Информатика


Download 7.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet272/300
Sana25.08.2023
Hajmi7.16 Mb.
#1670002
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   300
Bog'liq
informatika Mominov

Latex buyruqlari. 
Latex buyruqlari slesh [\] belgisidan boshlanadi va faqat 
lotin harflaridan iborat bo‘ladi. Buyruq oxirida bo‘sh joy, raqam va ixtiyoriy harf 
bo‘lmagan belgidan foydalanish mumkin. 
Latexda bo‘sh joy belgisi buyruqdan keyin qo‘yiladi. Lekin bu belgi o‘rniga 
boshqa maxsus {} belgisini ham qo‘yish mumkin. Masalan,
Men \LaTeX{} va \TeX dasturini o`rganishni boshladim. Bugun \today 
\textsl{ Men \LaTeX{} va \TeX dasturini o`rganishni boshladim. Bugun 
\today}
\textbf{yangi satrga o'tish} \newline \texttt{yangi satr} 
Shuningdek {} belgisini bu belgi oxiriga yozilgan buyruqga turli xil 
parametrlar berish uchun ham ishlatish mumkin. Bunda bir yoki bir necha parametr 
berish mumkin. Parametrlarni faqat {} belgisi bilan emas balki [] belgidan ham 
foydalanish mumkin. 
Bo’sh joylar.
Latex dasturida bo‘sh joylar bo‘sh joy klavishasini bosish 
orqali hosil qilinadi. Bunda hech qanday ortiqcha buyruq shart bo‘lmaydi. Xuddi 
matn protsessorlari kabi matn yoziladi. Bir necha bo‘sh joylar uchun bu belgi bir 


490 
necha marta ishlatiladi. Latexda bo‘sh satr tabulyatsiyani bildiradi. Ikkita bo‘sh 
satr abzats tugashini aniqlaydi. Bir necha bo‘sh satr esa xuddi bitta bo‘sh satr kabi 
ishlatiladi. 
Maxsus belgilar. 
Latexda turli buyruqlar kiritishda turlicha belgilardan 
foydalaniladi. Ular orasida bir nechta asosiy belgilar mavjud. Bu belgilar Latex 
dasturining maxsus belgilari hisoblanadi. Bu belgilar quyidagilar: [$], [&], [%], 
[#], [_], [{], [}], [~], [^], [\]. Bu belgilar orqali turli xil buyruqlar kiritilganligi 
sababli, bu belgilarni o‘z sahifangizda to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlata olmaysiz. Agar o‘z 
hujjatingizda bu belgilardan foydalanmoqchi bo‘lsangiz maxsus [\] belgisidan 
foydalanishingiz mumkin.Masalan, [\$], [\&], [\%], [\#], [\_], [\{], [\}]. Bu 
belgilardan ko‘plab matnli qatorlarda, ko‘plab buyruqlar yozishda va boshqa 
matematik formulalar yozishda foydalanish mumkin. Ammo [\] belgisini kiritishda 
[\\] belgidan foydalanish mumkin emas. [\\] belgi Latexda keyingi qatorga o‘tishni 
bildiradi. 

Download 7.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   300




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling