Informatika fanini o‘qitishda innovatsion ishlanmalar yaratish texnologiyasi


Download 231.32 Kb.
bet4/25
Sana18.06.2023
Hajmi231.32 Kb.
#1582563
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Informatika fanini o‘qitishda innovatsion ishlanmalar yaratish texnologiyasi

2. Ta’lim oluvchi - talaba, o‘quvchi, tinglovchi.
3. Ta’limiy maqsadbu ta’lim berishni biror narsaga intilishi.
4. Natija(1) ushbu davr ichidan chiqishda ta’lim oluvchini bilishi, uddalashi, qadrlashi zarur bo‘lgan, ta’lim berishni biror narsaga kelishidir;
(2) ta’lim jarayonini samarali borishini namoyon qilib, maqsadga erishish darajasini tavsiflaydi. Natija belgilangan maqsadga mos kelsa, qo‘ish o‘rgatish jaryoni tugallangan hisoblanadi.
5. O‘quv axboroti mazmuni fan bo‘yicha o‘qitish mazmunini tashkil etuvchi, adabiyot matnlari va o‘quv qo‘llanmalar, lug‘at va boshqa axborot manbalaridan iborat bo‘ladi. O‘quv dasturi asosida aniqlanadi va maqsadni belgilashdan kelib chiqib ta’lim beruvchi tomonidan o‘zgartirish kiritiladi.
6. Ta’lim texnologiyasi(1) o‘qitish- usul, shakl va vositalar; (2) muloqot, (3) axborot va (4) boshqaruvning yo‘l va vositalari.
7. Tahliliy-natijaviy tarkib – ta’lim texnologiyasi bo‘yicha olingan natijalar samaradorligini o‘lchashning yo‘l va vositalari.
Agar pedagogik tizimning tarkibiy tashkil etuvchilaridan bittasi ham bo‘lmasa, unday holda ta’lim jarayonining o‘zi ham bo‘lmaydi, yoki u kuchsiz xususiyatga ega bo‘ladi. Har qanday holatda ijobiy natija bo‘lsa ham, u tasodifiy bo‘lishi mumkin.
I.2.2. Zamonaviy pedagogik texnologiyadagi asosiy elementlar.
Hozirgi paytda amaliyotda quyidagicha nomlangan pedagogik (ta’lim) texnologiyalaridan keng ko‘lamda foydalanilib ijobiy natijalar olinmoqda: Individual, jamoaviy, belgi-kontekstli, ishbilarmonlik yoki rolli o‘yin, muammoli, axborot, dasturli, integrativ, modulli, mualliflik, rivojlantiruvchi, tayanch sxemalaridan foydalanib o‘qitish, masofaviy, etnopedagogik, faol, hamkorlik, tabaqalashtirilgan, noan’anaviy, an’anaviy, asosiy materiallarni ajratib olib o‘rganish, yiriklashtirib o‘qitish, politexnik, jadal, shaxsga yo‘naltirilgan, ta’lim jarayonini to‘g‘ri tashkil etib boshqarish, erkin, baholamasdan va yo‘qlama qilmasdan o‘qitish, sirtqi, eksternat ta’lim texnologiyalari.

Download 231.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling