Informatika asoslari fanidan
Download 1.38 Mb.
|
WordPressda maqsadga yo’naltrilgan veb-sayt yaratish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Google Translate yordamida saytni ko’ptilli qilish
- XULOSA
Sayt parametrlariSayt parametrlari foydalanuvchilar uchun ko’pgina qulayliklar berib, saytning umumiy ko'rinishini sozlash mimkin bo’ladi. Yani sayt nomini o’zgartirish, saytning URL adresi, e-mail adresi, sana va vaqt chiqishi formatlari, URL, ma'muriy elektron pochta manzili va boshqalar. Google Translate yordamida saytni ko’ptilli qilishAlbatta, ko’ptilli saytning har bir tildagi ma’lumotlari inson tomonidan yozilgan bo’lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ammo buning imkoni bo’lmaganda Google Translate saytining avtomatik tarjimalaridan foydalanishimiz ham mumkin. WordPress asosida ishlaydigan saytga Google Language Translator plaginini o’rnatish orqali saytdagi ma’lumotlarni avtomatik ravishda boshqa tillarga tarjima qilishni yo’lga qo’yish mumkin. Yaqindan boshlab Google Translate saytida o’zbek tilining ham paydo bo’lishi esa bu plagin imkoniyatlarini yanada oshirdi va O’zbekiston web ustalari uchun ko’proq qulayliklarni keltirib chiqardi. Bu plagin barcha boshqa plaginlar singari oson o’rnatilishi va sozlanishi mumkin. Plaginni yuklab, aktivlashtirganingizdan so’ng saytning ma’lumotlari nechta tilga avtomatik tarjima qilinishi kerakligini sozlash mumkin bo’ladi: Bundan tashqari plaginda Google logosini ko’rsatish yoki ko’rsatmaslik kabi bir necha kichik sozlanmalar ham bor. XULOSAInternet texnologiyalari qo’llanilayotgan sohalarni bugun har yerda, har qadamda uchratish mumkin. Elektron magazin, elektron kassa, elektron ma‘lumotnomalar, elektron e‘lonlar doskasi va hokazolar kundalik turmushimizga kirib keldi. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda o’quvchiyoshlarni internet tizimida faol ishlashga o’rgatish, ularda o’z faoliyat sohasida internet manbalaridan foydalana olish ko’nikma va malakalarini hosil qilish bugungi kunning dolzarb masalasidir. Informatika va uni o’qitish metodikasi bo’yicha nazariy va amaliy darslarni tashkil qilish jarayonida o’quv muassasalari uchun yaratilgan saytlar, portallar, ta‘lim muassasalarining elektron kutubxonalari resurslaridan foydalanish o’rganilayotgan mavzuning yana keng qamrovli tushinib olishiga bilim ko’nikma va malakalarning mustahkamlanishiga olib keladi. Bunday sayt va portallardan darslarda foydalanish uchun ishlarni quyidagi bosqichlarda tashkil qilish tavsiya etiladi: Ta‘lim muassasasi uchun yaratilgan saytlarning umumiy tuzilishi, ma‘lumotlarning ierarxik xaritasi bilan avvaldan tanish bo’lish. Talabalarga internet tizimida ―harakatlanish‖ning oddiy qoidalarini tushuntirish, internetga bog’lanish usullari xaqidagi amaliy bilim va ko’nikmalarni shakllantirish. Informatika nazariy va amaliy darslarini o’tish jarayonida multimediya texnologiyalari (proektorlar)dan foydalanilgan holda ta‘lim muassasalari uchun yaratilgan saytlarni o’quvchilar o’rtasida muhokamasini tashkil qilish. Topshiriqlar va uy vazifalari berishda ta‘lim muassasalari uchun yaratilgan saytlardan foydalanish bo’yicha alohida topshiriq va ko’rsatmalarni ishlab chiqish hamda nazariy va amaliy darslarda keng foydalanish. Xulosa o’rnida shuni aytish mumkin, ta‘lim muassasalari uchun yaratilgan saytlardan foydalanish darslarning mazmunli tashkil etilishi va talabalarda o’zlashtirish ko’rsatkichlarini oshirish hamda mustahkam bilim olishlariga yordam beradi. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling