O‘qitish texnologiyalarining shakl va vositalari. O'qitish texnologiyasi - ta’lim maqsadlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishga imkon beradigan, nazariy asoslangan, ta’lim va tarbiya jarayonlarini tashkil etishning vosita va usullar to'plamidir [74].
O'qitish texnologiyasi o’quv jarayonining ilmiy jihatdan loyihasini o’zida mujassam etib, bunda o’quv maqsadlari aniq belgilanadi, jarayon bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va erishilgan natijalarni yakuniy baholash imkoniyati ta’minlanadi. XX asrning 60-70-yillarida ushbu tushuncha o’qitishning texnik vositalari(O’TV), hozirda esa, pedagogik texnologiyalar, ta’limda axborot texnologiyalari va hokazo ko’rinishlarda e’tirof etilmoqda
19. O‘qitish shakllari ta’lim texnologiyasining elementi sifatida.
O‘qitish shakllari ta’lim texnologiyasining elementi sifatida. O’qitishning individual shaklida o‘quvchilarning individual xususiyatlari, qiziqishi, qobiliyatlaridan kelib chiqib topshiriqlarni bajarishlari tushuniladi. Bu shakldan informatika sohasidagi fanlardan laboratoriya, mustaqil ish, kurs ishini bajarishda va darsning ixtiyoriy bosqichida didaktik topshiriqlarni bajarishda, yangi bilimlarni o‘rganishda, o‘rganilgan bilimlarini mustahkamlash, umumlashtirish va takrorlashda foydalanish mumkin. Bu shaklda o‘quvchi mustaqil o‘qishi, o‘rganishi, o‘z bilimlarini chuqurlashtirishi bilan ijodiy faollikka yo‘l ochilsa-da, kamchiligi shundaki, o‘quvchining alohida holda o‘qishi, o‘rganishi, fikrlashi boshqalarniki bilan mos kelmasligi, bunday harakatning baholanish esa faqatgina o‘qituvchi va o‘quvchi uchungina qiziq bo‘lishi kuzatiladi
20. O‘quv mashg‘ulotlarida o‘qitish texnologiyasini loyihalashtirish
yuq
21. O‘qitish texnologiyalarini loyihalashtirish qoidalari.
O‘qitish texnologiyalarini loyihalashtirish qoidalari. Pedagogik texnologiyalarni loyihalashda asosiy qoidalari, tamoyillarini keltirish mumkin [69]:
O‘zbekiston respublikasida oliy, o‘rta-maxsus, kasb-hunar va umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari, davlat dasturlari va talablarni bajarishi;
o’qitish maqsadlariga erishish uchun ta’limning maqsadi, mazmuni, shakli, metodi va vositalarining o'zaro muvofiqligi, bir butunligi tamoyili;
pedagogikaning asosiy (“oltin”) qoidasi ta’lim va tarbiyaning birligi tamoyili;
moslik tamoyili - informatikani o‘qitish texnologiyasining o‘quvchining individual xususiyatlarini hisobga olishi bilan o‘qituvchining imkoniyatlariga mosligi.
informatikani o‘qitish texnologiyasi shakl, vosita, metod va o‘qituvchining ish usulini psixologik asoslanganligi tamoyili;
ilmiylik tamoyili - informatikani o‘qitish texnologiyasi fanning so‘nggi, eng yangi yutuqlariga asoslanganligi, tegishli ilmiy manbalardan foydalanish;
22. O‘qitish texnologiyasining elementlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |