Informatika asoslari fanidan


WordPress saytiga foydalanuvchilarning kirishi


Download 1.38 Mb.
bet2/7
Sana13.02.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1195896
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
WordPressda maqsadga yo’naltrilgan veb-sayt yaratish

WordPress saytiga foydalanuvchilarning kirishi


WordPress asosida ishlaydigan saytga kirish uchun saytning asosiy domenidan keyin /wp-admin so’zini yozish talab etiladi. Masalan, sayt domeni www.maktablar.uz bo’lsa, kirish formasiga o’tish uchun www.maktablar.uz/wp-admin manziliga murojaat qilish kerak. Bu holatda quyidagi ko’rinishga ega bo’lgan login formani o’z ichiga oluvchi sahifa ochiladi:


Ushbu formaga foydalanuvchi o’z login va parolini yozadi hamda saytning foydalanuvchilar uchun mo’jallangan bo’limiga o’tadi. Bundan tashqari ushbu sahifada yo’qotilgan/unutilgan parollarni tiklash uchun link bor. U orqali parolni ro’yxatdan o’tish vaqtida ko’rsatilgan emailga yuboriladigan maxsus ko’rsatmalar yordamida tiklab olish mumkin. Oyna orqali login va kalit so’zni kiritgach quyidagi oyna ochiladi.

WordPress konsolidagi foydalanuvchi faqat unga berilgan imtiyozlar bilan ta’minlangan bo’limlarga kirish huquqiga ega.
Oynaning o’ng tarafdagi qulay ochiladigan menyuga etibor bersangiz unda tezkor yoki tezkor o’tish imkonini beradi. Har bir sahifada, menyu turli xil
xususiyatlar to’plamlarini o’z ichiga oladi, masalan: Yozuvlar (Записи) sahifasida, menyu quyidagi kabi ko’rinadi:

Ekranni o’ng tomonida yana ikkita parametr mavjud bo’lib, ular ekran sozlamalari (Настройка экрана) va yordam (Помощь). Saytda sahifalar yaratishdan oldin sahifa qaysi formatda bo’lishi kerakgini aniqlash lozim.
Yozuvlar (Записи) - yangiliklar va axborotlar kiritish uchun foydalaniladi. Yozuvlarga tasvirlar, videolar qo’shish mumkin. Yozuvlar nashr etilgan (Публикации) vaqtda maqolaning muallifi, sharhlar va boshqalarni o’z ichiga oladi.
Sahifalar (Страницы) - saytning sahifalarini tashkil qilish uchun mo’ljallangan.

Sahifalar (Страницы)


Sahifani qo’shish uchun kursorni konsolning sahifa (Страницы) havolaga keltiring va Yangisini qo’shish (Добавить новую) tugmasini bosing.

Maxsus muharrir oynasining ikkita versiyasi ochiladi: HTML va Visual. Tahrirlash oynasida media fayllari va boshqa narsalar qo’shish uchun kontent qo’shiladi va tahrirlanadi. Shuningdek, sahifaning o’ng sohasida ildiz sahifa yoki sahifa opsiyasini tanlash mumkin.



Ildiz sahifasini tanlab olish, saytning menyusini ochiladigan menyu tashkil qilish imkonini beradi.



Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling