Информатика


Dunyodagi eng mashhur online e-librarylar nomlari


Download 7.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet269/300
Sana25.08.2023
Hajmi7.16 Mb.
#1670002
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   300
Bog'liq
informatika Mominov

Dunyodagi eng mashhur online e-librarylar nomlari: 
Gutenberg proekti asosida 
http://www.gutenberg.org
. Juda ko`plab elektron 
ma`lumotlarga ochiq va erkin murojaat qilish mumkin. Mualliflik huquqlari 
himoya qilinmagan, tezda yuklab olish imkoniyati mavjud, bepul e-kutubxona. 
Questia proekti asosida  
http://www.questia.com/publicdomainindex
.  Ilmiy 
ishlarga online bog`lanish imkoniyatini beruvchi, juda ko`plab tadqiqot natijalari 
mavjud bo`lgan e-kutubxona. 
Massachuset texnologiya institute qoshidagi CourseWare e-kutubxonasi. 
http://ocw.mit.edu/index.html
. O`quv ma`teriallariga erkin ruxsat etgan va 1000 
ta kurslar materiallari bor.


481 
Pensilvanin 
universitetining 
onlinebooks 
nomi 
e-kutubxonasi. 
http://onlinebooks.library.upenn.edu/lists.html
. Juda ko`plab e-kitoblarni ko`rish, 
o`qish va yuklab olish imkoniyatlari mavjud, bepul kutubxona.
Tadqiqotlar bo`yicha ―Ла Троба‖,
http://www.lib.latrobe.edu.au/arrow
 
12000 dan ko`p ilmiy ishlarni o`qish va yuklab olish mumkin hamda darsliklarning 
mundarijalarini ham ko`rib chiqish imkoniyati bor. 
AQSHning Milliy ilmiy fondlar va milliy fizika nazariyasi instituti 
hamkorligida
http://www.arxiv.org
e-kutubxona yaratilgan. Unda 100000 ortiq 
nashr qilingan statistika, fizika, matematika va informatika va boshqa ilmiy 
yo`nalishlar bo`yicha kitoblar bor.
Xalqaro e-kutubxonalar ro`yxati: 
Google kompaniyasining proekti Google Book Search juda ko`plab matnli 
ma`lumotlarni Ingliz va rus tilida mavjud. Bundan tashqari AQSH da yashovchilar 
uchun 1900 yildan 1923 gacha bo`lgan ma`lumotlardan foydalanish qulayligi bor.
Umumyevropaning elektron kutubxonasi «Europeana» — Yevropaning 
tarixi va madaniyatiga oid :kitoblar, rasmlar,ovozli yozuvlar litsenziya bilan 
qo`yilgan. Chunki ulardan tijorat maqasadida foydalanishlari mumkin. 2008 yil 
noyabrda 2 mln dan ko`p materiallari bor edi. 2015 yilga kelib, 20 mln ga borishi 
rejalashtirilgan. 
openlibrary.org —Internet Archive tashkilotining proekti asosida yaratilgan 
―Ochiq kutubxona‖nomli e-kutubxona. 2008 yil noyabrda 1064822 maqolalar 
to`plami bor edi. Qaysiki ularni bepul ko`rish va yuklab olish qulayliklar faqat 
ro`yxatdan o`tganlar uchun. Bulardan tashqari XIX—XX asrlarga ta`luqli rus 
tildagi badiy adabiyotlar ham mavjud. 
Gallica — fransuz arxivi. U Fransiyaning Milly kutubxonasining elektron 
variant bo`lib hisoblandi. Unda 12 mln dan ortiq kitob va kichik scriptlar, 500 
ming tabiat manzaralari, 800 ming medal va tangalar, 650 ming rasmlar bor.
Proekt «Гутенберг» — Birinchi e-library bo`lib hisoblanadi. Unda 20 000 
matnli, ovozli, notali yozuv, MIDI va video rolliklar mavjud.
LibriVox — Ovozli kitoblar kutubxonasi.


482 
World Digital Library (Dunyoning raqamli kutubonasi) —Kongress 
kutubxonasi. 2007 yilda Rossiya milliy kutubxonasi bilan qo`shilgan. 
Respublikamizda ham juda ko`plab e-kutubxonalar bor. Ulardan biri bu 
O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi huzuridagi Ziyoney 
axborot – ta`lim portal bo`lib hisoblanadi. Bu portal o`zbekcha (kril, lotin 
alifbosida) va rus tilida foaliyat olib boradi. Undan 
Respublikamiz olimlari, Oily va o`rta maxsus ta`lim 
o`qituvchilari tomonidan yaratilgan ilmiy-ommabob 
nashrlar, darslik, o`quv, uslubiy qo`llanmalar, ilmiy 
tadqoqot natijalari ko`rish, yuklab olish mumkin.
2011 yil 12 may kuni O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi 
qoshidagi Respublika axborot-kutubxona markazida Koreya Respublikasi granti 
asosida tashkil etilgan ilmiy-texnik adabiyotlar elektron kutubxona majmuining 
ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ilmiy-texnik adabiyotlar elektron kutubxonasi 
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va Koreya xalqaro hamkorlik 
agentligining (KOICA) mutaxassislari ishtirokida tashkil etildi. Ushbu loyiha 
O‘zbekistonda ilmiy-texnik adabiyotlar elektron kutubxonasining kompleks 
tizimini yaratish bo‘yicha hukumatlararo bitim doirasida amalga oshirildi. Elektron 
kutubxonaning ochilishida O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh 
direktori H.Muhiddinov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 - yil 20 
iyunda qabul qilingan ―Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta‘minlashni 
tashkil etish to‘g‘risida‖gi qarori aholiga ko‘rsatilayotgan axborot-kutubxona 
xizmatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish, kutubxona ishiga axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishda muhim ahamiyat kasb 
etayotganini ta‘kidladi. Davlatimiz rahbarining mazkur qarori ijrosi samarasida 
so‘nggi yillarda mamlakatimizda kutubxona sohasida muhim o‘zgarishlar yuz 
berdi, axborot-kutubxona muassasalari faoliyati yangi bosqichga ko‘tarildi. Yangi 
tashkil etilgan ilmiy-ma‘rifiy muassasa taqdimoti ham buning yaqqol misolidir. 
Axborot-kutubxonalarida 
aholiga 
zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalaridan foydalangan holda xizmat ko‘rsatishni yaxshilash bilan birga 


483 
tizimdagi muassasalar faoliyatini muvofiqlashtirish, axborotlashtirish va 
kutubxona ishida o‘zaro hamkorlik va tashkiliy-uslubiy ta‘minotni yo‘lga qo‘yish 
muhim o‘rin tutadi.
Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi a‘zosi Xak Jin Mun 
mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik aloqalari mustahkamlanib 
borayotganini ta‘kidladi. Ayni paytda iqtisodiy va gumanitar yo‘nalishlardagi 
aloqalar ko‘lami tobora kengaymoqda. Muvaffaqiyatli amalga oshirilgan ushbu 
loyiha ham ikki tomonlama strategik hamkorlik aloqalarining rivojlanib 
borayotgani samarasidir.
Respublika axborot-kutubxona markazi rahbari A.Ishmatovning aytishicha, 
Toshkent shahar ―Bilim‖ axborot-kutubxona markazi negizida tashkil etilgan yangi 
kutubxona jamoasi oldida ilmiy-texnik axborot resurslari fondini tashkil qilish, 
aholining to‘plangan elektron axborot, jumladan, to‘liq matnli axborotdan keng 
foydalanishini ta‘minlash, markaziy hamda ilmiy va ilmiy-texnik axborot 
resurslarini doimiy qo‘llab-quvvatlash kabi vazifalar turibdi. Kutubxonaning 
asosiy vazifalari bosma nashrlar va chop etilmagan hujjatlarni raqamlashtirish, 
materiallarni ko‘chirish va internetga joylashtirish, mualliflar, noshirlar, elektron 
baza generatorlari hamda tematik ilmiy-ma‘rifiy jamoalardan elektron 
materillardan foydalanish huquqini olishdan iboratdir. Bu bilan foydalanish 
chegaralangan hujjatlardan (nodir filmlar, fotoalbomlar, qo‘lyozmalar, 
dissertatsiyalar) keng foydalanish imkoniyati yaratiladi.
Bu yerda o‘quv zali, kompyuter xonalari, kitoblar saqlanadigan joy, turli 
xildagi texnika, mebellar, kino uskunalari mavjud. Ayni paytda ushbu 
muassasaning kitob fondi shakllantirilmoqda. U mamlakatimiz va xorijda 
chiqarilgan yuzlab jilddagi turli adabiyotlar, davriy nashrlarni o‘z ichiga oladi. 
Mazkur qo‘llanmalar elektron formatga o‘tkaziladi. Natijada tashrif buyuruvchilar 
ulardan on-layn rejimida foydalanishi, internet orqali obunani rasmiylashtirishi, 
shuningdek, elektron ilmiy-ommabop jurnallardan foydalanish uchun turli 
agentliklar, kutubxonalar va nashriyotlar bilan bog‘lanishi mumkin bo‘ladi. 


484 

Download 7.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   300




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling