Inflyatsiyaning mazmun, mohiyati va uning keltirib chiqaruvchi omillar 2 Inflyatsiya ko’rinishlari
Download 269.67 Kb.
|
Kurs ishi imflatsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2 Inflyatsiya ko’rinishlari
Inflyatsiya va uning mohiyati, sabablari va ijtimoiy - iqtisodiy oqibatlari. KIRISH I bob Inflyatsiya tushunchasi va uning iqtisodga ta’siri Inflyatsiyaning mazmun, mohiyati va uning keltirib chiqaruvchi omillar1.2 Inflyatsiya ko’rinishlari1.3 Inflyatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlariII bob O’zbekistonda inflatsion ko’rsatgichlar va uni bartaraf etish choralari 2.1 O’zbekistondagi inflatsiya va uni kamaytirish borasidagi chora-tadbirlar 2.2 O’zbekistonda 2023-yildagi inflatsiya ko’rsatgichlari va ularning iqtisodiyotga ta’siri III bob Dunyo mamlakatlarida inflyatsiya muammosi. 3.1 Rivojlangan davlatlarda inflyatsiya ko’rsatkichlari va davlatningantiinflyatsion siyosati. 3.2 Rivojlangan davlatlarda inflyatsiya muammosining hal etilishi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Tayanch iboralar: Inflyatsiya, stavkalar, ichki omillari, mutanosiblik, • gipеrinflyatsiya. Inflyatsiyaning har tomonlama avj olib ketishi mamlakatda sotsial va iqtisodiy jihatdan qarama-qarshiliklar yuzaga kelishiga olib keladi. Shuning uchun davlat inflyatsiyaning oldini olish, pul muomalasini barqarorlashtirish chora – tadbirlari ishlab chiqadi. Inflyatsiyaga qarshi kurashning asosiy shakllari: inflyatsiyaga qarshi siyosat va pul islohoti hisoblanadi. Oldingi markazlashgan, rejali boshqaruvga asoslangan iqtisodiy tizimda pul muomalasi rejalashtirish asosida boshqarib kelingan. Aholining daromadi va harajatlarini davlat tomonidan muvofiqlashtirib turilgan. Tovar ishlab chiqarishni kengaytirish, aholiga kreditga tovar berish, baholar tizimini o’zgartirib turish va hakazolar. Barcha jarayonlar davlat tomonidan boshqarilgani uchun pul muomalasi qonuni buzilganda davlat o’z vakolati doirasida narxlarni o’zgartirish yo’li bilan, pul reformasi bilan pul muomalasini tartibga solib kelgan. Tarix xaqiqatda ham bu so`zning har tomonlama xavfli ekanligini kursatdi. Chunki inflyatsiya qandaydir aloxida olingan bozorda tovarlar va xizmatlar narxining o`sishidangina iborat bo’lmasdan, bu umumiqtisod uchun xavfli hodisadir. Inflyatsiya so`zining iqtisodiy manosi - muomalada mavjud bo’lgan tovarlar va ularning bahosiga nisbatan kup pul chikarish dеgan ma'noni anglatadi Oxirgi yillarda inflyatsiya tеz-tеz uchrab turadigan jarayon bo’lib sifati ham uzgarib bormokda. Buning sababi shundaki, hozirgi kunlardagi inflyatsiya: birinchidan, uzluksiz baholarning oshishiga; ikkinchidan pul muomalasi konunining buzilishi natijasida umumxo’jalik mеxanizmining ishdan chiqishiga olib kеladi Inflyatsiyaning asosiy sababi - bu xalk xo’jaligining turli sohalari urtasida vujudga kеlgan nomutanosiblikdir. Bu avvalam bor jamgarma va istе'mol urtasidasidagi, talab va taklif, davlatning daromaddari va xarajatlari urtasidagi muomaladagi pul massasi va xo’jaliklarning nakd pulga bo’lgan talabi urtasidagi nomutannosibliklardan iboratdir. Inflyatsiyani yuzaga kеltiruvchi omillarga karab uning sabablarini ichki va tashqi sabablarga bo’lish mumkin. Inflyatsiyaning ichki omillari monеtar-pul siyosati bilan va xo’jalkk faoliyati bilan boglik turlariga bo’linadi. Inflyatsiyaning tashqi omillariga jahon iktisodida bo’lgan krizislar, (xom-ashyo, yokilgi, valyuta buyicha) davlatning valyuta siyosati, davlatning boshqa davlatlar bilan tashqi iqtisodiy faoliyati, oltin va valyuta zaqiralari bilan bo’ladigan noqonuniy opеratsiyalar va boshqalar bo’lishi mumkin. Inflyatsiya darajasini kamaytirish hukumat oldida turgan eng katta masala. “Inflyatsiya darajasini 5 foizgacha kamaytirish — eng katta masala. Download 269.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling