Informatika fanini o‘qitishda innovatsion ishlanmalar yaratish texnologiyasi


I.1. TA’LIM TEХNOLOGIYASINING MOHIYATI VA ХUSUSIYATLARI


Download 231.32 Kb.
bet2/25
Sana18.06.2023
Hajmi231.32 Kb.
#1582563
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Informatika fanini o‘qitishda innovatsion ishlanmalar yaratish texnologiyasi

I.1. TA’LIM TEХNOLOGIYASINING MOHIYATI VA ХUSUSIYATLARI
Konseptuallik - Shuni ta’kidlash lozimki, ta’lim texnologiyasi falsafiy, psixologik, didaktik va ta’limiy maqsadning ijtimoiy-pedagogik asoslangan aniq ilmiy g‘oyalariga asoslanadi.
Tizimlilik - Тa’lim texnologiyasi yaxlitlik, tuzilmaviylik, barcha tashkil etuvchilarning o‘zaro bog‘liqligi va ularning bir-biriga bo‘ysunishi, tizim va muhitning o‘zaro bog‘liqligi singari barcha belgilariga egadir.
Boshqaruvchanlik
(1) ТТ mohiyati - ishlarni aniq bajarilishida, ya’ni: butun tugallangan ta’lim jarayonini aniq pedagogik g‘oya ostida dastlabki bashoratlash, loyihalashtirish va rejalashtirishida ko‘rish mumkin.
(2) Тa’lim berish jarayoni aniq tuzilmaga keltirilgan: pedagogik va o‘quv harakatlari, boshqaruvchilik, axborotli va muloqotli ishlar ifodalangan ketma-ketlik – bosqichma-bosqich, maqsadli yo‘l bilan, ya’ni ta’limiy maqsadlar alohida shaklda ifodalangan: pedagogik vazifalar va aniq belgilangan kutilayotgan natijalar bilan muvofiqlikda tuziladi.
(3) Тexnologik jarayon tabaqalashtirilgan va individuallashtirish, ikki kishilik va ko‘pchilikli suhbat (dialog, polilog) tamoyillari hisobga olingan shartnoma asosidagi, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning o‘zaro bog‘liq faoliyatini nazarda tutadi.
(4) Qaytar aloqani tizimli tezkor ravishda ishlatilishi ta’lim jarayonining joriy natijalarini uzluksiz kuzatishni, tashhislashni va tezkor baholashni, tahlil va maqbul boshqaruv xulosasini qabul qilishni ta’minlaydi.
(5) Тashhisiy ishlar faoliyat natijalarini aniq bir ma’nodagi mezon va ko‘rsatkichlarini, shuningdek uni o‘lchash vositalarini o‘z ichiga oladi.
(6) O‘zgartirish jarayoni ta’lim oluvchini xatoliklariga emas, balki ta’lim jarayonini shu ta’lim oluvchiga nisbatan unga belgilangan maqsadga erishishni ta’minlash bilan tashkillashtirish yo‘lini o‘zgartirishga qaratilgan.

Download 231.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling