Informatika asoslari fanidan


Blogga yangi plagin (плагин) lar va vidjet (виджет) lar qo’shish


Download 1.38 Mb.
bet4/7
Sana13.02.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1195896
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
WordPressda maqsadga yo’naltrilgan veb-sayt yaratish

Blogga yangi plagin (плагин) lar va vidjet (виджет) lar qo’shish


Eslatma: Blokka boshqa plagin o’rnatish tavsiya etilmaydi, chunki plagin o’rnatish saytni buzilishiga yoki ma’lumotlarni yo’qotilishiga olib kelishi mumkin. Ro’yxatda bo’lmagan yangi vidjetni o’rnatish uchun maxsus plaginlardan foydalash mumkin. Maxsus plagin o’rnatilgandan so’ng, yangi vidjetlar taqdim
etiladi.

Murojaatlar (Ссылки)


Murojaatlar orqali saytdagi tashqi va ichki resurslarga kiritish mumkin bo’ladi. Murojaatlar orqali do’stlar, tanishlar va shunga o’xshash manbalardagi sahifalar bilan bog’lanish mumkin.

Sharhlar (Комментарии)



Sharhlar orqali ro’yxatdan o’tgan yoki yashirin foydalanuvchilar tomonidan sayt haqida yoki boshqa turli fikrlar qoldirilishi mumkin. Fikrlarni tasdiqlash, spam sifatida belgilash, rad etish yoki o’chirish mumkin.

Plaginlar (плагин)


Plaginni internet orqali yuklab olinib, yaratilayatgan web-saytga o’rnatiladi. Plaginga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish uchun u aktiv holatda bo’lishi ta’lab qilinadi. Bundan tashqari plaginning chiqish kodini ham o’zgartirish mumkin. Agar chiqish kodi buzilsa yoki noto’g’ri o’zgartirish kiritilsa plagin aktiv holatda aktivlashmagan holatga o’tadi.

2. WordPress tizimining matn muharriri


Saytning asosi hisoblangan ma’lumotlarni kiritishda biz matn muharriri (Editor) dan foydalanamiz. WordPressda huddi Microsoft Word dasturida bo’lgani kabi juda tushunarli va oson foydalaniladigan matn muharriri interfeysi mavjud. WordPressda yangi ma’lumot (maqola) kiritish uchun asosiy admin panelining chap qismidagi menyudan Maqolalar (Posts) -> Yangi qo’shish (Add new) bandini tanlashimiz kerak.
Yangi maqola kiritish bandiga kirgandan so’ng matn muharriri ko’rsatiladi.
Uning ko’rinishi quyidagiga o’xshash bo’ladi:

Muharrirning eng asosiy foydalaniladigan qismlari quyidagi rasmda keltirilgan:


  1. Yozilayotgan maqola, yoki kiritilayotgan ma’lumotning sarlavhasi yoziladi. Maqola sarlavhasini 55 ta belgidan oshirilmasligi ma’qul. Chunki sayt ma’lumotlari qidiruv mashinalari natijalarida ko’rsatilganda 55 ta belgidan ortiq bo’lgan yozuvlarning ortiqchasi kesib tashlanadi va qidiruv natijalarida maqola sarlavhasi to’liq bo’lmay, tushunarsiz holatga kelib qoladi.


Ko’rinib turganidek, birinchi ikki natijaning sarlavhasi 55 belgidan oshib ketganligi sababli oxirida … bilan kesib tashlangan (ular qizil chiziq bilan ko’rsatilgan). 55 ta belgidan kam bo’lgan sarlavhalar esa natijalar ro’yxatida to’liqligicha ko’rsatilgan (yashil bilan belgilangan).



  1. Yuqorida yoziladigan sarlavhaning brauzerlar manzil qatorida ko’rsatiladigan, maqola sahifasiga yo’l boshlovchi link sifatida ishlatiladigan ekvivalenti yoziladi. Boshqacha qilib aytganda, maqola sarlavhasi yozilganda, WordPress avtomatik tarzda maqola sarlavhasini o’ziga “permalink” yoki “slug” deb ataluvchi maqola linki sifatida nusxalab oladi. Permalink yoki slug deb ataluvchi bu link qidiruvda maqola natijalari yaxshiroq chiqishida muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari premalinklar maqola linkini ochmasdanoq uning nima haqida ekanligini bilib olishda yordam beradi. Tushunarsiz belgili permalinklarga nisbatan odamlar o’qiy oladigan, yozuvli permalinklar chiroyli va tartibli hisoblanadi. Solishtirib ko’rilsa: 1) http://azamat.uz/yangi-maqola-linki-haqida/ va

2) http://azamat.uz/5156/p=532 . Bu ikki link ham bir xil ishlab, bir xil sahifani ochishiga qaramasdan, birinchi yaxshiroq ko’rinadi, yaxshiroq o’qiladi va qidiruvda
kimdir “Maqola linki haqida” deb qidirsa, natijalar ichida chiqishiga imkoniyat ko’proq bo’ladi.

  1. Bu bo’lim orqali maqolaga rasm, video, audio, PDF yoki istalgan boshqa bir turdagi faylni biriktirishimiz mumkin. Ushbu tugma WordPressning fayllar kutubxonasini ochib beradi. Unga fayl yuklash, undagi fayllarni ko’rish, maqolaga kiritish mumkin. Bu tugma faqat saytning o’z fayllarini ko’rishga yordam beradi. Ya’ni, bu tugmani bosish orqali kompyuterdagi rasm, audio kabi fayllarni sayt fayllar kutubxonasiga yuklash yoki kutubxonada mavjud bo’lgan fayllardan tanlab maqolaga qo’yish mumkin. Ammo boshqa saytlardagi rasm yoki boshqa fayllarni maqolaga joylash uchun bu tugmadan foydalana bo’lmaydi. Buning uchun “hotlink” qilish yoki kerak bo’lgan faylga to’g’ridan-to’g’ri bog’lanish kerak bo’ladi.

  2. Microsoft Word dasturida ushbu belgilar qanday vazifani bajarsa, bu yerda ham huddi shu vazifada ishlatiladi.

  3. Belgilangan matnni turli formatda ko’rsatish imkoni berilgan.

  4. Bu yorliqlar turli shablonlarda turli xil bo’ladi. Masalan, yuqoridagi rasmda ko’rsatilgan yorliqlar Jarida shablonini o’rnatish orqali ko’rsatilgan. Bunda Jarida uchun xos bo’lgan funksiyalar yorliqlari berilgan.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling