Informatika va axborot texnologiyalari mavzu: Takrorlanuvchi algoritmlarni dasturlash while operatori 9-sinf


Download 421.34 Kb.
Sana14.05.2023
Hajmi421.34 Kb.
#1461497
Bog'liq
10.9.27

INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI


Mavzu:
Takrorlanuvchi algoritmlarni dasturlash. while operatori
9-sinf

O’tilgan mavzuni takrorlash

  • Chiziqli dastur nima?
  • Taqqoslash amallarini bilasizmi?
  • Shartni tekshirish uchun qaysi operatordan foydalaniladi?
  • Tarmoqlanish operatorining qisqa va to‘liq ko‘rinishi qanday?
  • CASE operatorining vazifasi nima?

  • 6. Qaysi operator Python dasturlash tilida hisoblagich ko‘rinishida
    ishlaydi?
    7. Start, stop, step vazifalarini tushuntiring
    8. Qachon hisoblagich ko‘rinishidagi sikl operatorlaridan foydalanib
    bo‘lmaydi?
    9. Ichma-ich joylashgan sikllarda ikkala for operatori bir chiziqda
    joylashsa, dastur to‘g‘ri ishlaydimi?

Dars rejasi

  • while sikl operatori
  • Cheksiz sikl
  • IDLE interfaol muhitida cheksiz siklni to‘xtatish

while sikl operatori


for sikl operatorini avvaldan takrorlanishlari soni aniq bo‘lgan masalalarni yechish uchun qo‘llash samara beradi. Lekin har doim ham takrorlanishlar sonini avvaldan bilib bo‘lmaydi.
Faqatgina shart tekshirish orqali sikl davom etishi yoki to‘xtashi kerakligi haqida xulosa qilish uchun while sikl operatoridan foydalangan ma’qul.

while sikl operatori


while sikl operatori shart ifodasi bajarilgan holatlar (True bo‘lsa) uchun davom etadi, agar shart bajarilmasa (False bo‘lsa), sikl o‘z ishini to‘xtatadi.
shart ifodasi – sikl sharti;
sikl tanasi – bajarilishi kerak bo‘lgan buyruqlar.

Misol


Misol. 1 dan n gacha bo‘lgan sonlarning ko‘paytmasini toping. P=1*2*…*n=n!


Cheksiz sikl
while siklidagi shart ifodasi doimo bajarilsa (True qiymat qaytarsa), sikl hech qachon to‘xtamaydi, ya’ni cheksiz davom etishi mumkin.
Cheksiz sikl yaratish juda ham oson bo‘lib, shartning o‘rniga True kalit so‘zi kiritilsa kifoya.
Topshiriq va uning yechimi
1. 0 dan 20 gacha bo‘lgan juft sonlarni ekranga chiqaruvchi dastur tuzing.
Topshiriq va uning yechimi
2. n va k butun manfiy bo‘lmagan sonlar berilgan. n va k qatnashgan ushbu ifodani hisoblang.
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar
1. a va b natural sonlar berilgan. a dan b gacha bо‘lgan sonlar orasidan faqat juftlarini chiqaruvchi dastur tuzing. Bu yerda a <= b.
2. n natural soni berilgan. Kvadrati n dan kichik bo‘lgan barcha natural sonlarni chiqaruvchi dastur tuzing.
Download 421.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling