Informatika fanini o‘qitishda innovatsion ishlanmalar yaratish texnologiyasi


Download 231.32 Kb.
bet5/25
Sana18.06.2023
Hajmi231.32 Kb.
#1582563
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Informatika fanini o‘qitishda innovatsion ishlanmalar yaratish texnologiyasi

«Texnologiya» - yunoncha «techne» so‘zidan olingan bo‘lib, mahorat, san’at va «logos» - so‘z, ta’limot ma’nosini anglatadi.
Texnologiya- jarayonlarni amalga oshirish usullari va vositalari haqidagi bilimlar yig‘indisi, shuningdek ob’ektda sodir bo‘ladigan sifat o‘zgarishlar tushiniladi.
Ishlab chiqarish texnologiyasi:

  • xom-ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar yoki mahsulotlarga ishlov berish, yoki qayta ishlash yo‘llari va usullari yig‘indisi

  • yuqorida ko‘rsatilgan yo‘llar va usullarni ishlab chiquvchi hamda takomillashtiruvchi fan

  • qazib olish, ishlov berish, qayta ishlash, sifatini nazorat qilish, tashish, omborga joylash, saqlash, sotish, amalda qo‘llash jarayoni

Texnologik jarayon – mahsulot ishlab chiqarishning yagona jarayonini hosil qiluvchi texnologik operatsiyalar yig‘indisi
Texnologik operatsiya – ishchi tomonidan o‘zining ish o‘rnida bajariladigan, yakuniga yetkazilgan harakat ko‘rinishidagi texnologik jarayonning bir qismi
Texnologik xarita - ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarish texnologik operatsiyalarini ketma-ketligini bayon qiluvchi texnik hujjat.
Texnologik rejim - texnologik operatsiyalarni amalga oshirishni belgilovchi tartib bo‘lib, ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarishda bajariladigan operatsiyalarning vaqti, shartlarini belgilaydi.
Maqsad (o‘quv, ta’limiy) - ta’lim jarayoni oldiga qo‘yilgan umumiy vazifa.
Mazmun (o‘qitish, ma’lumot olish) – ta’lim jarayonida tahsil oluvchilar egallashi zarur bo‘lgan ilmiy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar va malakalar, faoliyat va tafakkur usullarining tizimi.
Ta’limni tashkil qilish shakli (lotinchadan forma - tashqi ko‘rinish, qobiq), avvalombor, o‘quv jarayonini amalga oshirish bilan: ta’lim oluvchilarning soni, o‘qitish vaqti va joyi bilan: ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyatini tashqi ifodasi bilan bog‘liq: frontal yoki individual ish, guruhlarda ishlash shakllari.

Download 231.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling