Informatika va axborot texn ologiyal ari
Download 1.69 Mb.
|
11-sinf informatika 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- ^UYGAVAZIFA
YODDASAQLANG!
PhotoShop interfeysi murakkab ko‘rinsa-da, juda qulay. SAVOL VA TOPSHIRIQLAR PhotoShopning tarixi haqida gapirib bering. PhotoShopning imkoniyatlarini aytib bering. PhotoShop interfeysi nimalardan iborat? PhotoShop asosiy menyusining qanday bo‘limlari mavjud? Asosiy menyuning Редактирование (Tahrirlash) va Окно (Oyna) bo‘limlaridagi bandlar bilan tanishib chiqing. ^UYGAVAZIFA PhotoShop palitralar sohasiga turli palitralar chiqarishni mashq qiling DARS. PHOTOSHOPNING USKUNALAR PANELI VA PALITRALARI PhotoShopning uskunalar panelida 23 ta tugma bo‘lib, ular dastlab bitta ustun ko‘rinishida joylashgan bo‘ladi. Panelning sarlavha satrida joylashgan qo‘shaloq uchburchak ko‘rinishidagi tugmani bosib, uskunalami ikki ustun ko‘rinishida joy lab chiqish mumkin. Yangidan pay do bo‘lgan qo‘shaloq uchburchaklami yana bir marta bosib, uskunalar panelini awalgi holatiga qaytarish mumkin. V_ W W т га Архивная художес. кисть Ш • Л 6 / т IT гт п в
Перемещение Быстрое выделение Волшебная палочка Пипетка Пипетка 3D Цветовой эталон Линейка Комментарий Счетчик Кисть Карандаш Замена цвета Микс-кисть Архивная кисть Градиент Заливка Выбор 3D материала Осветлитель Затемнитель Губка Г оризонтальный текст Вертикальный текст Горизонт, текст маска Вертикаль, текст маска Прямоугольник Прямоуг. с окр. углами Эллипс Многоугольник Пиния Произвольная фигура Стандартное окно Во весь экран с гл. меню Во весь экран Масштаб Переключение цветов Uskunalar paneli to‘rt qismga ajratilgan bo‘lib, ulaming birinchisida olti- ta, ikkinchisida sakkizta, uchinchisida to‘rtta, to‘rtinchisida esa beshta tugma joylashgan. Uskunalar panelidagi har bir tugmaga bir yoki bir nechta uskuna mos keladi. Shu sababli, uskunalar soni bir necha marta ko‘p bo‘lib, odatda, bitta tugma ostida bir nechta uskunalar joylashgan bo‘ladi. Agar uskuna tugmasining o‘ng quyi burchagida qora uchburchak bo‘Isa, bu tugma ostida bir nechta uskuna borligini bildiradi. Bunday tugma ustiga sichqonchani olib kelib, o‘ng tugmasini bossak, bu tugmaga mos keladigan uskunalar ro‘yxati paydo bo‘ladi va ulardan kerakli- sini tanlab olish mumkin. Odatda, har bir tugma uchun klaviaturada biron bir klavisha mos qo‘yilgan bo‘lib, uni ketma-ket bir necha marta bosish bilan bu tugmaga mos uskunalardan keraklisini tanlab olish mumkin. Uskunalar ulardan foydalanib bo‘linganidan key in ham tanlanganligicha qoladi. Bu qulay bo‘lsa-da, dastlab unga ko‘nikish qiyin kechadi. Shuning uchun uskunadan foydalanib bo‘lgach, darhol Рука (Dasta) uskunasini tan- lashga odatlaning. Bu uskuna uskunalar panelining to‘rtinchi bo‘limida birinchi bo‘lib joylashgan. U ishchi sohaga sig‘maydigan katta o‘lchamli tasviming kerakli qis- miga o‘tish uchun xizmat qiladi. Buning uchun tasviming ixtiyoriy joyida sichqonchaning chap tugmasini bosib, uni kerakli yo‘nalishda sudrash yetar- li. Asosiysi, bu uskuna tasvirga hech qanday o‘zgarish kiritmaydi. Qolgan uskunalar bilan keyingi mashg‘ulotlarda, ulardan foydalanish za- rurati tug‘ilganda tanishib chiqamiz. Palitra deb rassomlar bo‘yoqlami ara- lashtirish uchun ishlatadigan taxtachaga aytiladi. Uskunalar panelida 70 dan ziyod uskunalar joylashgan. Lekin ular ham PhotoShopning barcha imkoni- yatlarini ochib bermaydi. Uskunalaming keng imkoniyatlari palitralar yordamida ochiladi. Rassomlar palitraga kerakli bo‘yoqlami surtib, ulardan yangi rang hosil qilgani kabi PhotoShopda ham palitralar sohasiga kerakli palitra- lami joylab, ilova bilan ishlashni yanada qulay qilib olish mumkin. Palitralar ilova oynasining o‘ng tomonidagi palitralar sohasida joylashgan bo‘lib, muloqot oynalariga o‘xshab ketadi. Lekin ulardan farqli ravishda palitralardan keraklilarini ekranga o‘zimiz chiqaramiz yoki uni yopib qo‘ya- miz. Bu palitralar yigirmadan ortiq bo‘lib, odatda, bir nechtasi birlashtirilgan bo‘ladi. Ba’zi uskunalaming o‘z palitralari bor, ba’zilari esa unchalik murakkab bo‘lmay, ular bilan ishlash uchun parametrlar paneli yetarli. Ba’zi palitralar- da yangi uskunalar joylashgan, masalan, navigator, gistogramma, info palit- ralarini yangi uskunalar deb qarash mumkin. Ba’zi palitralami PhotoShopning ajralmas qismi deb qarash mumkin. Masalan, Слои (Qatlamlar), Каналы (Kanallar), История (Oxirgi amal- lar) palitralari PhotoShopning o‘ziga xos jihatlarini ochib beradiki, ularsiz PhotoShopni tasawur ham qilib bo‘lmaydi.
Palitralardan keraklisini ekranga chiqarish uchun asosiy menyuning Окно (Oyna) bo‘limidan foydalani- ladi. Undagi bandlaming ba’zilari- da bayroqchalar o‘matilgan va bu palitralar ekranda ko‘rinib turadi. Agar kerakli palitra ustida sichqon- chaning chap tugmasini bossak, uning bayroqchasi o‘matiladi va u ekranda paydo bo‘ladi. Tanlangan band ustida sichqonchaning chap tugmasini yana bir marta bossak, bayroqcha olib tashlanadi va palitra ham ekrandan olib tashlanadi. Misol uchun, Навигатор (Yo4naltiruvchi) palitrasini ekranga chiqaray- lik. Uning yordamida rasm masshtabini o'zgartirish mumkin. Bu palitra Гистограмма (Gistogramma) palitrasi bilan birgalikda ishlatiladi. Uning o‘ng yuqori burchagidagi ikki tugmadan chapdagisi palitrani yashirish, o‘ngdag si ekrandan olib qo‘yish uchun xizmat qiladi. Ulaming ostidagi tugma palitraning menyusini ochish uchun xizmat qiladi. Palitraning o‘lchamlarini o‘zgartirish uchun o‘ng quyi burchagini sich- qoncha yordamida sudrash kerak bo‘ladi. Palitra oynasining yuqorisidagi sarlavha satrini sichqoncha bilan sudrab, oynani ekranning boshqa joyiga olib o‘tish mumkin. Palitra oynasining pastki qismidagi surgichning ko‘rsat- kichini sichqoncha yordamida chapga sudrab rasm masshtabini kamaytirish, o‘ngga sudrab kattalashtirish mumkin. Surgichning o‘ng tomonidagi tugma masshtabni kattalashtiradi. Chap tomonidagisi esa kichiklashtiradi. Rasmning ishchi sohada ko‘rinadigan qismi qizil ramkaga olib qo‘yiladi. Ramkani sichqoncha bilan sudrab tasviming ishchi sohadagi qismini surish mumkin.
Download 1.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling