Informatika fanini o‘qitishda innovatsion ishlanmalar yaratish texnologiyasi


Download 231.32 Kb.
bet14/25
Sana18.06.2023
Hajmi231.32 Kb.
#1582563
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
Bog'liq
Informatika fanini o‘qitishda innovatsion ishlanmalar yaratish texnologiyasi

Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi:

  • talabalarni (sharoitga qarab) guruhlarga ajratish;

  • talaba mashg‘ulotni o‘tkazish qo‘yilgan talabalar va qoidalar bilan tanishtirish;

  • tarqatma materiallarni guruh a’zolariga tarqatish;

  • guruh a’zolari tomonidan yakka holda mustaqil ravishda tarqatma materiallardagi vazifalar bajariladi;

  • har bir guruh a’zosi o‘zi ishlagan tarqatma materiallarining o‘ng burchagiga guruh raqamini yozadi, chap burchagiga esa o‘zining biron-bir belgisini chizib qo‘yadi;

  • vazifa bajarilgan tarqatma materiallar boshqa guruhlarga “charxpalak aylanmasi” yo‘nalishida almashtiriladi;

  • yangi guruh a’zolari tomonidan berilgan materiallar o‘rganiladi va o‘zlashtirishlar kiritiladi;

  • jamoalar tomonidan o‘rganilgan va o‘zgartirishlar kiritilgan materiallar yana yuqorida eslatilgan yo‘nalish bo‘yicha guruhlararo almashtiriladi (ushbu jarayon guruhlar soniga qarab davom ettiriladi);

  • materiallarni oxirgi almashishdan so‘ng har bir guruh va har bir guruh a’zosi o‘zlari ilk bor to‘ldirilgan materiallarni (guruh raqami va o‘zlari qo‘ygan belgilari asosida) tanlab oladilar;har bir guruh a’zosining o‘zlari belgilangan javoblariga boshqa guruh a’zolarining tuzatishlarini taqqoslaydilar va taxlil qiladilar;

  • o‘qituvchining tarqatma materialda berilgan vazifalarini o‘qiydi va jamoa bilan birgalikda to‘g‘ri javoblarni belgilaydi;

  • har bir talaba to‘g‘ri javob bilan belgilangan javoblar farqlarini aniqlaydilar, kerkli ballni to‘playdilar va o‘z-o‘zini baholaydilar.

Izoh: tarqatma materialda talabalar belgilagan to‘g‘ri javoblar bilan o‘qituvchi hamkorligida aniqlangan to‘g‘ri javoblarning farqi 55 foizdan yuqori bo‘lsa, talaba ushbu o‘quv materialini o‘zlashtirgan, undan kam bo‘lsa o‘zlashtira olmasligini bildiradi. Masalan, vazifalar soni 30ta bo‘lib, javoblarning 17-20 tasi to‘g‘ri belgilagan bo‘lsa, talaba ushbu vazifani bajargan va o‘quv materialini o‘zlashtira olgan, agar undan kam bo‘lsa o‘zlashtira olmagan hisoblanadi. Shu bilan birga, javoblarning 21-24 tasi to‘g‘ri belgilagan bo‘lsa, talaba materialini o‘zlashtirgan darajasi “yaxshi” bahoga, 25-30 tasi to‘g‘ri belgilagan bo‘lsa, “a’lo” bahoga o‘zlashtirgan deb hisoblanadi.

  • talabalar o‘z baholarini yo ballarni belgilab olishgach, o‘qituvchi vazifa bajarilagan qog‘ozlarni yig‘ib oladi va baho (ballar)ni guruh jurnaliga ko‘chirib qo‘yadi. “Charxpalak” texnolagiyasidan foydalangan holda mashg‘ulot o‘tkazish uchun talabalarga quyidagicha vazifa berish mumkin. Vazifa uchun zarur bo‘lgan tarqatma materialni ilovada keltiramiz.

Vazifa.O‘qituvchining muomala va munosabati boshqarishdagi harakatlari qaysi boshqaruv usuliga mansub ekanligini aniqlang va ularga beradigan tavsivlarini ilovada keltirilgan jadvalga kiriting.
“REZYUME” TEXNOLOGIYASI

Download 231.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling