Informatika fanini o‘qitishda innovatsion ishlanmalar yaratish texnologiyasi


Download 231.32 Kb.
bet20/25
Sana18.06.2023
Hajmi231.32 Kb.
#1582563
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
Informatika fanini o‘qitishda innovatsion ishlanmalar yaratish texnologiyasi

Assotsiatsiya- mantiqiy bog‘liqlik bo‘lib, sezgi, tasavvur, idrok qilish, g‘oya va boshqalar orasida hosil qilinuvchi mantiqiy aloqadir.
Ranjirllash (muayyan tartib)-ahamiyati,muhimligi, mazmuni darajasiga qarab tartiblash.
YELPIG‘ICH” TEXNOLOGIYASI.
Bu texnologiya murakkab va ko‘ptarmoqli bo‘lib, muammoli mavzularni o‘rganishga qaratilgan.
Texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo‘yicha bir yo‘la axborot beriladi. Ayni paytda, ularning har biri alohida nuqtalaridan muhokama etiladi. Masalan, ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik va kamchiliklari, foyda va zaralari belgilanadi.
Bu interfaol texnologiya talabalarga tanqidiy, tahliliy va aniq mantiqiy fikrlashlarini muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda o‘z g‘oyalari, fikrlarini yozma va og‘zaki shaklda ixcham bayon etish, shuningdekuni himoya qilishga imkoniyat yaratadi.
Yelpig‘ich” texnologiyasi umumiy mavzuning ayrim tarmoqlarini muhokama qiluvchi kichik guruhlarning, har bir qatnashchining va umuman guruhning faol ishlashiga qaratilgan.
Yelpig‘ich” texnologiyasi mavzuni o‘rganishning turli bosqichlarida:
-boshida-o‘z bilimlarini erkin faollashtirish;
-mavzuni o‘rganish jarayonida-uning asoslarini chuqur fahmlash va anglab yetish;
-yakunlash bosqichida – olingan bilimlarni tartibga solishda qo‘llanilishi mumkin.
Yelpig‘ich” texnologiyasida uchraydigan asosiy tushunchalar:
Aspekt (nuqtai nazar) bilan predmet, hodisa, tushuncha tekshiriladi.
Afzallik-biror narsa bilan qiyoslashda ustunlik, imtiyoz.
Fazilat –ijobiy sifat.
Nuqson – nomukammalik, qoidalariga, mezonlarga nomuvofiqlik.
Xulosa – muayyan bir fikrga, mantiqiy qoidalar bo‘yicha dalildan natijaga kelish.
Ta’limdan tashqari “Yelpig‘ich” texnologiyasi tarbiyaviy xarakterdagi:
-jamoa, guruhlarda ishlash mahorati;
-muammolar, vaziyatlarni turli nuqtai nazardan muhokama qilishmahorati;
-murosali qarorlarni topa olish mahorati;
-o‘zgalar fikrini hurmat qilish;
- xushmuomalalik;
- ishga ijodiy yondashish
-faollik;
-muammoga diqqatni jamlay lish mahorati kabi qator sifatlarni shakllantirish imkonini ham beradi.
MULOQAT” TEXNOLOGIYASI

Download 231.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling