Informatika fanini o‘qitishda innovatsion ishlanmalar yaratish texnologiyasi


Download 231.32 Kb.
bet19/25
Sana18.06.2023
Hajmi231.32 Kb.
#1582563
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25
Bog'liq
Informatika fanini o‘qitishda innovatsion ishlanmalar yaratish texnologiyasi

FSMU TEXNOLOGIYASI
Texnologiyaning tavsifi. Ushbu texnologiyaning munozarali masalalarini hal etishda, bahs-munozaralar o‘tkazishda yoki o‘quv-seminari yakunida (talabalarning o‘quv mashg‘ulotlari hamda o‘tilgan mavzu va bo‘limlardagi ba’zi mavzular, muammolarga nisbatan fikrlarini bilish maqsadida ) yoki o‘quv rejasi asosida biror bir bo‘lim o‘rganilgach qo‘llanilishi mumkin. Chunki bu texnologiya (talabalarni o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishga,ochiq holda bahslashishga, shu bilan bir qatorda o‘quvchi-talabalar tomonidan o‘quv jarayonida egallangan bilimlarini tahlil etishga va egallaganlik darajasini aniqlashga, baholashga hamda tinglovchilarni bahslashish madaniyatiga o‘rgatadi.
Texnologiyaning maqsadi. Ushbu texnologiya talabalarni tarqatilgan oddiy qog‘ozga o‘z fikrlarin aniq va qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarini bayon etishga yordam beradi.
Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi.

  • O‘qituvchi har bir talabalar texnologiyasining to‘rt bosqichi yozilgan qog‘oz varaqalarini tarqatadi va yakka tartibda ularni to‘ldirishni iltimos qiladi. Bu yerda:

  • F-fikringizni bayon eting;

  • S-fikringiz bayoniga sabab ko‘rsatining;

  • M-ko‘rsatgan sababingizni asoslovchi misol keltiring;

  • U-fikringizni umumlashtiring.

  • O‘qituvchi talabalar bilan bahs mavzusi (yoki muammo) nibelgilab oladi;

  • Yakka tartibdagi ish tugagach, talabalar kichik guruhlarga ajratiladi va o‘qituvchi kichik guruhlarga FSMU texnologiyasining to‘rt bosqichi yozilgan katta formatdagi qog‘ozlarni tarqatadi;

  • kichik guruhlarga har birlari yozgan qog‘ozlardagi fikr va dalilarni katta formatda umumlashtirgan holda to‘rt bosqich bo‘yicha yozishlarinitaklif etiladi;

  • O‘qituvchi kichik guruhlarning yozgan fikrlarini jamoa o‘rtasidahimoya qilishlarini so‘raydi;

  • Mashg‘ulot o‘qituvchi tomonidan muammo bo‘yicha bildirilgan fikrlarni umumlashtirish bilan yakunlanadi.

SKARABEY” TEXNOLOGIYASI
“Skarabey” interfaol texnologiya bo‘lib, talabalarda fikriy bog‘liqlik, mantiqiy fikrlash, xotiralarning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi, qandaydir muammoni hal qilishda o‘z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantiradi. Mazkur texnologiyao‘quvchilarga mustaqil ravishda o‘z bilimlarining sifati va saviyasini xolisona baholashga, o‘rganilayotgan maxzu haqidagi tushuncha va tasavvurlarni aniqlashga zamin yaratadi. U ayni paytda turli g‘oyalarni ifodalash va ular orasidagi bog;liklarni aniqlashga ham xizmat qiladi.
“Skarabey” texnologiyasi universal texnologiyalardan bo‘lib, undan o‘quv materiallarini talabalar tomonidan egallashning turli bosqichlarida ya’ni:
-boshida- o‘quv faoliyatini rag‘batlantirish sifatida (“Aqliy hujum”) uslubi;
-mavzuni o‘rganish jarayonida- uning mohiyati, tuzilishi va mazmunini belgilash; mavzu mazmuni ichidagi asosiy qismlar, tushunchalar, aloqalar xarakterini aniqlash, mazmunni yanada chuqurroq o‘rganish, yangi jihatlarini ko‘rsatishda;
-oxirida-olingan bilimlarni mustahkamlash va yakunlash maqsadida foydalanish mumkin.
“Skarabey” texnologiyasi talabalar tomonidan oson qabul qilinadi, chunki u faoliyatining fikrlash, bilish xususiyatlari inobatga olgan holda ishlab chiqilgan. Texnologiya talabalar tajribasidan foydalashni ko‘zda tutadi, reflektiv kuzatishlarni amalga oshiradi, faol ijodiy izlash va fikriy tajriba o‘tkazish imkoniyatlariga ega.
Mazkur texnologiyaning ayrim afzalliklari sifatida idrok qilish yengillashtiruvchi chizma shakllardan foydalanishni ko‘rsatish mumkin.
“Skarabey” texnologiyasidan yakka holda, kichik guruhlar va jamoa bo‘lib ishlashlarida foydalanish mumkin.
Ta’limdan tashqari mazkur uslub tarbiyaviy xarakterdagi:
-o‘zgalar fikrini hyrmat qilish;
-jamoa bilan ishlash mahorati;
-faollik;
-xushmuomalalik;
-ishga ijodiy yondashish;
-mavjud imkoniyatlarini tekshirish;
-o‘z qobilyati va imkoniyatlarini tekshirish;
-“men”ini ifodalash;
-o‘z faoliyati natijalariga mas’ullik va qiziqish uyg‘otish kabi qator sifatlarini shakllantirish imkoniyatini ham beradi.
Skarabey” texnologiyasida uchraydigan asosiy tushunchalar

Download 231.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling