9. AVP «Kasperskiy Laboratoriyasi», NOD 32, Doctor Web, McAfee dasturlari dasturiy vositalarning qaysi turiga kiradi?
*a) Antivirus dasturlari
b) Ofis uchun dasturiy ilovalar
s) Elektron hujjatlar bilan o‘zaro almashish uchun ishlatiladigan dasturiy ilovalar
d) Internetga bog‘lanish uchun dasturlar
10. WinRAR дастури ёрдамида файл ва папкаларни архивлаш жараёнида парол қўйса бўладими?
a) Yo‘q, bo‘lmaydi
b) WinRAR dasturida bunday amal nazarda tutilmagan
*s) Ha, bo‘ladi
d) Arxivlash jarayonida login va parol talab etiladi
11. Elektron raqamli imzoni yaratgan va ro‘yxatga olish Markazi tomonidan uning nomiga elektron raqamli imzo kalitining sertifikati berilgan jismoniy shaxs kim bo‘lib hisoblanadi?
a) Imzo egasi
b) Kodlangan axborot egasi
s) Axborot egasi
*d) Elektron raqamli imzoning yopiq kalitining egasi
12. Foydalanuvchilarning konfidensial ma’lumotlari bo‘lgan “login” va “parol”larni bilib olish maqsadida internetda amalga oshirilgan firibgarlik xarakati qanday nomlanadi?
a) Ma’lumotlarni utilizatsiya qilish
b) Xaker xujumi
s) Viruslarni tarqatish
*d) Fishing
13. Elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash uchun mo‘ljallangan va axborot tizimining xar qanday foydalanuvchisi uchun ochiq bo‘lgan kalit qanday nomlanadi?
a) kodlash vositasi
b) elektron raqamli imzoning yopiq kaliti
*s) elektron raqamli imzoning ochiq kaliti
d) shifrlash vositasi
14. Kompyuter viruslari va zararli dasturlarni aniqlash, zararlangan fayllarni tiklash, shuningdek fayllarni yoki operatsion tizimni profilaktik nazorat qilib borish uchun mo‘ljallangan dasturlari qanday ataladi?
a) brauzer
b) arxivlash
s) ofis
*d) antivirus
15. Axborotlarning yoki ularga ishlov berish vositalarining haqqoniyligini, yaxlitligini, ularni olish imkoniyatining mavjudligini, konfidensialligini aniqlash, bularga erishish va ta’minlash bilan bog‘liq aspektlar qanday nomlanadi?
a) himoya tizimini boshqarish
*b) axborot xavfsizligi
s) xavfsizlik siyosati
d) axborot olish imkoniyatlarini (huquqlarini) nazorat qilish vositalari
16. Elektron hujjatga qo‘yilgan imzo, ya’ni elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalanib mazkur elektron hujjatdagi axborotlarga maxsus ishlov berish natijasida xosil qilingan imzo qanday nomalanadi?
a) axborotlarni kriptografik himoyalash imzosi
b) shifrlash imzosi
*s) elektron raqamli imzo
d) kriptografik imzo
Do'stlaringiz bilan baham: |