Informatika asoslari fanidan


Maxsus galereya bilan ishlash


Download 1.38 Mb.
bet5/7
Sana13.02.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1195896
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
WordPressda maqsadga yo’naltrilgan veb-sayt yaratish

3. Maxsus galereya bilan ishlash


Pluginning boshqaruv sozlamalari menejerida o’z sozlamalar oynasi mavjud. U pastki qismida joylashgan. (Gallery)



Add/Gallery sahifaga o’ting va Image Add New Gallery yorlig’ini bosing. Bu oynaga Gallery uchun nom beriladi.
Eslatma: Galereyaga nom berishda ruscha harflardan foydalanilmaydi. Ushbu galereya nima haqida ekanligini aniqlab, shunga mos nom berish lozim. Bu esa galereya nomi yodda qolishini ta’minlaydi.
Galereya yaratilgandan so’ng uning raqamli ID kod shaklda ko’rinadi.

Endi Browse tugmasini bosiladi va oldindan tayyorlangan tasvirni yoki bir nechta tasvirlarni belgilab Ochish (Открыть) tugmasi bosiladi.



Rasmlarni yuklash tugmasi bosiladi. Plagin barcha rasmlarni Galereyaga qo’shgunga qadar kutiladi. Agar hamma jarayon yaxshi bo’lsa, quyidagi xabar paydo bo’ladi – “Rasm muvaffaqiyatli qo’shildi”.

Spamga qarshi oson plagin


Odatda WordPress tarkibida keladigan Akismet plaginidan foydalaniladi. WordPress yangi o’rnatilgan vaqtda Akismet plagini tizimning tarkibida bo’ladi. Shunchaki uni faollashtirish kifoya. Plagin spamga qarshi yaxshi himoyani taklif eta olmaydi, ammo Akismetning foydalanuvchilar uchun noqulay bo’lishi mumkin bo’lgan bir jihati plagin to’liq ishlashi va blogni spam fikrlardan himoya qilishi uchun unga albatta API kalitini kiritishi kerak. Kalit bepul, ammo uni olish uchun Akismet saytida ro’yxatdan o’tish talab qilinadi. Hozirgi davr hayoti shunchalik tig’iz va bandki, qaysidir chetki tizimda ro’yxatdan o’tib, a’zolikdan keyin beriladigan kalitni olib, saytdagi bitta plaginni ishlatish foydalanuvchilar uchun noqulaylik tug’dirishi aniq.
Bundan tashqari Akismet fikrlarni o’zining spam bazasidagilar bilan taqqoslash orqali aniqlaydi. Ingliz tilidagi fikrlar uchun yaxshi ish beruvchi bu texnologiya o’zbek tilida yozilgan fikrlarda xatoliklar keltirib chiqarishi amaliyotda kuzatilgan. Bu holat sayt administratoridan Akismet tomonidan o’chirilgan (ushlab qolingan) fikrlarni qayta ko’rib chiqish, saralash kabi ortiqcha ishlarni talab qiladi.
Akismetga muqobil tarzda Anti-spam plagini spam fikrlarga qarshi kurashning ancha samaraliroq usulini taklif qiladi. Anti-spam palgini hech bir tashqi API kalitiga muhtoj emas. Plaginni faollashtirganingiz zahoti saytni spam fikrlardan mustahkam tarzda himoyalanadi. Spam fikrlarni aniqlash esa juda sodda va oson usulda amalga oshiriladi. Anti-spam plaginining ishlash tizimi quyidagicha:
Bilamizki, WordPressning fikr bildirish formasida fikr bildiruvchining ismi, email manzili va fikrning to’liq matni yozilishi uchun joylar mavjud. Spam botlar bu joylarning nomiga qarab ism yoziladigan joyga spam ism, email yoziladigan joyga spam email va matn yoziladigan joyga reklama matnini yozib qoldirishadi. Odamlar ham (botlar birlar bir xil tarzda) aynan shu joylarga ma’lumot kiritishadi.
Anti-spam plagini WordPressning standart fikr bildirish formasiga hidden (yashirilgan) qiymatli yana bitta joy qo’shadi. Tabiiyki, yashirilgan narsa odamlarga ko’rsatilmaydi va fikr bildiruvchi odam bo’lsa, bu joyni bo’sh qoldirib ketadi. Bot esa yashirilgan joyga ham ma’lumot yozib yuboradi. Natijada yashirilgan joyga ma’lumot yozilgan fikr spam deb baholanadi, yashirilgan joyi bo’sh qoldirilgan fikrlar esa haqiqiy odamlar tomonidan bildirilgan fikr sifatida qabul qilinadi.
Barcha sohada bo’lgani kabi WordPress saytlarida fikrlarni boshqarish masalasida ham oddiylik, imkon qadar osonlik va ishning asosiy qismini kompyuterga topshirish tamoyillariga asoslanish to’g’ri bo’ladi.
P.S.Spam fikrlarni odam yozishi ham mumkin. Ammo hozirgi davrda bu kamdan-kam yuz beradi. Spam xabarlar odatda botlar tomonidan tarqatiladi. Mobodo saytga spam reklamalarni tarqatuvchi odam kirib qolsa, uning reklama xabari saytingizda odatiy fikr sifatida o’tib ketishi mumkin. Bunday holatga tayyor bo’lish uchun esa bildirilgan fikrlarni administrator tasdiqlagandan keyin chiqadigan qilib qo’yish maqsadga muvofiq. Bu nafaqat spam fikrlar, balki saytingiz mazmuniga mos kelmaydigan har qanday boshqa fikrlarni to’xtatib qolishda ham samarali hisoblanadi.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling