SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Taymer ishlatiladigan holatlarga misollar keltiring.
2. Timer obyekti obyektlar panelining qaysi jildida joylashgan?
3. Timer obyektining interval xossasi qanday vazifani bajaradi?
4. Timer obyektining Enabled xossasi qanday qiymat qabul qiladi va bu qiymat o‘zgarganda qanday hodisa ro‘y beradi?
YODDA SAQLANG ! Animatsiya yaratish uchun Timer оbyektidan foydalaniladi.
UYGA VAZIFA 1. Timer obyektining nechta xossasi bor?
Tekshirdim:
O`quv ishlari bo`yicha dirеktor o`rinbosari:_________________
Sana: ___________ Informatika va axborot texnologiyalari
10-sinf IV-chorak 9- dars.
Mavzu: Amaliy mashg‘ulot
Darsning maqsadi: O’quvchilar bilan amaliy mashg‘ulot o’tkazish.
Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: o‘quvchilarning kompyuterdan foydalanish haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish.
Dars uslubi: : Guruhlarda ishlash, tushunchalar tahlili
Dars jihozi: Kompyuter,
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
1.Salomlashish.
2.Yo'qlama qilish.
3.Uyga vazifani so'rash.
II. Takrorlash:
1.Internetdan kerakli axborotni topish uchun nimalarni. bilish kerak?
2.Internet axborot qidiruv tizimlari haqida so'zlab bering.
3.Qanday qidiruv tizimlari adresini bilasiz?
4.Axborot qidiruv tizimlarida qidiruv satri nima uchun kerak?
5.Axborot qidiruv tizimlarida bo'iimlardan nima uchun foydalaniladi?
III. Amaliy mashg‘ulot 1. Oldingi amaliy mashg‘ulotdagi topshiriqlarda ilovalarga Timer obyektini joylang va geometrik shakllarni 2 sekund interval bilan ekranga chiqaring2. Button va Label obyektlaridan foydalanib soat dasturini tuzing. 3. Ilova oynasining eni 100 dan 800 gacha sekundiga 20 marta 1 qadam bilan o‘zgaradigan ilova yarating. 4. Svetofor ilovasini ishlab chiqing. Qizil va yashil shiroqlar 5 sekund, sariq chiroq 1 sekund yonsin. Chiroqlar o‘chganda kul rangga o‘tsin. 4.1. Ilova Oynasini yarating va unga Timer obyektini joylang. 4.2. Ilova kodi oynasiga o‘tib, var Form1:TForm1; operatorini toping va undan keyin var i:integer; operatorini kiriting; 4.3. Timer obyektini ikki marta bosib, uning protsedurasiga quyidagi operatorlarni kiriting: procedure TForm1.Timer1Timer(Sender: TObject); begin i:=i+1; if i mod 12 =1 then begin light_off; canvas.brush.Color:=clRed; canvas.Ellipse(20,20,70,70); end; if i mod 6 =0 then begin light_off; 144 canvas.brush.Color:=clYellow; canvas.Ellipse(80,20,130,70);end; if i mod 12 =7 then begin light_off; canvas.brush.Color:=clGreen; canvas.Ellipse(140,20,190,70); end; end; 4.4. Bu protseduradan oldin light_off protsedurasini kiriting: procedure light_off; begin form1.canvas.brush.Color:=clBlue; form1.canvas.Rectangle(10,10,200,80); form1.canvas.brush.Color:=clGray; form1.canvas.Ellipse(20,20,70,70); form1.canvas.Ellipse(80,20,130,70); form1.canvas.Ellipse(140,20,190,70); end; 4.5. Ilovani ishga tushirib, uning ishini kuzating:
Do'stlaringiz bilan baham: |