Informatika fanini o‘qitishda innovatsion ishlanmalar yaratish texnologiyasi


Matematika fanini o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanish


Download 231.32 Kb.
bet9/25
Sana18.06.2023
Hajmi231.32 Kb.
#1582563
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
Bog'liq
Informatika fanini o‘qitishda innovatsion ishlanmalar yaratish texnologiyasi

Matematika fanini o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanish

Ushbu qismning bayoni ushbu rivoyat bilan boshlaymiz.


Kunlardan bir kun ko‘l bo‘yida qorni och qolgan bir kishi baliq tutib turgan donishmandga duch kelibdi va unga murojaat qilib: “Men ochman, menga yordam ber!” Donishmand quyidagicha javob beribdi: “Men senga baliq berishim mumkin, sen tez to‘yasan va biroz vaqt o‘tgach, xuddi shunday yana och qolasan va mendan yana yordam so‘raysan. Men senga qarmoq berishim mumkin, lekin u qachondir sinib qolishi mumkin, unda sen menga yana murojaat qilishingga to‘g‘ri keladi. Yaxshisi, men qarmoq yasashni o‘rgataman, bu uzoq vaqt va qiyin, lekin keyinchalik senga mening yordamim kerak bo;lmaydi. O‘z yo‘lingni tanla…”.
Yuqorida keltirilgan rivoyatdan kelib chiqadigan xulosa shuki, yaxshi o‘qituvchi talaba ga “qarmoq yasashni” o‘rgatishi va aqlli talaba esa uni o‘rganishi lozim. Talabalar “qarmoq yasashni” qanchalik tez va mustahkam o‘rganib olsalar, ular shunchalik birovlarga muhtoj bo‘lmasadan o‘z “ovlariga” ega bo‘ladilar. Mana shunday vazifalarni amalga oshirishda yanga interfaol va noan’anaviy pedagogik texnologiyalar juda qo‘l kelishini tadqiqotchilar tomonidan turli ta’lim myassasalarida o‘tkazilayotgan ko‘pgina pedagogik tajribalarning natijalari tasdiqlanmoqda. Shuning uchun ham, ta’lim muassalarida faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar o‘z sohalari bo‘yicha olib beryotgan mashg‘ulotlarida innovatsion texnologiyalarni o‘z o‘rnida qo‘llashni bilishlari o‘ta zarur.
Hozirgi kunda innovatsion texnologiyalar, interfaol uslublarning soni juda ko‘payib ketgan. Biz ularning ta’lim muassasalarida keng tarqalganlari, o‘qitiladigan aniq fan va predmetlarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan ba’zi pedagogik texnologiyalarning foydalanish uslubiyotini keltiramiz.
TUSHUNCHALAR TAHLILI” USLUBI
Uslubning mohiyati. Ushbu uslub o‘tilgan (chorak, semester yoki o‘quv yilida tugagan) o‘quv predmeti yoki bo‘lim barcha mavzularini talabalar tomonidan berilgan tushunchalarga mustaqil ravishda o‘z izohlarini berish, shu orqali o‘z bilimlarini tekshirib baholashga imkoniyat yaratish va o‘qituvchi tomonidan qisqa vaqt ichida barch talabalarni baholay olishiga yo‘naltirilgan.

Download 231.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling