy davomida piyoz 9,9 foiz, tuxum 5,2 foiz, sabzi 3,7 foiz, kartoshka 2,4 foiz, sut 2,4 foizga qimmatlagan. Ijara narxdarining o‘sishi 0,5 foiz bo‘lgani qayd etilgan.
Yil davomida esa oziq-ovqatlar narxi 15,6 foizga, nooziq-ovqatlar narxi 10,7 foizga, xizmatlar narxi 8,4 foizga oshgan.


o‘tgan oyga nisbatan (%)

o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan (%)

Aprel 2023

0,8

11,0

Mart 2023

1,0

11,7

Fevral 2023

0,5

12,2

Yanvar 2023

0,8

12,2

Dekabr 2022

1,2

12,3

Noyabr 2022

1,3

12,3

Oktabr 2022

1,2

12,2

Sentabr 2022

1,0

12,2

Avgust 2022

0,5

12,3

Iyul 2022

-0,1

12,3

Iyun 2022

0,9

12,2

May 2022

1,0

11,0

Aprel 2022

1,5

10,4

Mart 2022

1,5

10,5

Fevral 2022

0,5

9,7

Yanvar 2022

0,9

9,8


Download 269.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling