Informatika va axborot texnologiyalari fani amalyotchisi Pardayev Abrorbekning


Download 66.09 Kb.
bet18/26
Sana21.06.2023
Hajmi66.09 Kb.
#1642944
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26
Bog'liq
2- top.10-sinf informatika mavzular bo\'yicha konspekt (2)

I. Tashkiliy qism: 1.Salomlashish.
2.Yo'qlama qilish.
3.Uyga vazifani so'rash.
II. Takrorlash:
1. Grafika bilan ishlash qanday qilib amalga oshiriladi?
2. Image obyekti obyektlar panelining qayerida joylashgan?
3. RGB funksiyasi qanday vazifa bajaradi?
III. Yangi mavzuni o`rganish.
1.Timer obyektining xossalari. Ba’zan ilovada vaqtga bog‘liq amallarni bajarishga to‘g‘ri keladi. Masalan, ilovada joriy vaqtni ko‘rsatuvchi soat bo‘lsa, har sekundda ko‘rsatilayotgan vaqtni yangilab turish kerak. Aks holda soatdagi vaqt orqada qolib ketadi. Test dasturida 139 topshiriqni bajarish uchun ma’lum vaqt ajratiladi. Bu vaqt tugagach, test topshirish ham tugaydi. Taqdimotda har o‘n (yoki yigirma) sekunddan keyin yangi varaq ekranga chiqariladi. Animatsion ilovalarda harakatlanayotgan shaklning holati sekundiga bir necha marta yangilanib turadi. Bu misollarning barchasida Timer (taymer deb o‘qiladi) obyektidan foydalaniladi. Taymer obyektining o‘ziga xos xususiyati uning ekranda ko‘rinmasligidir. Shunga qaramay, agar taymer faol holatda bo‘lsa, u berilgan vaqt oralig‘i o‘tishini kutadi. Bu vaqt oralig‘i o‘tgach, ilova o‘z ishini vaqtincha to‘xtatib, taymerning maxsus protsedurasi bajariladi. 2. Elektron soat va Taymer ilovasi. Elektron soat ilovasini yaratamiz. Yangi ilova yaratib, uning sarlavhasini elektron soatga o‘zgartiramiz. Ilova oynasiga ikkita obyekt: Label va Timer joylaymiz. Label ning Font (shrift) xossasini ikki marta bosib, shrift muloqot oynasida shrift o‘lchamini 24 ga teng qilib o‘rnatamiz: 140 Timer obyektini ikki marta bosib, uning protsedurasiga Label1.Caption:=TimeToStr(Now); operatorini kiritamiz. Bu operatorda ikkita standart funksiyadan foydalanilayapti. Ulardan birinchisi Now (hozir) bo‘lib, uning qiymati kompyuterning soati bu funksiya ishga tushgandagi vaqtiga teng: Ikkinchi funksiya TimeToStr (Time to String) vaqt turidan matn satri turiga degan ma’noni anglatadi) bo‘lib, uning qiymati matn satri turida bo‘ladi. Bu qiymatni Label1 obyektining Caption xossasiga berish mumkin. Taymer ilovasi. Yangi ilova yaratib, uning oynasiga Label, Button, SpinEdit va Timer obyektlarini joylaymiz. Label va Button sarlavhalarini QOLGAN VAQT: va START larga o‘zgartiramiz. SpinEditning xossalarini quyidagicha o‘rnatamiz: SpinEdit1.MaxValue:=100; SpinEdit1.Value:=30; SpinEdit1.Enabled:=False; Button tugmasini ikki marta bosib, uning protsedurasiga Timer1.Enabled:=True; operatorini kiritamiz. Timerni ikki marta bosib, TForm1.Timer1Timer protsedurasiga quyidagi dastur kodini kiritamiz: SpinEdit1.Value:=SpinEdit1.Value-1; if SpinEdit1.Value=0 then begin Timer1.Enabled:=False; ShowMessage('VAQT TUGADI.'); Form1.Close; end; 3. Ko‘pburchak diagonallari ilovasini avtomatlashtirish. Avvalgi mashg‘ulotda yaratilgan muntazam burchakning diagonallari nomli ilova ishini avtomatlashtiramiz. Undagi tugmani bosganimizda ilova avtomatik tartibiga o‘tsin va har sekundda ko‘pburchakning burchaklari sonini bittaga oshirib, uning barcha diagonallarini chizib chiqsin. Tugma yana bir marta 142 bosilganda avtomatik tartibdan chiqib, kutish tartibiga o‘tsin. Tugma yana bir marta bosilganda ilova o‘z ishini davom ettirsin. Ilovani Delphi ga qayta yuklab, unga Timer obyektini joylaymiz. Uning Enabled xossasining qiymatini yolg‘onga o‘tkazamiz. Button1 tugmasining sarlavhasini Start ga o‘zgartiramiz. Bu tugmani ikki marta bosib, hosil bo‘lgan protseduraga quyidagi ikki operatorni kiritamiz: Form1.Timer1.Enabled:=not Form1.Timer1.Enabled; if Form1. Timer1.Enabled =True then Form1.Button1.Caption:='Stop' else Form1.Button1.Caption:='Start' Birinchi qatordagi operator Timer1 ning faolligini Enabled xossasi yordamida teskarisiga o‘zgartiradi. Ikkinchi operator esa tugmadagi yozuvni Enabled qiymatiga qarab Stop yoki Start qilib o‘zgartiradi. Timer1 ni ikki marta bosib, uning protsedurasiga quyidagi uch operatorni kiritamiz: Form1.SpinEdit1.Value:=form1.SpinEdit1.Value+1; if Form1.SpinEdit1.Value>40 then Form1.SpinEdit1.Value:=3; diagonallar; Bu operatorlardan birinchisi SpinEdit1 ning qiymatini bittaga oshiradi. Keyingi operator bu qiymat 40 dan oshib ketsa, uni 3 ga teng qilib qayta aniqlaydi. Uchinchi operator berilgan ko‘pburchakning diagonallarini chizib chiqadi. Ilovani ishga tushirib, undagi tugmani bosamiz. Ekrandagi ko‘pburchaklarning diagonallarini chizilishini kuzatamiz. Kerak paytda tugmani yana bir marta bosib, ilova ishini to‘xtatib turamiz va ekrandagi ko‘pburchak diagonallarini batafsil ko‘rib chiqamiz. So‘ng tugmani yana bir marta bosib, keyingi ko‘pburchaklarning chizilishini tiklaymiz.

Download 66.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling